Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Qadimgi dunyo mutafakkirlarining huquqni muhofaza qiluvchi- lar kasb axloqi va estetikasi haqidagi fikrlari. Kishilik jamiyatining ilk



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə18/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   161
Respublikasi

Qadimgi dunyo mutafakkirlarining huquqni muhofaza qiluvchi- lar kasb axloqi va estetikasi haqidagi fikrlari. Kishilik jamiyatining ilk




1 Samuray yaponcha samurau so‘zidan olingan bo‘lib, «xizmat qilmoq» degan ma’noni bildiradi.
2 Qarang: Спековский А.Б. Самураи – военное сословие Японии. – М.: Воениздат, 1981. –С.56.
3 Qarang: Паскаль Б. Мысли. – М.: Гардарики, 1994. – С.78.
davrlarida insonlarning – turli kasb va hunar egalari, tabaqalar, sinflarning
– haq-huquqlarini asosan podsholar, vazirlar, lashkarboshilar, urug‘ va qabila oqsoqollari himoya qilganlar. Shuning uchun ham qadimgi davr mutafakkirlari ularning axloqiy xislat va go‘zal fazilatlari to‘g‘risida nihoyatda qimmatli fikrlarni bildirganlar va yozib qoldirganlar.
Bular to‘g‘risidagi dastlabki axloqiy va estetik ta’limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari – Misr, Bobil, Falastin, Xitoy, Hindiston hamda Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan.
Qadimgi Misrda kasb axloqi va estetika masalalarini yorituvchi pandnomalar yaratilib, ularda odob qoidalarini bilishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan, masalan, mo‘tadillik (o‘rtachalik) va kamtarlik odobli odamning eng go‘zal fazilatlari hisoblangan.
Bunday fikrlarni qadimgi Hindistonda vujudga kelgan braxmanizm, jaynizm, buddizm hamda qadimgi Xitoyda shakllangan konfutsiylik, daosizm ta’limotlarida ham ko‘plab uchratish mumkin. Masalan, Qadimgi Xitoydagi Konfutsiy (mil. av. 551-479) ta’limotida Hukmdor Yaratgan- ning «o‘g‘lidir». U o‘z fuqarolarining «otasi» va «onasi» hisoblanadi. Fuqarolar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish Hukmdorning burchidir. Jamiyatda tartib bo‘lishi kerak. Tartib insoniyat jamoasining eng oliy qadriyatlaridan biridir. Buni oliyhimmat odamlar o‘rnatadi. Oliyhimmat odam, yaxshi va go‘zal inson hamisha insonni sevish, adolat qilish, donishmandlik, marosim qoidalarini bilish va kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish xislatlariga ega bo‘lishi kerak, degan g‘oyani ilgari surgan. Demak, Hukmdor fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi kuch bo‘lib, oliyhimmat huquq posbonlarni tarbiyalashga mas’ul hisoblangan.
Axloq va nafosat to‘g‘risidagi birmuncha aniq ifodalangan qarashlarni Gretsiya va Rim (mil. av.VII-VI asrlar)da ko‘rish mumkin.
Suqrot.Suqrot (Sokrat) miloddan avvalgi 469-399 yillarda yashab o‘tgan yunon faylasufi bo‘lib, kasb axloqi va estetik tafakkuri to‘g‘risida birmuncha oqilona fikrlarni bayon qilgan. Masalan, uning fikricha, jasurlik ayni vaqtda donolikdir, ya’ni xavf-xatarni o‘z vaqtida bilib, anglab olishdir.
«Mardlik» – qo‘rquvni daf qilishni, «donolik» – qonunlarga rioya qilishni, «mo‘tadillik» – o‘z hissiyotlariga erk bermaslikni, «adolat» – yaxshilik qilishni anglatadi.
Suqrot o‘zining estetik qarashlarida go‘zallik inson turmushiga, ichki
kechinmalariga koinotdan ko‘chirilganligi, estetik tasavvurning nisbiyligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni ilgari surgan.
Suqrotning chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lgan shiori «o‘zgalarni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan inson, avval, o‘zini o‘zgartirishi lozim» degan hikmat bo‘lgan. (Bu so‘zlarning ma’nosini har bir ichki ishlar idoralari xodimi anglab yetishi maqsadga muvofiqdir)

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə