Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Faylasuflar burch haqida shunday deyishgan



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə59/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   161
Respublikasi

Faylasuflar burch haqida shunday deyishgan:


O‘z burchini bajarishdan mamnun odamgina erkin yashaydi. (Sitseron)

  • Burch! Sen avj pardadagi buyuk so‘zsan... Bu chindan ham insonni o‘zidan ham yuksaklikka ko‘taruvchi buyuklikdir. (I.Kant)

  • Burchga sodiqlik shaxsiy manfaatlardan voz kechishni talab qiladi. (V.Gyugo)

  • Inson o‘z burchini bajarar ekan, o‘zi majburan qilayotgan ishiga muhabbat bilan qaraydi. (I.Gyote)

  • Burchdan voz kechib va o‘z vazifasini tan olmagan holda, yana o‘zi uchun hamma huquqlarni talab qilish to‘ng‘izlikdan boshqa narsa emas.(F.M.Dostoyevskiy)

  • Baxtsizlikda burchga sodiq qolish buyuk xislatdir. (Demokrit)

«Or-nomus» («sha’n») va «qadr-qimmat» kategoriyalari. Or deganda, odatda, o‘ziga nomunosib yoki ep ko‘rmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tushunilsa, nomus deganda kishining o‘z obro‘sini ulug‘lashi va ardoqlashi, oriyat, diyonat, uyat-andisha qilish, sharm, hayo tushuniladi. Shunga ko‘ra, oriyatli odam deb or-nomusini biladigan, o‘z obro‘yini qadrlaydigan kishilarga aytilsa; nomusli odam deb uyat-andishani biladigan, sharm-hayoli kishilarga aytiladi.
Demak, axloqiy tushunchalar bo‘lmish «or-nomus» («sha’n)1 insonda shaxsning ijtimoiy ahamiyati va axloqiy qadri hosil bo‘ladigan fazilatlarning mavjudligini ko‘rsatadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining sha’ni deb ularning o‘z xizmat vazifalarini bajarishda jasorat va mardlik ko‘rsatib, o‘zlarining insoniylik, sobitqadamlik, adolatparvarlik, halollik kabi xislatlarini har tomonlama namoyish qilib, oriyatli, diyonatli, sharm-hayoli bo‘lib, o‘z kasblarini ulug‘lashlari va ardoqlashlariga aytiladi.
Kasb sha’nini ifodalovchi asosiy sa’y-harakatlar jumlasiga mardlik, jasorat, insoniylik, sobitqadamlik, adolatparvarlik, halollik, diyonat, andisha, oriyat, hayo va boshqalar kiradi.
Kasb sha’ni ichki ishlar idoralarining har bir xodimidan:

  1. kasb uchun zarur bo‘lgan barcha axloqiy talablarning majmuini to‘lig‘icha anglab olishni;

  2. o‘z xizmat jamoasining xalq oldidagi mas’uliyatini o‘zining shaxsiy mas’uliyati deb bilishni;





1 Sha’n – arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida – ish; aloqa, munosabat; qadr- qimmat, obro‘; ahamiyat; manfaat degan ma’nolarni anglatadi.

  1. har qanday qiyin, ziddiyatli, xavfli sharoitlarda xizmat burchini bajarishga tayyor turishni talab qiladi. Bu talablarni bajarish esa aholi orasida ichki ishlar idoralari xodimlarining nufuzini oshirib boradi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə