Ijtimoii pedagogika



Yüklə 2 Mb.
səhifə13/205
tarix15.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87068
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   205
Ijtimoii pedagogika

Ijtimoiy faollik — bu shaxsning jamiyat ishlarida ongli ishtiroki, ularning borishiga ma’lum darajada ta’sir o‘tkaza olmasada, uni o‘zgartirish, ularning borishiga ma’lum darajada ta’sir imkoniyati tushiniladi.

Shunday qonuniyat mavjud: inson bo‘lib tug‘iladi, Shaxsbo‘lib shakllanadi.

«Shaxe» tushunchasi

Shaxe—ijtimoiy hodisa. U vaqt bilan chambarchas bog‘liq va insonda tarixan nima bor bo‘lsa, shularni aks ettiradi.

Shaxsfazilatlari—tug‘ma qobiliyat emas, u meros bo‘lib qolmaydi, lekin ijtimoiy-madaniy taraqqiyot natijasida yuzaga keladi.

Hayotda o‘z nuqgai nazariga ega, bunga o‘zi ustida ko‘p ishlagan, ijtimoiy hodisa va muloqotni anglagan odamlar Shaxsdeb e’tirof etiladi.

Shaxsshakllanishi — jamiyada inson o‘z o‘rnini topish ja­rayonidir. Shaxso‘z-o‘zini shakllantirish, nazorat qilish va baholashga qodir sanaladi.

Shaxsbo‘lish—faol hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lish demakdir. U haqda plynlay deyish mumkin: «Shunda to‘xtayman, boshsachasi bo‘lishi mumkin emas». Shaxsbo‘lish—ichki zaruriyat natijasida yuzaga keluvchi tanlovni amalga oshirish, qabul qilingan qaror oqibatini baholash, ular uchup o‘zi va jamiyat oldida javob berishdir. Shaxsbo‘lish — o‘zini va boshqalarni mu pas il takomillashtirish, o‘z axloqini, xatti-harakatlarini boshqarish uchup zarur usul va vositalarga ega bo‘lish, ularni o‘ziga bo‘ysundirish demakdir. Shaxsbo‘lish — tanlov erkinligiga egalik va butun umr uni muxofaza qilishdir.

Shaxsning xarakterli qirralari



Shaxsmajburiy ijtimoiy fazilatlar to‘plashga ega. Bular: indivivduallik, onglilik, mas’uliyat, xarakter va temperament, faollik va maqsadga intiluvchanlik, o‘z-o‘zini nazorat va tahlil qilish, yo‘nalganlik va iroda.

Individuallik — muayyan insonning mukammal fazilatlari hisoblanadi.

Onglilik — xatti-harakat va faoliyat natijalarini mas’uliyat bilan oldindan ko‘ra olish qobiliyati.

Temperamentlik — insonning psixologik individual qo- biliyati. Bu individning psixik faoliyatining nerv-dinamik xususiyatlari jihatidan tavsifidir. Temperament hissiy jarayon, xususan bola yoshida namoyon bo‘ladi. Yosh o‘tittgi bilan hissiyot va intellektual faoliyat inson xarakterini belgilaydi.

Xarakter temperament ijtimoiylashuvi natijasida shayushanib, murakkab psixik hosila sifatida ko‘p sonli Shaxsxususiyatlaridan iborat. Xarakter insonning o‘ziga va jamiyatga munosabatida namoyon bo‘ladi. U faqat bir odamga xos tushuncha. Masalan, qat’iyat, sezgirlik, jasurlik, xushmuomalalik muayyan inson uchup xos.

Ularning qaysidir biri yetakchi bo‘lib, qolganlarini o‘ziga bo‘ysundirishi mumkin.

Faollik — insonni o‘rab turgan olam bilan o‘zaro harakati omilidir. Insonda ichki va tashqi faollik mavjud. Ichki faollik — inson o‘zini shakllantiruvchi ipshni amalga oshiradi. Tashqi faollikda — o‘zi uchup qiziqarli bo‘lmagan ipshi bajaradi.

Maqsadga intiluvchanlik bu insondagi — ko‘zlangan maqsadga eripshsh qobiliyati hisoblanadi.

Yo‘nalgashik — dunyoqarash, ruhiy ehtiyoj va ishda namoyon bo‘luvchi inson xatti-harakatlari tendensiyasi.

Iroda — insonda mashaqqat, to‘siq, maqsad yo‘lidagi qiyin- chiliklarni yengib o‘tishga qodirligida namoyon bo‘luvchi xislat.

Shaxsrivojlanishi



Bu fazilatlarning har biri bir xil ahamiyat va qiymatga ega. Inson rivojlanishi — davomiy murakkab jarayon natijasi bo‘lib, uning borishida inson biologik, psixik va ijtimoiy xusu- siyatlarini o‘zgartirib boradi. Bu o‘zlashmalar ta’lim-tarbiya ta’sirida Shaxsshakllanipsh jarayonida sodir bo‘ladi. Tarbiya Shaxsrivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.

U insonni individual jamiyat mavjudoti sifatida shakl- lanishini belgilaydi. Masalan, Mauglini Shaxsdeb bo‘lmaydi, u nutq qobiliyati, muloqot, insonga xos fazilatlardan mahrum. Olimlar bu jarayonni noma’lum deb hisoblaydi. Rus olimlaridan P.P. Blonskiy, JI.C. Vigotskiy, G.S. Kostyuk, C.JI. Rubinshteyn, A. R. Luriyalar bu jarayon ustida ish olib bormoqdalar.

«Nima uchun odamlar turli darajadagi mukammallikka erisha- dilar» degan savolga «bu ichki tabiiy kuchlar va tashqi ijtimoiy sharoitning o‘zaro harakatiga bog‘lis» deb javob berish mumkin. Ichki bu — insonning fiziologik va psixologik belgilari, tashqi ta’sir esa muhit sanaladi.

Chaqaloq muayyan iqщdor va qobiliyatga layoqatli holda tug‘iladi, lekin uni qay darajada takomillashuvi tabiat va muhitga bog‘liq.

Muhit — bu jahondagi global voqealar, hodisalar, iqgisodiy hodisalar, stixiyalar, jamiyat va bola yashayotgan mamlakatdagi hodisalardir. Bu diniy ta’sir, ko‘cha, tengdoshlar, maktab, klub, nomaktab muassasalar ta’siridir.

«Milliy istiqgol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondoshuvlar» nomli ilmiy-metodik qo‘llanma muhitni nazarda tutuvchi ta’lim xususida fikr yuritilib: «muhitlar mazmuni, xususiyatlari va shakllari jihatidan xilma-xil ekanligi ta’kidlanadi»I.

Mazkur qo‘llanmada tashkil etilishiga ko‘ra muhim turlari quyidagicha farqtanadi:

  1. Tabiiy va sun’iy ta’lim beruvchi muhit.

  2. Predmetli va axborot-dinamik muhit.

  3. O‘yinli, mashq qildiruvchi va shakllaptiruvchi muhit.

  4. Shakllantiruvchi axborot-dinamik muhit Shaxsijtimoiy­lashuvida uning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan holda za rur iy muhitni tashkil etilishi ijobiy natija beradi.

Muhit ta’sirvda inson jismonan, ruhan, ma’nan va aqgshn o‘ztaradi. Rivojlanish jarayonida bola shaxsga aylanadi. Uning organizmi va psixikasi muhit, oila va tengdoshlar ta’sirida o‘zgaradi.

Merosiylik va rivojlanish



Shaxstakomili uchta omilga bog‘liq: merosiylik, muhit va tarbiya. Merosiylik — bu insonning jismoniy, biologik xususiyati, upish organizmi irsiy belgilaridir. Terirangi, ko‘z, soch shakli, tana tuzilishi, asab tizimi va fikrlash xususiyatlari.

Inson iqtidori va qobiliyati ham merosdan merosga o‘tadi. Ular Shaxsshakllanishida mukammallashuvi bu boshqa masala bo‘lib, u turmush sharoiti va tarbiyaga bog‘likdir. Lekin biologik farq insonlarda tug‘ilgandan mavjud bo‘ladi.

Olimlar orasida tug‘ma qobiliyatning intellektual faoliyatga ta’siri, inson ruhiy fazilatlari merosiyligi haqidagi munozara davom etmokda. Ayr im olimlarning ta’kidlashicha, axloqiy fazilatlar biologik shartlangan va shafqatsizlik, ikkiyuz- lamachilik, yolg‘on tabiatan beriladi. Shupishdek, inson o‘z tarixi davomida juda kam o‘zgargandi deb hisoblaydilar.

Tibbiyot xodimlari merosiy psixik nomutanosiblik, al- kogoliklarning farzandlari aqli noqisligi ularning shaxsida intellektual rivojlanshsha ta’sir qilinishini e’tirof qilganlar. Lekin biologik notenglik insonlarda tug‘ilgandan mavjud bo‘ladi.

Aynan aqliy va anglash faoliyati davomida, jamoat, sport, bad i iy, texnik, malakaviy, gedenik (xuzurbaxsh) faoliyat jarayonida Shaxsshakllanadi. Faoliyatning maxsus ko‘rinishi muloqotdir. Asosiysi, shunchaki faoliyat emas, balki faol faoliyatdir. Ijtimoiy pedagog Shaxsshakllanishiga ta’sir etuvchi boshlang‘ich ma’lumotlarni hisobga olishi muhim ahamiyatga ega.

Shaxsshakllanishi

Avvalo, bu jismoniy va fiziologik belgilar, merosiylik, tabiiy iqgidor va qobiliyat, axloq genotipidir. Shuningdek, faollik, axloqiy xususiyatlar, tafakkur, hissiyot, faoliyat, ijod, intilish, qobiliyatlar ham muhim.

Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi.

Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qapcha dalillar bor. Rim asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb afsonada ran yuritiladi), maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqtar — 5 holi, maymunlar — 10 holi, leopard — 1 holi, qo‘y — 1 holi ma’lum.

Muhit va merosiylik Shaxsshakllanishiga teng ta’sir qiluvchi omil sifatida e’tirof qilinadi.

Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitdan chetda bo‘lsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko‘rinishlari saqtanib qolishi, lekin insoniy fikr, faoliyat, hatti-harakatning bo‘lmasligi 1920 yilda Hindistonlik doktor Rano Singx tomonidan kuzatilgan. Kalkuttaning janubi-g‘arbidagi shaharcha yaqinidagi bo‘ri uyasidan topib olingan Kamola, Amalalarning taqdirlari bunga yorqin dalildir. Demak, Shaxsshakllanishida asosiy omillardan biri bo‘lgan muhit masalasiga ijtimoiy pedagog jiddiy e’tibor qaratishi talab etiladi. Shu bilan birga bolaning Shaxssifatida shakllanishida uning oiladagi ahvoli, qarin- doshlari, mahallasi jamiki ijtimoiy institutlarning ta’siri o‘rganiladi.


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə