Ii bob aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


Biz yangi ish o‘rinlarini yaratadigan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularni yelkamizda ko‘tarishimiz kerak



Yüklə 272,21 Kb.
səhifə7/15
tarix07.04.2023
ölçüsü272,21 Kb.
#104604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
DAROMAD MOHIYATI, SHAKLLANISHI VA TAQSIMLANISHI.

Biz yangi ish o‘rinlarini yaratadigan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularni yelkamizda ko‘tarishimiz kerak.
Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ijtimoiy tadbirkorlik asoslari va uni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish topshiriladi. Shuningdek, hukumat joriy yilda davlat dasturlari doirasida hamda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 500 mingta yangi ish o‘rni yaratishni ta’minlashi zarur.
Shu munosabat bilan bir fikrni alohida ta’kidlab aytmoqchiman, har bir tarmoq, soha, viloyat va tumanda yaratilgan tadbirkorlik sub’yektlari va yangi ish o‘rinlari, ana shu tuzilmalar rahbarlari faoliyatini baholashda eng asosiy mezon bo‘ladi.
Yil davomida byudjet tizimi xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflyasiya darajasidan yuqori miqdorda oshiriladi.
Ijtimoiy nafaqa to‘lashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish qamrovini kengaytirish, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash zarur. Shuningdek, nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish va ularni belgilashda ochiq va adolatli tizim yaratish, bu borada mahallaning ishtirokini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish lozim. Umuman olganda, aholi ijtimoiy nafaqa bo‘yicha bitta idoraga murojaat qilganidan keyin o‘sha idoraning o‘zi bir kunda hamma hujjatlarni tayyorlab, masalaning yechimini topishi kerak.

Fuqarolarimiz pensiyaga chiqishi uchun faqat pasporti bilan borib, murojaat qilishi kifoya bo‘ladigan tizim yaratiladi. Buning uchun, birinchi navbatda, davlat arxivi tizimi elektron shaklga o‘tkazilishi kerak.
Joriy yilda keksalar, jumladan, yolg‘iz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaxlit va ta’sirchan tizim yaratish zarur. Bu toifa uchun ajratilayotgan ijtimoiy to‘lovlar miqdori ham qayta ko‘rib chiqilishi kerak
Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari
Mehnatga qobiliyatli aholi o’zining kasbi va hunar bo’yicha faoliyat ko’rsatib ishlaydi. Bajargan ishga qarab unga haq to’lanadi. Berilgan pul ko’rinishidagi to’lov uning daromadi bo’ladi.

Yüklə 272,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə