Idoraviy me'yoriy hujjatlar: ishlab chiqarish va qo’llash muammolari



Yüklə 55,21 Kb.
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü55,21 Kb.
#123298
  1   2   3
8mavzu


Idoraviy me'yoriy hujjatlar: ishlab chiqarish va qo’llash muammolari.
Reja:

  1. Idoraviy me'yoriy hujjatlar.

  2. Me'yoriy hujjatlar: ishlab chiqarish va qo’llash.

3.Idoraviy me'yoriy hujjatlar muammolari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-son va “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 5-maydagi PQ-2956-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda tibbiyot xodimlarining uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘liqni saqlash tizimi organlari va muassasalarining malakali tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
 Oldingi tahrirga qarang.
Bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
oliy tibbiyot va farmatsevtika (“Sog‘liqni saqlash” ta’lim sohasi) bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) va birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari tuzilmalari tegishlicha 2, 2a, 26 va 2v-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
 (1-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda quyidagilarni:
faoliyat yuritayotgan umumiy amaliyot shifokorlaridan tor mutaxassisliklar bo‘yicha tibbiyot kadrlarini bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
oliy tibbiy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan xolda, ularning professor va o‘qituvchilariga pedagogik yuklamaning vaqt me’yorlarini;
o‘quv jarayonida oliy tibbiy ta’lim muassasalari klinikalari, ixtisoslashtirilgan, ilmiy-amaliy, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va ularning filiallari, respublika va viloyat klinikalarining quvvatlari hamda resurslaridan maksimal darajada foydalanish inobatga olingan holda oliy tibbiy ta’lim muassasalarining klinikalari, klinik va o‘quv bazalari to‘g‘risidagi nizomni;
o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy tibbiy ta’lim muassasalariga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali faoliyatini bosqichma-bosqich tugatish va talabalarga filialda ta’lim olayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishini yakunlash imkonini berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, jismoniy madaniyat va sport masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini (keyingi o‘rinlarda bitiruvchilar deb ataladi) oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalariga (keyingi o‘rinlarda OShP va OP deb ataladi) ishga yo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Bitiruvchilar 2017/2018 o‘quv yilda bitirganlardan boshlab, keyinchalik doimiy yashash joyida majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” yo‘nalishlari bitiruvchilari yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan tuman (shahar)da majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi.
3. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining OShP va OPda majburiy ishlab berish uchun bitiruvchilar taqsimlanadigan bakalavriat yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida bitiruvchining majburiy ishlab berish muddati 3 yilni (36 oy) tashkil etadi.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliy ta’lim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” yo‘nalishlari bitiruvchilarining majburiy ishlab berish muddati, yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida kamida 5 yilni (60 oy) tashkil etadi.
(1 — 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli  qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Bitiruvchilarni majburiy ishlab berishga taqsimlash
5. Bitiruvchilarni majburiy ishlab berish uchun taqsimlash, shuningdek majburiy ishlab berish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida vazirlik xodimlari, sog‘liqni saqlash boshqarmasining hududiy organlari rahbarlari, oliy tibbiy ta’lim muassasalari va tibbiyot tashkilotlarining mas’uliyatli xodimlaridan iborat Komissiya (keyin o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Komissiya tarkibi, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
 Oldingi tahrirga qarang.
6. Bitiruvchilar majburiy ishlab berishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari taqdim etgan shifokor kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida buyurtmanomalar va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar asosida Komissiya tomonidan har yili taqsimlanadi.
Komissiya bitiruvchilarni OShP va OPdagi mavjud bo‘sh o‘rinlariga majburiy ishlab berish uchun taqsimlaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli  qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
7. Bitiruvchilarning majburiy ishlab berishining aniq muddatlari, joyi va sharoitlari, shuningdek ularning majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, oliy tibbiy ta’lim muassasasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda bitiruvchi o‘rtasida 4 nusxada tuziladigan shartnomada (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) belgilanadi.
Shartnoma namunasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
 Oldingi tahrirga qarang.
8. Oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilar uchun yo‘llanmalarni tuzilgan shartnoma asosida respublika hududi va OShP yoki OPni aniq ko‘rsatgan holda rasmiylashtiradi.
9. O‘qishni tugatgandan so‘ng magistratura yoki klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishni davom ettirish uchun kirgan bitiruvchilar ta’lim shaklidan qat’i nazar (davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida), majburiy ishlab berish uchun magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)ni tamomlaganidan so‘ng taqsimlanadi.
(8-9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli  qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
10. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari Komissiya tomonidan oliy tibbiy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarining ushbu mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.
Bunda Komissiya birinchi navbatda, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilarini majburiy ishlab berish uchun OP va markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalardagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga taqsimlaydi.
Bitiruvchilarni majburiy ishlab berishga qabul qilish
11. Bitiruvchilar o‘qishni tamomlaganidan so‘ng ushbu Nizomga muvofiq shartnomada ko‘rsatilgan ish joyiga kelishi va 3 oy ichida mehnat faoliyatini boshlashi shart.
12. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari o‘qishni tamomlagach, shartnomada ko‘rsatilgan ish joyiga kelishi va 3 oy ichida mehnat faoliyatini boshlashi shart.
13. Ish beruvchi shart nomaga muvofiq va ishga yo‘llanma asosida bitiruvchi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi.
14. Ish beruvchi bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjatni to‘ldiradi va keyinchalik uni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli oliy tibbiy ta’lim muassasasiga taqdim etish uchun o‘n kun muddat ichida sog‘liqni saqlash boshqarmasining hududiy organiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va oliy tibbiy ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda har bir bitiruvchi hisobini yuritib borishi shart.
Bunda tanlov asosida qabul qilinadigan lavozimlarga majburiy ishlab berish uchun yuborilgan bitiruvchilar tanlovsiz qabul qilinadi.
 Oldingi tahrirga qarang.
15. Majburiy ishlab berish muddati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli  qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
 Oldingi tahrirga qarang.
OShP va OPda shartnomada ko‘rsatilgan ishlash muddati — oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari uchun;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
shartnomada ko‘rsatilgan tibbiyot muassasalarida ishlash muddati — oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari uchun;
mehnat ta’tilida bo‘lish muddati.
 Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy mehnat ta’tili muddati majburiy ishlab berish muddatiga kiritilmaydi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli  qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
16. Bitiruvchining majburiy ishlab berish joyida belgilangan muddat tugagandan so‘ng ishni davom ettirish haqidagi masala mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi va ishchi o‘rtasida o‘zaro kelishuvga asosan hal etiladi.
17. Ish beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mutaxassislar mehnatini rag‘batlantirish va ularning lavozimga ko‘tarish, ilmiy faoliyatini olib borishi uchun sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi.

Yüklə 55,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə