Ijtimoiy fanlar va texnika” fakulteti kafedrası


I BOP. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi



Yüklə 121,15 Kb.
səhifə2/7
tarix17.12.2023
ölçüsü121,15 Kb.
#149995
1   2   3   4   5   6   7
tashkilotlar va ularni boshqarish(1)

I BOP. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi
1.1. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko‘pchilik kishilar o‘zlarining butun ongli hayotlari davomida o‘zlari a’zosi bo‘lgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog‘langandirlar.
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak:
 juda bo‘lmaganda, o‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsni mavjud bo‘lishi;
 juda bo‘lmaganda guruhning barcha a’zolari o‘zlari uchun umumiy deb qabul qilingan bitta maqsadni mavjud bo‘lishi;
 maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarini mavjud bo‘lishi.
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga oshiradi:
-tashqi muhitdan resurslarni olish;
-mahsulotni ishlab chiqarish;
-uni tashqi muhitga topshirish.
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o‘rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir.
Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan tashkil topgan sinergetik (hamkorlikdagi harakatning) samarasi yotadi. Tashkilotning yagona bir butun sifatidagi salohiyatlari va imkoniyatlari uning alohida elementlari, salohiyatlari va va imkoniyatlari summasidan oshib ketadi, bu ularning o‘zaro bir birlarini qo‘llab quvvatlashlari va o‘zaro to‘ldirishlari bilan asoslanadi. Shunday qilib, tashkilotlarga birlashishdan uning a’zolari uchun haqiqiy yutuq mavjud, u ularning mustaqilliklari tufayli cheklanishlaridan yo‘qotishlarni qoplaydi.
Bunda sinergetik samara hammadan avval quyidagilar hisobga tashkil bo‘ladi: - xodimlar va bo‘linmalar mehnatini taqsimlanishi va ixtisoslashishi;
- tashkiliy korporativ madaniyatni shakllanishi;
- xodimlar tomonidan kasbiy tajriba va bilimlar bilan almashish, ulardan yaxshiroq foydalanish;
- birlashtirilgan moddiy va moliyaviy resurslardan yaxshiroq foydalanish va ular bilan manerv qilish;
- har bilan kishi uchun uning shaxsiy va ishga doir sifatlariga mos keluvchi ish joyi va lavozimni tanlab olish, ulardan har birining bilimlari va kasbiy ko‘nikmalaridan yaxshiroq foydalanish;
- har xil odamlarnnig tajribasi, bilimlari va malakalarini bitta tashkilot (bo‘linma)da birlashtirish va h.k.
Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati bo‘ladi, u ichki jarayonlarning ba’zi bir yopiqligida aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitdan ajratib turuvchi chegaralarni mavjudligi ta’minlaydi. Bu chegaralar “shaffof” yoki “noshaffof” devorlar ko‘rinishidagi materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli xildagi yozma buyruqlar va cheklashlarga asoslangan “ideal” bo‘lishlari mumkin.
Tashkilot faoliyatini o‘zini o‘zi boshqarish tamoyili asosida amalga oshirish uning muhim alomati bo‘ladi, u qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun mavjud qonunchilik doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga oshirish imkoniyatini ko‘zda tutadi.
“O‘zini o‘zi boshqarish” atamasi o‘zini o‘zi boshqarishning mustaqilligi va shaxsiy atamashunosligini aks ettiradi. Tashkilotlarning o‘zini o‘zi boshqarishi asosida ularning iqtisodiy va boshqa manfaatlari yotadi.
Birinchi bosqich – tashkilotni tashkil qilinishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy vazifalar – bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko‘proq foyda olishdir.
Ikkinchi bosqich – tashkilotning o‘sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi – qisqa muddatli foyda va jadal o‘sish. Asosiy vazifa – bozorning bir qismini qamrab olish.
Uchinchi bosqich – tashkilotning balog‘ati. Bunda asosiy maqsad barcha yo‘nalishlar bo‘yicha samaradorlikni oshishidan iborat bo‘ladi.
Eng muhim vazifa - korxonaning obro‘sini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi.
To‘rtinchi bosqich - tanazzul, tashkilotni qarishi. Raqobat, bozorni qisqarishi natijasida tashkilot o‘z mahsulotiga talabni kamayishiga duch keladi. Tashkilotning asosiy maqsadi mavjud o‘rinlari saqlab qolish hisobiga barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir.
Har bir tashkilotni faoliyat yuritishi va rivojlanishi ma’lum bir muhitda(ichki va tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga yo‘l qo‘ygan holdagina bo‘lishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati va faoliyati– uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining ta’siri natijasidir.
Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining man’basi bo‘ladi. U o‘z ichiga tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning ma’lum oralig‘ida mavjud bo‘lish va yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha faoliyat yuritishini ta’minlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi bo‘lishi mumkin.
Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy bog‘lanishidan iborat bo‘ladi.
-tashkiliy tuzilma;
-tashkilot ichidagi jarayonlar;
-texnologiya; -xodimlar;
-tashkiliy madaniyat.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi alohida bo‘linmalarning vujudga kelgan ajratilishi, ular o‘rtasidagi aloqalar va bo‘linmalarning yagona bir butunga birlashishini aks ettiradi.
Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy mahsulotni olish uchun kombinasiyalash va foydalanish usullarini o‘z ichiga oluvchi texnoligiya menejment tomonidan eng diqqatli e’tiborning predmeti bo‘ladi. Boshkaruv texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish masalalarini hal qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilg‘orroq texnologiyalarni paydo bo‘lishi munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari yetarlicha murakkabroq va ahamiyatliroq bo‘lib bormoqda, chunki ularni hal qilish tashkilot uchun kelajakda jiddiy va g‘oyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotning ichki xayotida salbiy jarayonlarga olib kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini buzib yuborishi, xodimllardagi motivasiyani yo‘qqa chiqarishi mumkin.

