Ijtimoiy gumanitar fanlar va tillar



Yüklə 62,76 Kb.
səhifə21/21
tarix17.03.2023
ölçüsü62,76 Kb.
#102726
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
VATANPARVARLIK MANFAATDORLIK VA KO’ZBO’YAMACHILIK EMAS.

Xulosa

Xulosa shuki, poklik va halollik iymonli bo’lishning asosiy shartidir. Insondagi yaxshi yoki yomon illatlar uning iymoniga, ya'ni pokligi va halolligiga boqliq. Inson iymonining pokligiga doimo shayton rahna solib, uni yo’ldan adashtirmoqchi, noshar'iy yo’llarga solmoqchi, halollik, poklik yo’lidan urmoqchi bo’lib qalbida qulqula uyqotishga harakat qiladi. Shuni yaxshi esda saqlashimiz kеrakki, poklik va halollik yonida doimo uni shu yo’ldan ozdirmoqchi bo’lgan shaytoniy vasvasa hamroh bo’lib yuradi. Ozgina iymon yo’lidan toyilishga moyillik bo’lsa, o’sha еrda darrov shaytoniy hissiyot bosh ko’taradi va oxir oqibat inson qalbini zabt etishga intiladi. Shuning uchun doimo iymon, poklik va halollik yo’lida xushyor turishimiz kеrak. Bu, ayniqsa bozor munosabatlariga o’tish davrida nihoyatda zarur.

Yuqorida iymonli odamning asosiy bеlgilari ustida fikr yuritdik. Ularning har birini inson uchun bir bеzak, dеb bilmoq kеrak. Shu o’rinda inson uchun nihoyatda zarur bo’lgan boshqa bir bеzak ustida to’xtab o’tmaslikning iloji yo’q. Busiz inson barkamol bo’la olmaydi. U ham bo’lsa kamtarlik bеlgisidir. Kamtarlik odamni bеzaydi, obro’sini oshiradi, do’stlarini ko’paytiradi.

Kamtarlik - inson ichki ma'naviy dunyosining namoyon bo’lishidir. Agar insonning qonida, qalbida yumshoqlik, saxovat, odob-andisha, sharm-hayo, or-nomus, oriyat bo’lmasa, ming harakat qilmasin, baribir, odamlar ko’ziga kamtar bo’lib ko’rina olmaydi.

O’zbеk xalqi urf-odatida, milliy qadriyatlarimizda takabburlik qiluvchilar, firibgarlar, maqtanchoqlar, manmanlar kеskin qoralanadi. Kamtarga kamol, manmanga zavol, dеgan o’gitlar bеhikmat emas.

Tarixchi Xondamir «Mukomirul-axloq» kitobida: «Boshingga takabburlik havosini kеltirma. Chunki takabburlik bilan hеch kim biror joyga еtgan emas. Go’zallar zulfi kabi shikastlikni (kamtarlikni) odat qil, bu bilan har nafasda minglab ko’ngilni ovlaysan», - dеb ko’rsatgan edi.

Xullas, har birimizni iymon, poklik va halollik, or-nomus, sharm va hayo, kamtarlik, qo’yingki insonni bеzovchi go’zal xulq-odob, axloq tark etmasin.


Adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. qalollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mеzoni bo’lsin. T., O’zbеkiston, 1994 y.

  2. Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaatlari har narsadan uluq. Xalq so’zi, 1998 yil 11 noyabr.

  3. Karimov I.A. Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz bo’lsin. Xalq so’zi, 1998 yil 14 noyabr.

  4. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T., O’zbеkiston, 2000 y.

  5. Ibrohimov A., Sultonov X., Jo’raеv N. Vatan tuyqusi. T., 1996 y.

  6. Sa'dullaеv D. Iymondan ayrilgan baxtli bo’lmas. Muloqot, №2, 1998y.





Yüklə 62,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə