Ii-bob. Kapital, rezervlar va taqsimlanmagan foyda hisobi


Тa’sischilar bilan hisoblashishlar



Yüklə 39,82 Kb.
səhifə4/8
tarix29.05.2023
ölçüsü39,82 Kb.
#114092
1   2   3   4   5   6   7   8
2 Kapital rezervlar

Тa’sischilar bilan hisoblashishlar. Korxona ro’yxatdan o’tganidan so’ng ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali summasiga korxona oldida muassislarning qarzi vujudga keladi. Тa’sischilarning ustav kapitaliga bo’lgan qarzlari bo’yicha olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvaraG’ida olib boriladi.
4610-hisobvaraq aktiv bo’lib, debet saldosi ta’sischilarning oy boshiga bo’lgan saldosini ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit oboroti ta’sischilar tomonidan o’tkazib berilgan pul mablaG’lari, moddiy qiymatliklar va mulklar qiymatini ko’rsatadi.
Тa’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini yuritish uchun asos bo’lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qabul-qilish-topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari va boshqalar hisoblanadi.
Ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvaraG’i debetlanib, 8310-«Oddiy aksiyalar», 8320-«Imtig’zli aksiyalar» va 8330-«Paylar va ulushlar» hisobvaraqlari kreditlanadi.
4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvaraG’i bo’yicha hisobvaraqlar korrespondensiyasi



Хo’jalik muomalalarining mazmuni

Hisobvaraqlar korrespondensiyasi







debet

kredit

1.

Ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha ta’sischilar qarzlarining tashkil etilishi

4610

8310,
8320,
8330

2.

Тa’sischilar qarzlarining asosiy vositalar tarzida to’lanishi

0110-0190

4610

3.

Тa’sischilar qarzlarining nomoddiy aktivlar tarzida to’lanishi

0410-0490

4610

4.

Тa’sischilar qarzlarining pul mablaG’larini berish yo’li bilan to’lanishi

5010,
5110,
5210

4610

5.

Тa’sischilar qarzlarining boshqa aktivlar tarzida to’lanishi

1010-1090,
2910

4610


Yüklə 39,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə