Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 440,66 Kb.
səhifə108/112
tarix13.04.2023
ölçüsü440,66 Kb.
#105438
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy-huquqiy yordam - inson va bola huquqlariga amal qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo‘yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.

  • Ko‘rsatma (ustanovka) — muayyan xulq-atvor, tasavvurni boshdan kechirishga tayyor bo‘lish. Ko‘rsatmalar faoliyatning barqaror kechishini belgilab berishadi. Agar shaxsiy ko‘rsatmalar kasbiy faoliyatning tavsifini belgilab bersa, ijtimoiy ko‘rsatmalar mutaxassisning mijoz bilan o‘zaro munosabati usullariga oydinlik kiritadi.

  • Sosium — insonning ijtimoiy atrof-muxiti, hamjamiyati.

  • Submadaniyat — muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik belgilar (me’yor, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.

  • Tayanch shaxs — insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi tabiiy andoza. Tayanch intilishlar hammada bir xil bo‘ladi, biroq ularning namoyon bo‘lishi genetik va tashqi omillarga bog‘liq.

  • Tibbiy-ijtimoiy yordam — ta’lim-tarbiya jarayonida sog‘liqni tiklash yoki mustahkamlashga qaratilgan chora- tadbirlar.

  • Shaxslararo munosabatlar — ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisalar bo‘lib, bir guruhda bo‘lgan va birgalikdagi faoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘ladi.

  • Shaxslararo muomala — insonlar orasida aloqalar o‘rnatishning murakkab jarayoni. Pedagogik jamoada shaxslararo muomalaning quyidagi xususiyatlari korreksiyalanishga muhtoj: ba’zi pedagoglarning sabrsizligi, irodasizligi, kasbdoshlarini tinglay olmasligi, o‘z maqomini oqlash. Ijtimoiy-pedagogik treninglar, boshlang‘ich pedagogik o‘qishlar orqali sabr-matonat, tinglash madaniyati kabi xislatlarni shakllantirish mumkin.

  • Shaxsning hayot tarzi — maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot yo‘llari tizimi.


  • Yüklə 440,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə