Ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya



Yüklə 440,66 Kb.
səhifə106/112
tarix13.04.2023
ölçüsü440,66 Kb.
#105438
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112
Ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya — bola organizmining ba’zi buzilgan funksiyalari, uning ijtimoiy maqomining o‘zgarishi va unda og‘uvchi xulq-atvorning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bolaning yo‘qotgan ijtimoiy aloqalarni tiklashga qaratilgan choralar tizimi.

  • Ijtimoiy-pedagogik profilaktika — bolada turli faollik turlarining namoyon bo‘lishiga va bolalarning optimal ijtimoiy rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy tarbiya chora-tadbirlari tizimi.

  • Ijtimoiy-pedagogik faoliyat — bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o‘z-o‘zini anglashi uchun yordam ko‘rsatishga qaratilgan professional faoliyat.

  • Ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyasi — rasional va maqsaaga qaratilgan xatti-harakatlar bilan tavsiflanadigan amaliy ijtimoiy-pedagogik faoliyatning metod va usullari majmuasi.

  • Ijtimoiy-pedagogik yordam — bolaning ijtimoiylashuvi va to‘la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlar tizimi.

  • Ijtimoiy profilaktika — turli salbiy tavsifdagi ijtimoiy og‘ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart-sharoitlarning oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiy- tibbiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmuasi.


  • Ijtimoiy-psixologik yordam — oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam.

  • Ijtimoiy reabilitasiya — insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan jarayon texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitasiyaga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ilgari suradi.

  • Ijtimoiy reabilitasion yordambolalarning ruhiy, akliy, emosional holati va sog‘ligini tiklashga qaratilgan yordam.

  • Ijtimoiy sog‘lik individning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarining mukammallashuvi shakli va vositalarining muayyan darajasi bo‘lib, o‘zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanishni anglatadi. Ijtimoiy sog‘likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir.


  • Yüklə 440,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə