Ijtimoii pedagogika



Yüklə 2 Mb.
səhifə16/205
tarix15.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87068
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   205
Ijtimoii pedagogika

Ikkinchi bosqich, XVII — XIX asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu ijtimoiy pedagogika goyalari va ilmiy konsepsiyalarini rivojlantirish, uni fan sifatida tiklash davri bo‘lgan edi.

Bunda ijtimoiy pedagogika fani fan sifatida vujudga keldi va fan rivojidagi ilg‘or goyalarini ilgari surdi.

XVII — XIX asrlar jahon madaniyati tarixidan burjua demok- ratik inqilobi bosqichi sifatida joy olgan. Yirik olim (pedagoglar, faylasuflar, psixolog)lar ijtimoiy pedagogik muammolarni jamiyat va davlat bilan hamkorlikda yechilishini istadilar. Tarbiya masalalari jamiyatni qayta tashkil etish goyalari bilan ko‘rib chiqildi. Ijtimiy-pedagogik g‘oyalar mazmunida barcha insonlar teng huqukdi, erkin, ozod bo‘lishlari lozim ekanligi haqidagi fikrlar ko‘tarilgan. Bu bosqichda ijtimoiy pedagogika muammolari amaliy-ijtimoiy pedagogika bilan uzviy aloqada rivojlandi. O‘sha davr yetuk pedagoglari yetim, qarovsiz bolalar uchup bolalar uyi, bog‘chalar, maktab va boshqa muassasalar tashkil etdilar.

asr davomida pedagogikadan ijtimoiy pedagogikaning ajralib chiqishi jarayoni uzoq davom etdi. Uning rivojlanishiga pedagogika, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, antropologiya (in­sonning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi fan), tibbiyot va boshqa fanlar katta ta’sir ko‘rsatdi.

Ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi haqidagi fikrlarni XIX asr namoyondalari bo‘lgan A.Disterverg, A.Makarenko, S.Shotskiy, Raul Natori, K.D. Ushinskiy, JI. N. Tolstoy va boshqa mashhur pedagoglarning asarlaridan topish mumkin. XIX asrning 20-30 yillarida A. S. Makarenko, S. T. Shatskiy kabi pedagoglar qolgan bolalalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishni o‘z faoliyatining asosi qilib olgan edilar. Lekin 30-yillardan keyin sotsializm g‘alaba qozongani e’lon qilinib, barcha ijtimoiy muammolar ikkinchi darajali bo‘lib qoldi. Ularni o‘tmittg qoldiqtari deb atab, ular haqida gapirmaslikka harakat qilindi.

asrning 90-yillarida Rossiyada ijtimoiy pedagogika rivojining yangi davri boshlandi. Bu ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohalari bilan bir vaqgda bir-biridan ajralgan holda rivojlanishiga olib keldi. Amaliyot fanga tayala olmadi, chupki fan ham amalda yo‘q edi, fan haqida hech narsani bilib bo‘lmas edi, chunki amaliy faoliyat endigina shakllanar edi. Bu ijtimoiy pedagogikaning o‘quv fani sifatida tashkil topishida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, bu ham ijtimoiy pedagogik faoliyat va fan rivojlanishi bilan bir vaqgda sodir bo‘ldi. Fanning va amaliyotning tashkil topmaganligi «Ijtimoiy pedagogika» fanidagi bugungi kunda ham ko‘plab hal qilinmagan, tortishuvlar masalalarining mavjudligiga olib keldi. Bu ob’ektiv holatlar ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlantirishini sekinlashtiruvchi omillar hisoblanadi. Lekin amaliyot talablari Rossiyada shunchalik jiddiy va dolzarb ediki, natijada fanning bu sohasi bilan ko‘plab ilmiy jamoalar shug‘ullana boshladilar.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi



«Ijtimoiy pedagogika» termini birinchi marta 1844-yili K. Mager tomonidan tarbiya haqidagi ochiq ilmiy munozaraga kiritilgan va keyinchalik A. Disterverg tomonidan tarqatilgan. Ana shu tushuncha paydo bo‘lgan paytdan to hozirgi kungacha nemis adabiyotlarida uni turlicha talqini mavjuddir.

Birinchi talqip (K Mager) — Ijtimoiy pedagogika tarbiyaning ijtimoiy tomoni bilan bir umumiylikka ega.

Ikkinchi talqini (A. Disterverg) — Ijtimoiy pedagogika ma’lum ijtimoiy sharoit, vaziyatlarda pedagogik yordam sifatida ishtirok etadi.

Birinchi yo‘nalish vakillari. K Mager, XX asrda R. Natori (1854- 1924), va boshqalar bo‘lgan. Raul Natori ijtimoiy pedagogikani umumiy pedagogikaning bir qismi, aspekta sifatida qaraydi, u ijtimoiy pedagogikaning uchta asosiy vazifasini ko‘rsatadi:

Birinchi, bolaning jinsiy hayoti bilan bog‘liq, uning hayotida, davrasida va atrofidagi yaqin odamlari bilan alokdsa rivojlanadi.

Ikkinchi, irodasi bilan bog‘liq, u maktabda shakllanadi va bilim berishni amalga oshirilishi bilan bog‘liq, shu bilan birga bolada emotsional ijtimoiy (harakatlanishi) qobiliyatlar rivojlanadi.

Uchinchi vazifasi-yoshlarda birdamlik va jamoatchilik asoslarni tarbiyalash hisoblanadi degan g‘oyalarni ilgari suradi.

Bu yo‘nalishning vakillari ijtimoiy pedagogikani integrativ (birlashtiruvchi) fan sifatida qaraydilar. Shu mazmunda Ye. Borneshanning talqin e’tiborga loyiq. U ijtimoiy pedagogikaga iqgisodiy pedagogika va boshqalarni birlapp iruvchi fan sifatida qaraydi. O‘zining qo‘shiluvchanligi sababli ijtimoiy pedagogika tarbiyaning hamma sohalariga kirib borib, pedagogikaning prinsiplaridan biri sifatida ishtirok etadi.

Ikkinchi yondashish A. Disterverg XIX asr (40-50-yillar), G. Nol, G. Boymer (XX asr, 20-30-yillar), K. Molengauer (50-yillar) va bogiqalar asarlarida aks ettirilgan. A. Distervergdan boshlab bu yo‘nalish vakillari ishchi sinfining ijtimoiy himoyalanma- ganligi, xalqta’limi xodimlari, boshpanasizlar kabi o‘z davrining ijtimoiy masalalariga javob topishga harakat qildilar.


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə