Ijtimoii pedagogika



Yüklə 2 Mb.
səhifə10/205
tarix15.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   205
Ijtimoii pedagogika

Sotsium (yaqin muhit) — bola sotsiolizatsiyasi uchup muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi — maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqtar davrasi, diskotekalar va h.k. Yosh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit «hududi» tobora kengayib boradi.

Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsining ta’siri juda katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma, orttirilgan bo‘ladi.

Tarbiya tarixan vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, keyin xulqni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar — axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig‘indisidir.

Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o‘rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o‘qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga muayyan bir talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni beradi. Jamiyatda insonning o‘zini tutishi muayyan bir huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi.

Ba’zi bir maqomlar bizga tug‘ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi, millati, tug‘ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kelib chiqadi. Bunda y maqomlar tug‘ma yoki berilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o‘zi mustaqil ravishda jamiyatda Shaxsiy harakatlariga ko‘ra erishgani bilan aniqtanadi. Masalan, pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim

yurtida o‘qigani va diplom olgani uchup oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom haqida ran yuritiladi.

Maqom insonning jamiyatda o‘zini tugishini anikdaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda Shaxso‘zini istaganicha emas, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni o‘ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqap kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi.

Jamiyatda pafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchup rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ rolni ham o‘zlashtirishi mumkin.












Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə