Ijtimoii pedagogika


Ijtimoiy pedagogning axlotsiy majburiyatlari



Yüklə 2 Mb.
səhifə24/144
tarix15.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#105641
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   144
Ijtimoii pedagogika

Ijtimoiy pedagogning axlotsiy majburiyatlari. Ijtimoiy pedagog o‘z mijozlarining qalbiga kirib borishida uning axloqiy majburiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning axloqiy majburiyatlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bular:
o‘z mijozlariga nisbatan axloqiy muloqotda bo‘lish, ya’ni ularning haq huquqtari va imtiyozlarini birinchi darajali deb bilish;
ular bilan muloqotga kirishishda axloq me’yorlariga amal qilish (hurmat, haqqoniyat, xushmuomalalik, alohvda e’tibor va h. k.);
rahbarlar yoki yetakchi tashkilotlarga nisbatan etik majburiyatlar;
o‘z kasbi oldidagi axdu — majburiyatlar, ya’ni o‘z kasbining mazmunini anglash, mas’uliyatni his etish, faollik ko‘rsatish va h.k.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining modeli. Ijtimoiy ish bilan har kim ham shug‘ullana olmaydi. Ijtimoiy pedagog turli xil xarakterdagi insonlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bu insonlar o‘zlarining muammolari bilan, albatta, ijtimoiy pedagog shaxsiga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Mijozlarga yordam beruvchi mutaxassisdan esa ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza bilishi talab etiladi. Bu muloqot negativ va pozitiv bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy pedagogning vazifasi biritidan, negativ ta’sirga qarshi tura olishi, ikkitidan madaniy empatiyani amalga oshirgan holda vaziyatdan chiqib ketittg talab etiladi. Bunga mijozga ta’sir o‘tkazish, ishontirish, singdirish, hissiy zararsizlantirish kabi metodlardan foydalaniladi.
Ijtimoiy pedagog faoliyati bugungi kunda ikkita idorada — ta’lim muassasalari va yoshlar ittgi bo‘yicha muassasalarda joriy etilgan.
Yoshlar shli bo‘yicha idoralarda mazkur lavozim 8 xil muassasada ruyxatga kiritilgan. Bular: bolalar klublari, bolalar ijodi marka1,lari, yoshlar yotoqxonasi, o‘smirlar dam olish maskanlari, yoishar ta’lim markazlari, kasbiy yo‘naltirish marka1,lari, bandlik marka1,lari, bolalar va yoshlar mehnat birjalaridir.
Ta’lim sohasida esa pedagog 6 xil muassasa ruyxatiga kiri­tilgan. Bular: maktabgacha tarbiya tashkilotlari, umumta’lim muassasalari, umumta’lim internatlari, boquvchisini yo‘qotgan bolalar uchun umumta’lim idoralari, maxsus ta’lim muassasalari, boshlang‘ich kasbiy ta’lim muassasalaridir.
Ijtimoiy pedagog lavozimi mazkur ikki idorada joriy etilgan bo‘lsa-da, aslida ularga bo‘lgan talab yana ham kengroq. Bunday lavozim deyarli barcha ijtimoiy sohalarda joriy etilgan. Ular sog‘liqni saqlash muassasalarida (ruhiy nosog‘lom, giyohvand bolalar uchup), aholini ijtimoiy himoyalash muassasalarida (imkoniyati cheklangan o‘smirlar reabilitatsiya markazlarida, voyaga yetmaganlar reabilitatsiya markazlarida), ichki ishlar organlari tarmog‘idagi muassasalarda (maxsus yopiq tarbiya maskanlarida).

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə