Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 440,66 Kb.
səhifə62/112
tarix13.04.2023
ölçüsü440,66 Kb.
#105438
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112
Ijtimoiy pedagogika

Internet saytlari
11. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
12. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi.
13.www.ziyonet.uz– O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali.
14.www.pedagog.uz - O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali
15.www.yedu.uz- O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali





7 – МАВЗУ: МЕЪЁРДАН ОҒИШ ВА ДЕВИАНТ ХУЛҚ – ИЖТИМОИЙ – ПЕДАГОГИК МУАММО СИФАТИДА

A
Режа

  1. Ижтимоий педагогикада “меъёр” ва “меъёрдан оғиш” тушунчалари.

  2. Ўсмирлик ёшида девиациянинг юзага келиши шарт – шароитлари.

  3. Девиация ва унинг турлари.

  4. Ўсмирларда девиант хулқ – атворнинг келиб чиқиши сабаблари.
sosiy tayanch tushunchalar:
Me’yor, me’yordan og‘ish, o‘smir,deviant xulq, deviasiya turlari. 7.1. Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og‘ish” tushunchalari. Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o‘z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og‘ish bor bo‘lgan odamlardir. Ular doim bir guruh bo‘lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan.
Hozirgi vaqtda AQSH va Yevropa davlatlarida u yoki bu og‘ishlarga ega bo‘lgan kishilarning jamiyatga integrasiyalashuvi konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. Mazkur konsepsiyaga ko‘ra, bu odamlar ham jamiyatning teng huquqli, biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga ega a’zosi sifatida qaraladi. Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmokda. Shuning uchun bunday odamlar, avalambor, bolalarning ko‘payishini reja asosida ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim.
Tibbiyot, psixologiya, sosiologiyada “me’yor” tushunchasining o‘z ko‘rsatkichlari va me’zonlari mavjud. Me’yorga mos kelmaydigan jihat — “og‘ish”, chetga chiqish” deyiladi.
Ijtimoiy pedagogika uchun “me’yor” va “me’yordan og‘ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanishi jarayonini tavsiflash uchun qo‘llanadi.
Og‘ish ham ijobiy, ham salbiy tavsifga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, o‘ta qobiliyatlilik ham me’yordan og‘ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo‘rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og‘ishlar shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga va jamiyat rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 440,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə