Ijtimoii pedagogika


Ijtimoiy pedagogik ishlar faol g‘oyaviy — axloqiy



Yüklə 2 Mb.
səhifə30/205
tarix15.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87068
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   205
Ijtimoii pedagogika

Ijtimoiy pedagogik ishlar faol g‘oyaviy — axloqiy imkoni­yatlarga ega, u Shaxsxulqida paydo bo‘lgan salbiy elementlarga qarshi kurashda muhim omilga aylanadi. U ijtimoiy fikrni shakl­lantirish yo‘li bilan jamoada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit hosil qilishga ta’sir ko‘rsatadi, ilg‘or ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlaydi, Shaxsqadr-qimmatini ta’minlaydi, qonunni hurmat qilishga o‘rgatadi. Bu ayniqsa bugungi kunda, jamiyat ma’naviy yangilanish jarayonini boshidan kechirayotgan bir davrda muhim ahamiyatga ega.

Tarbiyaviy faoliyatning muhim rezervlaridan yana biri — ommaviy targibot bilan bog‘liq bo‘lib, g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning barcha shakllarida g‘ayrat va tashabbus talab etiladi. Bunda davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ommaviy — tashkiliy tadbirlar o‘tkazish, kechalar, bayramlar, rasm-rusmlar, urf-odatlar, jumladan, «Navro‘z», «Xotira va qadrlash kuni» hamda boshqa tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Ommaviy ishlarda ijtimoiy-tarbiyaviy muvaffaqiyatlarga ommaning ijtimoiy- madaniy faoliyat yo‘nalishini chukur anglagan holdagina erishish mumkin. Bu, birinchi navbatda, pedagogik tamoyillar asosida ma’rifiy muassasa ishlarini tashkil etishda va metodikasida o‘z ifodasini topadi. Tadbirlarning faqat g‘oyaviy yo‘nalishini emas, ayni chog‘da ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik mohiyatini anglash, tashkiliy ishlarda uning mexanizmlariga tayanish zarur.

Ijtimoiy-pedagogik boshqaruv ijtimoiy jarayonlarni nazorat qilish, yoshlar jinoyatchiligining oldini olish, maktab, ichki ishlar bo‘limi, voyaga yetmaganlar jino yatchiligiga qarshi kurash organlarining birgalikdagi tadbirlari tizimi doirasida amalga oshirilishi kerak. Mazkur faoliyat samaradorligi uchup xizmat qiladigan ob’ektiv jarayonlar va hodisalarni hisobga olib borish; tarbiyaning noqulay sharoitiga va shaxsni noto‘g‘ri yo‘lga kirishining boshlanishiga o‘z vaqgida e’tibor berish maqsadida ijtimoiy-pedagogik istiqbol metodlaridan foydalanish; o‘smir shaxsning individual — psixologik va ijtimoiy sifatlarini hisobga olish kabilarga alohida e’tibor berish talab etiladi.

Savol va topshiriqlar:



Ijtimoiy pedagog faoliyati mazmuni.

Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari.

Ijtimoiy pedagog vazifalari.

Ijtimoiy pedagogning axloqiy majburiyatlari.

Ijtimoiy pedagog huquqtari.

Xalq pedagogikasi va ommaviy tarbiyaning zamonaviy sharoitdagi holati

O‘rta Osiyo xalqlari pedagogik ilmlari rivojlanishi tarixini o‘rganib chiqish pedagogikaning birinchi rasmiy belgilari, xalq hayoti, xalq pedagogik madaniyatining bevoeita ta’siri ostida paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ijtimoiy pedagogik faoliyatda asosiy vosita sifatida xalq pedagogikasidan keng foydalanilmokda. «O‘zbek xalq pedagogikasi» qamrovi nihoyatda keng, bag‘oyat serqirra va serjilo tushuncha bo‘lib, u shu xalq paydo bo‘lgan butun davrni o‘z ichiga oladi.

Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq ogzaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosim- shunosligining yetakchi yo‘nalishlarini, diniy-axloqiy ta’li- motini qamrab olishi bilan xarakterlanadi. «O‘zbek xalq peda- gogikasi»da dono xalqimizning ta’lim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning ma’naviy e’tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati usul va metodlari, ana’nalari tabarruk islom dinining odob-axloq, ilmu-fan ta’limoti mujassamlappap. «Xalq pedagogikasi — tarbiyaning maqsad va vazifalari borasida muayyan xalqning hayotiy tajribasi hamda turmush tarzida shakllangan amaliy qarashlar majmui; muayyan jamiyatda yashash uchun har bir odam amal qilishi shart sanalgan va urf-odat, udum, xulq-odob, marosim, an’ana, turmush tarzi, badiiy ijod, o‘yin singari empirik vositalarda namoyon bo‘ladigan amaliy faoliyatdirI» — deyilgan O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida.

Xalq pedagogikasi asrlar davomida yashab keldi. Uning ta’sir kuchi, ahamiyati nimada?O‘zbekxalq an’anaviy pedagogikasining asrlar dovomida shayushanib, rivojlanib, boyib borishining, fuharo, vatan takdirida hal qiluvchi rolining boisi, biritidan, uning hayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra, serma’noligidir. Ikkinchidan uning bevoeita xalq tomonidan mavjud hayot davomida jonli an’analarda yaratilishi, yashashi, hayot, inson muammolarini qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb masalalari yechimini hal qilishga qaratilganidir. Uchinchidan, umuminsoniy yo‘nalishga, umumbashariy g‘oya maqsadlarga qaratilgan bo‘lganligidir. Xalq pedagogikasi umuman xalqning orzu umidlarini uning o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash va o‘qitish haqidagi tasavvurlarini ifoda etadi. Al-Forobiy, Ibn Silo, Bsrupiy, Jomiy, Umar Xayyom, Sa’diy, Navoiy, Avloniy va boshqa ma’rifatparvarlarning meroslarini tahlil qilish, ularning tarbiya haqidagi umumiy goyalari, xususan, oilaviy tarbiya haqidagi goyalari xalq peda­gogikasi tarixidagi ifoda etilgan g‘oyalar va fikrlar bilan uzviy bog‘lanib ketganligini ko‘rsatadi. Shuning uchup xalq pedago- gikasining tarbiyaviy ahamiyatidan ijtimoiy pedagogik faoliyatda keng foydalanish maqsadga muvofikdir.

Ijtimoiy-pedagogik nuqgai nazardan Forobiyning psixologiya, etika va estetika bo‘yicha asarlari katta qiziqishga ega bo‘lib, unda inson ijtimoiy mavjudot sifatida o‘rganiladi. Forobiy shaxsning ma’naviylik sifatlari ijtimoiy muhig tarbiyasi ta’siri ostida yuzaga keladi deb hisoblab, shunday yozadi: «Inson — eng boshidan boshlab tabiatan yaxshi yoki yomon bo‘lib, xuddi shunday tug‘ma to‘suvchi yoki yozuvchi bo‘lib tug‘ulmaydi». Forobiy Ibn Sino va Beruniyning ijtimoiy pedagogik qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ibn Sino ma’naviy tarbiya haqida fikr yuritar ekan — Insondagi haqgo‘ylik, adolatlilik, halollik kabi sifatlarni yuksak baholaydi va «xalsning ma’naviylik xususiyatlari va adolatlilikka chorlaydigan necha asrlik an’analarini hisobga olish kerak. Chunki adolatlilik insonning eng yaxshi bezagi» ekanligini uqgiradi.

Beruniy asarlarida tarbiya haqida ko‘plab ajoyib fikrlar aytilgan. «O‘tgan avlodlar xotiralari» («Xronalogiya») tekshirish- larida olim ensiklopedist turli xalqlar va davrlar kalendar sistemalarini ta’riflash bilan bir qatorda haqiqat va yolg‘on, yaxshi va yomon, kamtarlik va kekkayish, bilimlilik va nodonlik, ma’naviylik muammolarini o‘rganadi.

O‘rta asrning yorqin mutafakkirlaridan biri Rudakiy maqol va rivoyatlar ko‘rinishidagi ko‘plab poetik asarlari bilan xalq pedagogikasini boyitib, xalq og‘zaki ijodiyoti durdonalari qatoriga kirdi. U «inson aqlining tubi bu bilimdir» va «dunyoda bilim kabi muhim meva yo‘sdir» deb bilimga yuksak baho beradi..

O‘rta asr ijtimoiy pedagogik merosi haqida gapirilar ekan Nosir Xisravning (1004-1088) «Ma’rifat kitobi»da ijtimoiy pedagogik fikrlar ilgari surilganligini ko‘rish mumkin. Muallif bu asarda «O‘z-o‘zini anglash» «yaxshi va yomon sifatlari» boblarida muallif insonni to‘g‘ri tarbiyalashga xalaqit qiladigan yettita (yomonlik) to‘siqtarni aytadi: takabburlik, ayyorlik, befahmaik, ochko‘zlik, g‘azab, g‘araz, shahvatparastlik. U mana shu yettita tushunchalarni esdan chiqarishni maslahat berib, ularning o‘rniga esa boshqalarini — ular uchup (yaxshilik) yuksak, oliyjanoblik, kamtarlik, xalollik, sabr toqat, oddiylik, gmukronalik, saxiylik va mehribonlik kabi fazilatlarni o‘zlashtirish zarurligini ta’kidlaydi.

Nosir Xisrav qarashlarining asosiy goyasi inson kamolotida, ijtimoiylashuvida inson imkoniyatlarining o‘rni muhim ekanligi, insonda bu imkoniyatlardan foydalanish sharoitlari mavjuddigini ta’kidlaydi.

XI—XII asrlarda O‘rta Osiyoda xalq pedagogikasining rivoj- lanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan Burhoniddin Zarnudjiy «O‘quvchiga bilim o lit yo‘lidagi qo‘llanma»sida o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

O‘zbek adabiyotining asoschisi hisoblangan mutafakkir, ta- raqqiyparvar arbob Alisher Navoiy pedagogik kerashlarida barkamol inson tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etgan. Uning qarashlarida demokratik va insonparvarlik yuyalari, insonga muhabbat, halollik, adolatlilik, yorqin kelajakka ishonch haqidagi xalq hikmatli so‘zlari bilan bog‘lanib ketadi. Xalq hatto o‘zining buyuk olimi haqida rivoyat, afsonalar yaratib xalq poetik ijodiyotini shakllantiruvchisi sifatida upish obrazini abadiylashtiradilar. Mutafakkir olim va shoirlarning ko‘plab nasihatlari xalqning turmush hayot tajribalari asosida ishlab chiqilgan hikmatli so‘zlari bilan juda ham aniq mos keladi: «qiyshiq o‘tirganda ham to‘g‘ri gapirish kerak», «Yolg‘on gapirib yashagandan ko‘ra to‘g‘ri gapirib o‘lgan afzal», «agarda sen har doim to‘g‘ri gapirib kelgan bo‘lsang keyin ham senga ishonadilar». Alisher Navoiy o‘zining «Hamsa» sida inson kamolotida ijtimoiy muhitning o‘rni muhim ekanligini ta’kidlaydi. Bu esa mehnatsevarlik, poklanish, halollik, iymon e’tiqodlilik bo‘lish orqali amalga oshishi alloma tomonidan ilmiy asoslab beriladi.

Alisher Navoiy «Mahbub-ul-qulub» asarida inson va upish eng yaxshi fazilatlarini tasvirlab barkamol inson timsolini yaratdi. Mazkur asarda u insonni komillikka eltuvchi yagona vosita — bu sabr deydi. « Sabr, — deydi u, — achchiq, ammo foyda keltiruvchi u qattiq, ammo ziyon-zahmatlarni daf etuvchi. Sabr-nasihatgo‘y, achitib gapiradigan, kishi tabiati unda ozor chekadi lekin amal qilgai oxirida murodga yetadi. Sabr — tabib, badho‘r — dori, bemor undan ozor topadi, ammo so‘nggida sog‘lissa erishadi». Alisher Navoiy qarashlarini xulosalab shuni aniq aytishi mumkinki, ta’lim- tarbiya jarayonida yuzaga keladigan-ruhiy muhit faqatgipa insonning o‘z xususiyatlari — sabr, ijtimoiy ruhiy asosidagina yaratiladi. Zero inson har narsaga qodir. Agar inson axloq, sabr tushunchalaridan yiroq bo‘lsa aytittg lozimki, uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit shu insonga muvofiq bo‘ladi.

Shunday qilib, O‘rta Osiyo xalqtarining pedagogik nuqtai nazarlari boshqa xalqtarda bo‘lgani kabi uzoq o‘tmishda yuzaga kelgan. Tarbiya haqidagi xalq donishmandligi — xalqning ommaviy tarbiyasi, ko‘p asrlik pedagogik madaniyati va tajribalari esa buning ifodasi hisoblanadi.

Axloq pedagogikasi muammolarini ilmiy tekshirishlar tarixini o‘rganib chiqish, tarbiyalagsdagi xalqtajribasini ijtimoiy tarixiy hodisa sifatida o‘rganish, hamma tarixiy rivojlanish bosqichlaridan o‘tganini va hozirgi davrning pedagoglari ilmiy qiziqishlari doirasiga kirib kelganini ko‘rsatadi. Xususan, chet el olimlaridan buyuk chex pedagogi Ya.A. Komenskiy «Onalar maktabi» goyasini oilaviy tarbiya tajribasiga tayanib asoslab bergan. Mashhur shvesariyalik pedagog I. G. Pestalotsi ham o‘zining «Onalar uchun kitob»ini Shvesariya xalq pedagogikasi tajribalarini umumlashtirib yaratgan. U oilada boshlangan tabiiylikka moe tarbiyalash keyinchalik maktabda davom ettirilishi kerak, deb hisoblaydi.

Rus pedagogi K D. Ushinskiy xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlarini yuqori baholagan. «...xals o‘zi yaratgan va xalq boshlanishlariga asoslangan tarbiya — deb yozadi u, abstrakt g‘oyalariga asoslangan eng yaxshi tizimda ham bo‘lishi tarbiyaviy kuchga ega». U «xalschilligi bo‘lmagan xals bu salbsiz tana» degan prinsipga chuqur ishongan va bu prinsipga asoslanib xalqchillik goyasini asoslab bergan. Xalqning odatlari, marosimlari va an’analarini yaxshi o‘rganib, «Ajdodlar donishmandligi — avlodlar uchup ko‘zgu» degan xulosaga keladi va xalq tarbiyasini ma’qullaydi.

V. A. Suxomlinskiy xalq pedagogikasi mohiyatini chukur o‘rganib, ma’naviylik goyalarini va u i da i kelib chikdsigan xalqning pedagogik nuqgai nazarini o‘rganish zarurligi va muhimligini ta’kidlaydi. U xals pedagogikasining boyligi va katta amaliy ahamiyatga ega ekanligiga saramay, kerakligicha o‘rganilmayapti, bu muammo bo‘yicha chusur tekshirishlar olib borilmayapti, — deb hisoblaydi. «Xals pedagogikasi haqida hali hech kim shunday o‘ylamagan va shuning uchun ham bu pedagogikaga katta tashviishar keltirgandir, deb yozadi u, — men ishonaman, xals pedagogikasi — bu xalsning ma’naviy hayoti jamlangan markazdir. Xalq pedagogikasida milliy xususiyatlar — xalq qiyofasi ko‘rsatib beriladi.

Xalqning xususiyatlari, xalqning qiyofasi, uning xayollari va o‘ylari, ma’naviy goyalari ayniqsa, u yaratgan ertaklarda, afsona, qissa, rivoyat, maqollarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Xalq pedagogikasi masalalari bir qator olimlarning tek- pshrishlari predmeta bo‘lgan, ularning har biri xalq pedagogikasi nazariyasi va amaliyotiga o‘zining hissasini qo‘shgan. G. N. Volkov (XX-asr) xalq pedagogikasi muammolari har tomonlama va ancha puxta o‘rgangan. U «Chuvash xalq pedagogikasi» «Etno pedagogika» monografiyalari (1974) muallifi hisoblanadi. Bu tadqiqotchining asarlari regional chuvash xalq pedagogikasi chegaralaridan ancha keng olingan, ular xalq pedagogikasi konsepsiyasini umuman shakllanishida, xususan, tarbiya predmeta pedagogik asoslari, metod va vositalarini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. G. N. Volkov pedagogik adabiyotlarda birinchi bor «Etno pedagogika» terminini ishlatdi, upi o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash bo‘yicha xalq ommasining tajribasi haqida ularning pedagogik dunyoqarashlari haqidagi fanni turmush pedagogikasi haqidagi fan sifatida belgilaydi. Etnik pedagogika tarixiy sharoitlar asosida yuzaga kelgan milliy xarakterning xususiyatlarini o‘rganadi. XX- asr pedagoglari G. N. Volkov kiritgan «Etno pedagogika» tushunchasini to‘g‘ri deb hisoblaydilar. Chunki xalq pedagogikasi tajribaga va uning ta’rifiga taalluqti bo‘lsa, etno pedagogika esa nazariy fikr doirasi — fan doirasi bilan bog‘likdir.

O‘zbek xalq pedagogikasi — milliy madaniyatning boy manbaidir. Xalq pedagogikasi o‘zida jamiyatdagi barcha ezgu xislatlarni mehmondo‘stlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, juvonmardlik, sevgiga sadoqat, vafo, kattalarga hurmat, kichikka izzat kabi yuksak axloqiy fazilatlarni qamrab olgandir. Xalq pedagogikasi, buyuk mutafakkirlarimizning tarbiya xususidagi qarashlari, Shaxsijtimoiylashuvida benazirdir. Xalq pedagogikasining ta’limiy- tarbiyaviy ahamiyati o‘zbek omillari tomonidan tadqiq etilgan. Mazkur muammo yuzasidan Respublikamizda bosilib chiqqap yirik asar 3. Mirtursunovning «O‘zbek xalq pedagogikasi» nomli monografiyasidir. Unda o‘zbek xalq pedagogikasi xalq og‘zaki ijodida aks etishi har tomonlama ochib beriladi va dalillar bilan isbotlanadi.

Xalq pedagogikasi bo‘yicha ko‘plab qiziqarli tekshirishlar o‘tkazilgan. Misol uchup N. S. Safarov o‘zining «O‘zbekistonning xalq pedagogikasi ilg‘or goyalari va tajribalari» (1989 yil) nomli monografiyasida o‘zbek xalq tarbiyasi asosiy yo‘nalishlarini o‘rganib, bu jarayonning milliy o‘ziga xosliklarini ko‘rsatib, unda ko‘p bolalik o‘zbek oilasining rolini alohida ta’kidlaydi. U hozirgacha saqtanib qolgan o‘zbek oilasining «Ko‘p qatlamliligi» xalq tarbiyasi goyalari va tajribalarini asosiy saqtovchisi va yetaklovchisi bo‘lganligini isbotlaydi. Xalq pedagogikasini ma’lum darajada mustaqillik davrida yaratilgan kigoblar ham to‘ldirmoqda: A. K. Minavarov «Oila pedagogikasi», O. Musurmonova, G. Baubekova «O‘zbek xalq pedagogikasi» kabi qo‘llanmalar o‘zbek xalq pedagogikasi bo‘yicha mustaqillik yillarida yaratilgan birinchi o‘quv qo‘llanma bo‘lganligi bois, unda etno pedagogikaning yuzaga kelishi, predmeti, mazmuni va metodlari ochib berilgan. Ko‘llanmada birinchi bor hadislar, milliy o‘yinlar maqol va matallar, xalq ko‘shiqtari va ertaklari o‘rganilgan. Mualliflar o‘zbek xalq pedagogikasining mazmunini hozirgi sharoitlarda o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash orqali ochib beradilar. Mualliflar xalq pedagogika-sining eng muhim amaliy tomoni yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish uning hayoti bilan bog‘liqligida deb hi- soblaydilar.

XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA, BOLALAR VA OTA- ONALAR MUAMMOLARI

Xalqning muhabbat, oila, bolalar va ota-onalar haqidagi tasavvurlari ko‘p asrlik turmush ma’naviyatlari asosida yuzaga kelgan. Bu tasavvurlar birlashtirilgan va pedagogik qirralari o‘ylab chiqilgan, amaliyotda, hayotda sinovdan o‘tgach, axloq qoidalari, maslahatlar, tavsiyalar to‘plamida o‘z ifodasini toptan. Ular xalq pedagogik madaniyatining yetukligini, boyligini bildiradi.

Oila — xalq namunasi.

Oila va oilaviy munosabatlar murakkab pedagogik jarayon bo‘lib, u:

bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish odatlari, an’analari, metodlarini ishlab konstruktiv metodini;

bolalarning dam olishlari, mehnat qilish va o‘quv mash- gulotlari tartibini o‘rnatib, tashkilotchilik vazifasini;

ota-onalar, ota-onalar va bolalar, bolalarning o‘zlari o‘rtasidagi yaqinlari, qarindoshlar, qo‘pshilar va shu kabilar bilan to‘g‘ri o‘zaro munosabatlar qoidasini ittitab chiqib kommunikativ vazifalarini bajaradi.

Bular hammasi asta-sekinlik bilan oilaviy munosabatlar tizimini yaratadi. Oila eng kichik jamoadir. Bola o‘zining ko‘ng- lidagi fikrlarini faqat ota-onalariga aytishi mumkin, ayniq- sa, sirlarini onalariga aytadi. Oiladagi o‘zaro munosabatlar juda nozik va qaltis ishdir, chunki u qarindoshlik iplari bilan boglangan jamiyatning birinchi jamoasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda oila ichidagi o‘zaro munosabatlar amalga oshiriladi. Ota va onaning tarbiyaviylik vazifalari aniqlanadi. Uning bola- lariga pozitiv ta’sirini kuchaytirish uchun sharoitlar yaratiladi. Oilaning va oilaviy tarbiyaning ana shu hamda boshqa xususiyat­lari har doim xalqning diqqat markazida bo‘lgan. Bular hammasi O‘rta Osiyo xalqi, xalq pedagogikasi meroslarida o‘z aksini toptan.

Oilaning asosiy vazifasi — katta avlod uchun munosib bolalarni tarbiyalash hisoblanadi. Bu yerda ham hal qiluvchi ish ota-onalarga bog‘liq bo‘ladi.


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə