Elektromagnit maydoni materiyaning bir turi bo‘lib, har bir nuqtada “Elektr
maydoni” va “Magnit maydoni” nomlarini olgan ikkita vektor kattalik bilan
tavsiflanadi. Elektromagnit maydoni bo‘shliqda c=2,998
10
8
m/s
3
10
8
m/s
tezlik bilan tarqaladi.
Yaxlit elektromagnit maydonining ikkita tomoni bo‘lgan elektr va magnit
maydonlarini namoyon qilish uchun ularning o‘zini
sezdiruvchi u yoki bu
xossalaridan foydalaniladi.
Ta’rif: Elektromagnit maydonning ikki tomonidan biri hisoblangan elektr
maydoni deb, elektr zaryadli zarrachaga zarrachaning zaryadiga proporsional va
uning tezligiga bog‘liq bo‘lmagan kuch bilan ta’sir etuvchi tavsifga ega bo‘lgan
maydonga aytiladi.
Elektr maydonini tavsiflovchi asosiy fizik kattalik mavjud bo‘lib,
u elektr
maydon kuchlanganligi nomini olgan.
Ta’rif: Elektr maydon kuchlanganligi elektr maydonini tavsiflaydigan va
elektr maydoni tomonidan zaryadli zarrachaga ta’sir etuvchi kuchni aniqlaydigan
vektor kattalikdir.
0
q
F
E
(2.1)
Zaryad nolga intilganda limitni qo‘llash orqali quyidagi ifodani yozamiz:
0
0
0
lim
q
F
Е
q
(2.2)
Ta’rif: Elektromagnit maydonining ikki tomonidan
biri hisoblangan magnit
maydoni deb zaryadli zarrachaga uning tezligi va zarrachaning zaryadiga
proporsional tarzda kuch bilan ta’sir etuvchi tavsifga ega bo‘lgan maydonga
aytiladi.
Magnit maydonini tavsiflovchi asosiy fizik kattalik mavjud bo‘lib,
u magnit
induksiyasi deb ataladi.
Ta’rif: Magnit induksiyasi magnit maydonini tavsiflaydigan va magnit
maydoni tomonidan harakatdagi zaryadli zarrachagaga ta’sir etuvchi kuchni
aniqlaydigan vektor kattalikdir.
V
q
F
B
2
(2.3)
Bir jinsli bo‘lmagan maydonda o‘tkazgich bo‘lakchasining
limiti nolga
intilayotgan holatni quyidagicha ifodalaymiz:
l
i
F
l
B
2
0
lim
(2.4)
Dostları ilə paylaş: