Ijtimoii pedagogika



Yüklə 2 Mb.
səhifə20/205
tarix15.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87068
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   205
Ijtimoii pedagogika

Ijtimoiy ish metodlari. Bush a ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, monitoring, sotsiologik savol-javob ishlari, ekspertizadan o‘tkazish va h. k). Ijtimoiy reabilitatsiya metoddari (mehnat terapiyasi, guruhli terapiya va h. k.) kiradi.

Psixologik metodlar. Bular psixodiagnostika (intellekt va qobiliyatlarni aniqgovchi testlar savol-javoblar, loyiha testlari, sotsiometriya), psixokorreksiyalar (psixogimnastika treninglar, psixologik konsultatsiyalar berish) kiradi.

Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta’lim-tarbiya berish metodlari).

Ijtimoiy pedagogika metodlari (ijtimoiy tarbiya, ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy pedagogika hamkorlik qilish va h. k).

Ko‘rib chiqilgan metodlar ijtimoiy pedagogikada alohvda emas, balki bir-biri bilan bog‘liq holda qo‘llaniladi.

Savol va topshiriqlar:



Metodlar haqida tushuncha bering.

Ijtimoiy pedagogika metodlari qaysilar?

Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy sifati



Ijtimoiy pedagog kim? Uning ruhiy yeurati va shaxsiy tavsifnomasi qanday ? Haysi sohalar uning faoliyati doirasiga tegishli? U boshqa kasb egalaridan nimasi bilan farq qiladi ?

Shunday savollarga javob axtarar ekanmiz kundalik hayotda biz kasb inson ongida, uning xatti-harakatlarida va dunyoqarashida o‘ziga xos iz qoldirishiga guvoh bo‘lamiz. Psixologiyada bu narsa «kasbiy mentallik» deb ataladi. Mentallik — bu insonning olamga munosabatini va uning kundalik xatti-harakatlarini aks ettiruvchi ma’lum ijtimoiy-ruhiy qarashlar va qadriyatlar majmuidir. Mentallik o‘zida individning ijtimoiy va madaniy tajribasini mujassamlashtirgan bo‘lib, insonning qaysi ijtimoiy qatlamga, yoshga, jinsga, millatga va kasbga mansubligi bilan aniqtanadi.

Psixologik tadqiqotlarda kasbiy mentallik ma’lum bir kasb egalariga xos bo‘lgan xususiyat sifatida e’tirof etiladi.


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə