Hozirsh zamonaviy sharoitlarda milliy ananalar rivojlan- moqda,
takomillashib, boyib bormoqda. Ana shularning o‘zi xalq pedagogikasining amaldagi, hayotiyligi ko‘rinishidir.
Xalqhar doim
yosh avlodga Vatanga muhabbat, halollik, to‘g‘rilik, kamtarlikni singdirishga intiladi. O‘zbek oilasini ma’naviy ana’nalarini o‘rganib, xalq pedagogikasi tadqiqotchilariAK Mi- navarov, O. Musurmonovalar o‘zbekona tarbiyada birinchi o‘rinda xalqqa, o‘z davlatiga xizmat qilishni qo‘yadi, degan xulosaga keldilar. O‘zbeklar
bolada halollik, adolatlilik hissini tarbiyalashga juda katta ahamiyat beradilar. Halollik, adolatlilik o‘zbeklar tomonidan yuksak ma’naviy sifat kabi baholanadi.
Fuqorolik hissi, jonajon Vatanga ixtiyoriy xizmat qilishga intilish o‘zbek xalq pedagogikasida yaqqol ifodasini topgan. Xalq tarbiyachilari ijtimoiy tarbiyaning o‘ziga xos shaklini topdilar va o‘rnatdilar. O‘zbekistonda jamoatchilik tarbiyasini mahalla bajaradi. Ularning aholini an’anaviy ravishda jamoatchilik turmush i va jamoatchilik o‘zaro yordam qoidalari bilan bog‘langan. Mahalla o‘zining
jamoatchilik markaziga ega, unda choyxona, ustaxona, masjid, kichkina bozorchasi bor. Mahalla jamoatchiligi turar
joylarni tartibga keltiradi, hasharlar tashkil etadilar, o‘smirlarni tarbiyalashga katta e’tibor berib, jamoatchilik tar- tibini kuzatib boradilar.
Shuni ta’kidlab ayt
ittg zarurki, bu xalq an’analari bugungi kunda demokratik jamiyat qurish sharoitida faol qayta tiklandi va o‘sib bordi. 2003 yil «Obod mahalla» shiori ostida o‘tdi va bu yili jamoatchilik tarbiya milliy ana’nalarining rivojlanishi uchup ko‘plab ishlar qilindi.
Xalq
pedagogikasi xodimlari, ana’nalari, prinsiplari amaliy ishlamoqda va zamonaviy sharoitlarda ham yosh avlodning shaxsini tarbiyalash va shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsat- moqda.
Xalq pedagogikasi ana’nalari rivojlanmokda va shakllanmoqda, eski ana’nalar bilan bir qatorda yangilari paydo bo‘lmoqda.
Bizning davrimizda yangi ana’nalar paydo bo‘ldi va mustahkam o‘rnashib oldi,
masalan, maktabni yoki oliy o‘quv yurtini bitirish munosabati
bilan oilaviy tantanalar, balog‘at yo
ttgiga yet
ittgi, ota- onalarga sovg‘a berish, umumxalq hasharlarida ishtirok etish va boshkrlar.