5.2- rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va o‘zgaruvchanlari.
Xodimlar har qanday tashkilotning asosi bo‘ladilar Odamlarsiz tashkilot yo‘q. Tashkilot faqat unda odamlar bo‘lgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi. Odamlar tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning ichki muhitini shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bog‘likdir. Shuning munosabati bilan tashkilotdagi odamlar menejment uchun “birinchi sonli predmet” bo‘ladilar.
Tashkiliy madaniyat -bu tashkilot a’zolari tomonidan taqsimlanadigan eng muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yig‘indisidir.
Tashkilotning hamma yoqqa kirib boruvchi tashkil qiluvchisi bo‘lgan holda, u ham tashkilotning ichki hayotiga va ham uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Tashkiliy madaniyat quyidagi tashkil qiluvchilardan vujudga keladi:
tashkilotni mavjud bo‘lishining ma’nosini va uning xodimlar va mijozlarga munosabatini beruvchi falsafa;
tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud bo‘lish maqsadlariga yoki ushbu maqsadlarga erishish usullariga tegishli bo‘lgan ustivor qadriyatlar;
tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi o‘zaro munosabatlar tomoyillarini belgilab beruvchi hulq me’yorlari;
tashkilotda “o‘yin” olib boriladigan qoidalar;
tashkilotda mavjud bo‘luvchi va tashkilotda kanday atmosfera mavjudligi va tashkilot a’zolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday o‘zaro hamkorlik qilishlarida nomoyon bo‘luvchi muhit;
tashkilotda ma’lum tadbirlarni o‘tkazish, ma’lum ifodalar, belgilar va h.k.dan foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf- odatlar. Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan ta’minlovchi manba bo‘ladi. Bunda tashkilot ham, o‘z navbatida, buning uchun to‘lov sifatida tashqi muhitga o‘z faoliyatining natijalarini berishi kerak. Shunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan doimiy ravishda o‘zaro almashish holatida bo‘ladi. U bilan aloqa uzilishi bilan, tashkilot ham tugaydi.
Tashkilotning tashki muhit bilan o‘zaro hamkorligi mavjud bo‘lish imkoniyati, tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki solohiyatini, hamda vujud- ga kelgan chetga chiqarishlarni bartaraf qilish va unga ko‘rsatilayotgan xunik ta’sirlardan keyin ham quyilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydi.
Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operasiyalariga nisbatan ko‘proq darajada relevantli(muhim)dirlar. Ularni ikkita asosiy guruhlariga ajratish mumkin.
Birinchisi tashkilotlar umumiy tashqi muhitining omillarini tashkil qiladilar, ular jamiyat, iqtisodiyot va tabiiy muhitning holatini aks ettiradilar va bevosita tashkilot bilan bog‘lik emaslar. Ikkinchi guruhga tashkilotlarning bevosita (ishga
doir) muhiti omillari kiradi, ular bevosita bog‘langanlar va ular bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar. Bular iste’molchilar, yetkazib beruvchilar, raqiblar, ish bo‘yicha sheriklar va h.k. Tashkilotning tashqi muhitini turlicha ta’riflash mumkin. Masalan, nemis olimlari tashqi muhitni ta’riflash uchun “murakkab” va “dinamik” tushunchalaridan foydalanadilar.
Tashqi muhitning murakkabligini ta’riflarning miqdori va turli-tumanligi bilan aks ettirish maqsadga muvafiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida hisobga olish zarur.Tashqi muhitning dinamikligini uning ta’riflarining o‘zgaruvchanligi bilan aks ettirish mumkin. Yordamida tashqi muhitning o‘zgaruvchanligini baholash mumkin bo‘lgan asosiy ta’ -riflar uning omillarining tez-tez takrorlanishi, miqdori va muntazamligidir.
Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillari g‘oyatda murakkab, bir ma’noli bo‘lmagan va o‘zgaruvchandirlar. Buning ustiga, ko‘rsatib o‘tilgan omillar yaqindan o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘ladilar, ulardan birlaridagi o‘zgarish boshqalaridagi o‘zga- rishlarga olib keladi. Hozirgi vaqtda tashkilotlar(korxonalari)ning tashqi muhiti hammadan avval quyidagilar bilan ta’riflanadi: - katta noaniqlik; - dinamiklik; - oldindan aytib bo‘lmaslik; - murakkablik; - ba’zi bir tashabbuskorlik bilan.



Yüklə 121,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə