Ijtimoiy pedagogning reabilitatsion xizmati modeli va mexanizmi



Yüklə 44 Kb.
tarix23.06.2023
ölçüsü44 Kb.
#118619
Ijtimoiy pedagogning reabilitatsion xizmati modeli va mexanizmi


Ijtimoiy pedagogning reabilitatsion xizmati modeli va mexanizmi


Reja:



  1. Bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatish majmuasining
    umumiy konsepsiyasi.


  2. Bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatish xizmati strukturasi
    va tuzilish tamoyillari.


  3. Ta’lim tizimidagi xududiy reabilitatsion xizmat.

  4. Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga
    oshirish mexanizmi.

Maxsus statistika va sotsiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab mamlakatlarda bolalar va o‘smirlar nochor axvolda yashamokdalar. Bu nochorlik ularning :


psixologik va fiziologik rivojlanishining susayishida;
hak —huquqlarining buzilishida;
ularga nisbatan kuch ishlatilishda;
alohida pedagogik faoliyat talab etiladigan hamda
ijtimoiy kelib chiqishi past oila farzandlarining maktablardan
siqib chikarilishida;
ishga joylashtirishda umumdavlat tizimining ish olib
bormasligida;
•defekti bor, akliy yoki jismonan zaif yoshlarni ish bilan
ta’minlash muammolarining nazardan chetda qolganligida namoyon
bo‘lmokda.
Bu masalalar balog‘atga yetmagan bolalar orasidagi jinoyatchilik sonining ortib borishiga sabab bo‘lmokda. Shuning uchun ham:
1 Bolalar va yoshlarning ijtimoiy hayotini sog‘lomlashtirishga.
2. Ularning ichki ma’naviy dunyosini sog‘lomlashtirishga doir chora-tadbirlar kerak bo‘ladi. Buning uchun:
bolalar va o‘smirlar rivojlanishining buzilish
sabablarini aniqlash, ularni hal etish usul va vositalarini
aniqlash
normal shaxsni rivojlantirishta qaratilgan tarbiya
jarayonini adekvat tahlil etish.
Voyaga yetmagan yoshlarning psixologik krizisini bartaraf etish faqatgina jamiyatni (iktisodiy, ma’naviy va siyosiy) sog‘lomlashtirish va umuminsoniy kadriyatlar asosida shaxsni rivojlantirishni ta’minlaydigan tarbiya tizimini yaratish asosida amalga oshiriladi. Bunda eng asosiy vazifalardan biri bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsa-gash tizimini tubdan islox qilishdir. Bu tizim bolalar va o‘smirlarning ma’naviy — axloqiy sog‘ligini, konstitutsion haq —huquqlarini himoya qilishga qaratiladi. Bulardan biri bolalar huquqini himoya qilish haqidagi Konvensiyadir. Bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatish xizmati strukturasi va tuzilish tamoyillari yordam ko‘rsatishning reabilitatsion xizmati bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik jihatdan qo‘lllab quvvatlashni ta’minlashga qaratilgandir. Bu xizmat ularning:

  • turmush sharoiti va tarbiyasini jadallashtirishga ko‘mak
    berish orqali;

  • shaxsiy mol-mulkka egalik huquqlarini himoya qilish
    orqali;

  • voyaga yetmagan yoki ekstremal (masalan haloqatga uchragan)
    xolatlarga tushgan, sharoiti og‘ir oila farzandlariga turli xil
    yordam berish orqali;

  • qaltis guruhdagi oilalar va voyaga yetmaganlarga yordam
    berish orqali;

  • kashandachilikka ruju qo‘ygan oilalarning, ekstremal
    holatlarning qurbon bo‘lgan yoki ota — onasiz qolgan voyaga yetmagan
    bolalarga turli xil yordam berish orqali amalga oshiriladi.

Ijtimoiy, huquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik yordam quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
qonunga muvofiklik;
insonparvarlik;
adolatparvarlik;
demokratiya;
tashkilotchilik va nazorat;
differensial va individual yondoshish;
o‘z vaktida yordam berish;
yordamning yetarli va kompleksli bo‘lishi;
ilmiy asoslanganlik va xizmat ko‘rsatishda xududni hisobga olish.

  1. xududiy tamoyildan kelib chiqqan xolda xizmat ko‘rsatish ma’lum davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. xizmat tajribalarini umumlashtirish, ilmiy metodik tavsiyalar berish, xizmat ko‘rsatish xodimlarining malakasini oshirish uchun shahar, viloyat, tuman va Respublika ilmiy metodik markazlarini tashqil etiladi. Ularning eng asosiysi tuman ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tashkilotidir. Bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatishning tuman xizmat bo‘limlari quyidagi strukturadan tashkil topgan:

  2. Psixologo — tibbiy, pedagogik yordam ko‘rsatish.

  1. Kasb tanlash buyicha maslaxat berish bo‘limi.
    3. Tashkiliy axborot bo‘limi.

  2. 4. Metodik ishlar bo‘limi.

  3. Oilaviy hayotning uyg‘unligini ta’minlash va jinsiy
    tarbiya bo‘limi.

  4. O‘qituvchi va tarbiyachilar bilan maslahat berish ishlarini
    olib borish bo‘limi

Ta’lim tizimidagi xududiy reabilitatsiya xizmati bir xududda bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati ma’lum kontingent asosida xududni inobatga olish tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ta’lim tizimining reabilitatsiya xizmati—bu har bir bolaning yaxshi rivojlanishini va ijtimoiylashuvini ta’minlovchi, ularni kompleks xolda reabilitatsiya qilishta qaratilgan elitar, adaptiv tashkilotlar (maktablar), profilli (kesim) tashkilotlarning umumiy xizmatidir. Reabilitatsiya qilish xizmatining asosiy maqsadi bolalarning rivojlanishidagi, hulk — atvoridagi, faoliyatidagi kamchiliklarni oldini olib profilaktika qilish va qayta tiklashdan iboratdir. Reabilitatsiya qilish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bolalar va o‘smirlarlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlarning (deformatsiyalanish) sabablarini aniqlash;

  • ularni bartaraf etishning vosita va usullarini topish;

  • ta’lim—tarbiya va yashash sharoitini jadallashtirish;

  • normal shaxsning shakllanishiga qaratilgan adekvat (bir xil) pedagogik jarayonni vujudga keltirish;

  • maxsus reabilitatsiya xizmatining maqsadi - bolalarga
    korreksion rivojlantiruvchi maxsus dasturlar asosida har
    tomonlama yordam berish va x.k.

Reabilitatsiya qilish tamoyillari:

  • •худуддаги иктисодий, ижтимоий, худудий o‘зига хосликларни
    knobatga olish;

  • • reabilitatsiyey tadbirlarning xilma — xilligi;

  • pedagogik, ijtimoiy psixologik va biologik metodlarning
    birligi;

  • bosqichlilik,

  • •individuallik, gumanistik yondoshish.
    Reabilitatsion xizmat ko‘rsatishning ahamiyati:

  • bolaning sog‘ligini, qiziqishi va huquqlarini
    himoyalashdan;

  • deviatsiya holatidagi rivojlanishni oldindan profilaktika
    qilishdan;

pedagogik jarayonni insonparvarlashtirishni tashkil
etishdan iboratdir.
Reabilitatsiya qilish obyektlari va subyektlari:
Ijtimoiy — pedagogik jihatdan qarovsiz qolgan bolalar
Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, deviant, dezadaptatsiyalangan
bolalar va yetimlar.
Psixosomatik va asabiy, ruhiy kasallangan bolalar.
Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi:
-xududdagi ijtimoiy madaniy vaziyatlarning o‘ziga xosligi reabilitatsion xizmatning ma’lum modelini yaratish imkonini beradi. Bu model bola va o‘smirlarning:
Umumorganizmini reabilitatsiya qilish (tibbiy)
Shaxs sifatida reabilitatsiya qilish (psixologik)
Ijtimoiy subyekt sifatida (ijtimoiy)
Faoliyat subyekti darajasiga ko‘tarishga haratilgan
reabilitatsion xizmati bo‘lyshi kerak. Bu quyidagi shayugdagi
ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Bolalar va o‘smirlarni kompleks reabilitatsiya qilish modeli
Tibbiy reabilitatsiya pedagogik reabilitatsiya subyekt ta’lim faoliyati subyekti
Tarbiyasi og‘ir bola
_
Ijtimoiy subyekt
Reabilitatsiya
Psixolog
xududiy reabilitatsion xizmati xodimlarining faoliyati samarali kechadi, agarda ular quyidagi mexanizm asosida faoliyat yuritsalar:
*reabilitatsion xizmat ko‘rsatishda muassasalararo umumhamkorlik
*reabilitatsion xizmat ko‘rsatishni ilmiy metodik ta’minlash
*reabilitatsion xizmatda kadrlar masalasi
*reabilitatsiya qilish obyektlarini tanlash va diagnostika
qilish
*reabilitatsiya subyektlarining kelishuvi asosida faoliyat yuritish.

Adabiyotlar:




1. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyetining poydevori. T.1997y.
2. Munavvarov A. Pedagogika. T. 1996 y.
3. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T. 2009.
4. Toxtaxodjayeva M. va boshqalar. Pedagogika .T.2008.
5. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika. T.2006.
Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə