Ijtimoii pedagogika



Yüklə 2 Mb.
səhifə17/205
tarix15.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87068
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   205
Ijtimoii pedagogika

Gelman Gol (1879-1960) ijtimoiy pedagog vazifasi oila va maktab biror bir sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmay qolgaida zarur bo‘ladigan shoshilinch tez yordam ko‘rsatishdan iborat, deb hisoblaydi. Gelman Golning fikri, R. Natorinikidan ancha ishonchli, aniq va amaliy ko‘rinadi. Uning goyalari yoshlarning xayriya ko‘rsatish faoliyatlari haqidagi qonunda o‘z aksini topdi. Bu yoshlarni maktabdan tashkeri boshkeradigan Germaniyadagi birinchi davlat hujjati edi. Shu davrdan boshlab ijtimoiy pedagogika amalda «shoshilinch ijtimoiy pedagogikasi» bo‘lib qoldi, u yoshlarni tarbiyalagsda oilada va maktabda mavjud bo‘lgan kamchiliklar o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan.

Gertruda Boymer birinchi yo‘nalish tarafdorlaridan farqti ravishda ijtimoiy pedagogika — pedagogikaning prinsipi emas, balki tashkiliy qismi deb hisoblagan. Oilada va maktabda tarbiyaga taalluqli bo‘lmagan hamma narsa ijtimoiy pedagogikaning muammosidpr, deb hisoblaydi u. Agarda alohida ijtimoiy institutlar bolaning bu muammosini hal etib berolmas ekan, unda tarbiyaning yangi yo‘nalishini davlat yordamida yaratish zarur, — deydi u. Shu bilan birga ijtimoiy pedagogika madaniy mazmunni yetkazish bilan emas, balki o‘sib kelayotgan avlodning rivojlanishi va jamiyatga qo‘shilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etittg bilan shugullanishi kerak, deb hisoblaydi.

Bu davr namoyondalari, nemis olimlari hozirgi vaqgda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari to‘la ittitab chiqilgan bo‘lsa ham, ijtimoiy pedagogika nazariyasining umumiy ko‘rinishi hali ham noaniqligicha qolib kelmoqda va bundan keyin ham shundayligicha qoladi, chunki aralash fanlarning (psixologiya, sotsiologiya, ij- timoiy ishlar va boshqalar) ijtimoiy pedagogika nazariyasini to‘la tasvirlab berish imkonini bermay kelyapti. Bu holat har qapday fanning rivojlanish jarayoni uchup tabiiydir. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi bilan birga Germaniyada ijtimoiy pedagogika fani sohasida mutaxassislik professional faoliyat sohasi ham faol rivojlandi. 1908 yildan boshlab maxsus pedagoglar tayyorlana boshlandi, XX asrning 70-yillari boshlariga kelib esa, Germaniya univerisitet-larida oliy ma’lumotli pedagoglarnitayyorlash boshlandi. Shupi aytish kerakki, Germaniyada ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda XX asr davomida bilim va amaliy faoliyatning mustaqil sohasi sifatida ijtimoiy ishlar ham faol rivojlanib keldi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning professional faoliyatida umumiylik mavjudligi sababli Germaniyada ular yagona standart bilan boshqariladi. Standartda bu mutaxassislarning nomlari ijtimoiy ishchi, ijtimoiy pedagog kabi sinonimlar bilan yoziladi. Ta’lim- tarbiyaning bu kabi masalalari XX asrning 20-yillarida shafk^tsiz siyosiy kurashpish munozara quroliga aylangan edi. Tarbiya maqsadi, maktabning ijtimoiy funksiyalari, maktabning siyosat bilan munosabati, yangi pedagogika, biologik va ijtimoiy tarbiya, ta’lim tizimi va maktab strukturasi, bolalar va yoshlar tashkiloti, mak­tabning o‘zini-o‘zi boshqarishi haqida munozaralar avj oldi.

Munozara masalalaridan biri maktab va ijtimoiy muhit munosabatini, tashkil etgan ommaviy tarbiya muammosi edi. M. V. Krumemima va V. N. Shulginlar maktabning tarbiyaviy funksiyasi va ijtimoiy muhit birlashuvi, ijtmoiy muhitni bola tarbiyasiga jalb etish masalalarini ilgari surdilar. Chunki ularning fikriga ko‘ra «maktabni o‘rab turgan muhitni e’tiborga olmasdan maktab tarbiyasi masalasini hal qi.shsh juda murakkab masala edi».

Bu jarayonda ular maktabni muhit hayotiga moslashtirish kabi muhitni ham «pedagoglashtirish» muhimligini ko‘ra oldilar. Ular yoshlarni kommunistik ruhda tarbiyalagsda muhitdan va upish zararli ta’siridan ajratib yuborish shiori va pedagogika faqat tashkil- lashtirilgan tarbiya jarayoni bilan shug‘ullanishi lozimligi haqidagi g‘oyaga qarshi turdilar.

Vasiliy Nikolaevich Shulgin (1894-1965) sovetlar hokimiyatini qabul qilib, yangi jamiyatda yangi odamni tarbiyalash, yangi tipdagi pedagogika-ijtimoiy tarbiya pedagogikasi haqida orzu qilardi. U paytlarda bu muhit pedagogikasi deb atalardi. Uning fikricha, maktab «hayotga tomon o‘sib borishi»—muhitga tatbiq qilinishi, unga ta’sir qilishi va up i o‘zgartirishi lozim edi. V.N. Shulgin yangi jamiyat pedashgikasiga uchta asosiy vazifa yuklagan. Biritidan, bola yashayotgan va unga ta’sir qilayotgan muhitni o‘rganish. Ikkinchidan, muhitni o‘zgartira olishga qodir insonni o‘qigish va tarbiyalash. Buning uchun maktab bolalarini aholi bilan jamoatchiliqsa ishlashga jalb etadi, bunda mehnat asosiy vosita sanaladi. Uchinchidan, maktab muhitni qayta ta’lim o lit markaziga aylantirishi lozim. Bu ota-onaga namunali ta’sir ko‘rsatish (savodsizlikni tugatish jarayonida), pedagogik maorif, bola tarbiyasida ota-onaga yordam berishni anglatadi. Shuningdek, bu aholi hayotiga yangi madaniyatni tatbiq etishda bolaning ota-onasiga ta’siri ham hisoblanadi.

Bolaga ijtimoiy muhit ta’siriga oid Shulgin tadqiqotlari, ko‘ndalang qo‘yilgan ijtimoiy pedagogika masalalari, shubhasiz, insonparvar, istiqbolli edi, lekin uning tarbiyaga sinfiy yondashuvi ezgu maqsadlarni inkor etilishiga sabab bo‘ldi.

Mariya Vasilevna Krupe pipa (1882-1950) proletar inqilobini qabul qilib, yangi jamiyatda maktabning rolini sezilarli darajada katta deb bildi. U maktab nafaqat o‘qitish markazi, balki unda mehnat yetakchi bo‘lgan yangi o‘quv va tarbiya jarayonlari tug‘ilishi lozim, deb hisoblagan.

M. V. Krupe p i pa goyasi—tarbiya nafakdt bir odamning bogshfsiga ta’siri, balki muhitning shaxsga ommaviy ta’sirini ta’kiddagsdan iborat bo‘lgan. Shuning uchup pedagogika muhitni o‘rganishi, tartibsiz maishiy hayotga, «tashkillashtirilgan pedagogik jarayon» kiritishi lozim. U tarbiyadagi tashkillashtirilgan va tashkil- lashtirilmagan jarayonlarni yaqinlashtirish vazifasini qo‘ydi.

M. V. Krupenina pedagogikani «insonni ijtimoiy shakl­lanishi, muayyan tarixiy davr va muayyan sinf muhitida rivojlanish metod va shakllarini tashkil qilishni o‘rganish, ularni aniqgovchi omillar miqdori va ular bo‘ysunuvchi qopupiyatlarpi tadqiq etish» ning butun jarayonini o‘rganish lozimligini fan sifatida ifodaladi.

Uning tashkillashtirilgan pedagogik jarayonni real hayotga yaqinlashtirib, ijtimoiy tarbiya tizimining bir bo‘giniga aylantirishga intilishi pedagogik qarashlarining davr nuqtai nazaridan salbiy baholanishiga sabab bo‘ldi.

Ijtimoiy pedagogikaning tarbiyaviy funksiyalarini tushunish maqsadida Pavel Petrovich Blonskiy (1884-1941) ijodiy merosiga murojaat qilish foydadan holi emas. U bolani, uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit qadriyatlari va me’yorlarish bilmasdan muvaffaщttli tarbiyalash, bilim berish mumkin emas, deb yozgan edi.

Olim bola axloqidagi murakkablikni bola organizmining o‘ziga xosligi va «up i o‘rab turgan muhit ichki xususiyatlari» ga bog‘lagan edi. U shu muhitda bolaning xatti-harakati, yetakchi va bo‘ysunuv axloqi, o‘g‘il bola va qiz bolaning o‘zaro munosabati, tarbiyasi og‘ir bolalar va odobli bolalar xatti-harakatlarini tadqiq etdi. Biz Blonskiy asarlarida bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zini tutishiga oid tavsiflar topa olamiz.

A.S. Makarenko (1888-1939) «Bolalar tarbiyasi to‘g‘risida leksiyalar», «Ota-onalar kitobi», «Pedagogik poema» va «Mi- noralardagi bayroqlar» kabi asarlarida o‘zining boy ta’lim- tarbiyaviy tajribasini yoritgan. Mazkur asarlarda pedagog Shaxstarbiyasi muammolarini, Shaxsva jamoa munosabatlarini, tarbiyasi og‘ir o‘smirlarning ijtimoiylashuvi masalalarini talqin qilgan.

A.S. Makarenko tomonidan tuzilgan mehnat koloniyasida bolalarning ijtimoiy foydali unumli mehnati, eng qudratli tarbiyaviy kuch ekanini isbotladi.


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə