Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə47/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   161
Respublikasi

Hayolilik va pokizalik. Hayolilik va pokizalik ham kasb axloqining normalari hisoblanadi.
Hayolilik – bu uyalish, xijolat tortish, o‘zini har xil nojo‘ya xatti- harakatlardan tiya olish demakdir. Shunga ko‘ra ichki ishlar idoralarining hayoli xodimlari bu o‘zini davlat hokimiyatining vakili sifatida ba’zi bir tarbiyasiz odamlarning har xil nojo‘ya xatti-harakatlari, behayo qiliqlari, surbetliklaridan xijolat tortish va uyalishi tufayli ularni tartibga chaqirish, qilmishiga yarasha jazoga tortish ishlarini amalga oshiruvchi axloqan madaniyatli huquq posbonlaridir.
Bu to‘g‘rida ulug‘ ajdodlarimiz shunday deganlar:
Hayo iymondandir. Hayoli, odobli bo‘lmoq, har vaqt xayrli ishlarga sabab bo‘ladi. Hayoning turgan-bitgani yaxshidir. Hayo faqat yaxshilik keltiradi. (Hadislardan)

  • Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q. Hayosiz inson imonsizdir. Imonsiz esa inson emasdir. (Alisher Navoiy)

  • Iffatning pardasi, vijdonning niqobi hayodir. Hayo pardasi ila o‘ralmish insonlarning iffat pardasi yirtilmas. (Abdulla Avloniy)

  • Hayo – insonning abadiy go‘zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o‘xshaydi. (Ibn Sino)

  • Kishidan hayo ketsa, tezdagina balo yetib keladi. (Muhammad Zehniy)

  • Agar oradan sharmu hayo ko‘tarilsa va kishi kishidan uyalmasa, olam nizomiga xalal yetadi. (Husayn Voiz Koshifiy)

  • Hayo kishilarni yomon yo‘ldan qaytaruvchi va yaxshilik sari undovchidir, kimning hayosi bo‘lmasa, uning uyati bo‘lmaydi. Barcha qabih ishlarni qilishdan ham qaytmaydi. Kishida hayo bo‘lsa, nafs uning ustidan

hokim bo‘lolmaydi va o‘z yo‘liga sololmaydi.(Muhammad Javhar Zamindor) Pokizalik – bu tozalik va soflik degani. Tozalik – inson salo-
matligining garovi. U ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi normasi sifatida har bir xodimdan kiyim-kechagi, aft-angori, ish joyining pokiza bo‘lishini hamda qalbining pok bo‘lishini, yeyiladigan taomlariga harom aralashmasligini, luqmaning halol bo‘lishini talab qiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə