Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə35/77
tarix25.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#161015
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Ijtimoiy psixologiya

Tayanch tushunchalar:
Ijtimoiylashuv — bizning jamiyatga qo‘shilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishimizdan iborat bodgan jarayon.
Ijtimoiy malakalarni o‘zlashtirish — jamiyatning insonga ta’sir etishi, ijtimoiy tajribani qabul qilish va o‘zlashtirish.
Adaptatsiya — shaxsning o‘z ichki xususiyatlarini o‘zi ya- shayotgan muhitni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi.
Identifikatsiya — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy me’yorla- rini o‘zida qayta tiklashi (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish).
Taqlid qilish — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini o‘zida qayta tiklash (o‘ziniki qilib o’zlashtirish).
Ishonish — individ tomonidan ongli va ongsiz holatda u bilan muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, dunyo- qarashlarini o‘zida qayta tiklash (o'ziniki qilib o‘zlashtirish).
Nazorat savollari:

  1. Ijtimoiylashuv tushunchasini izohlang.

  2. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi necha yo‘nalishda olib bori- ladi?

  3. Ijtimoiylashuv mexanizmlari deganda nimalarni tushu- nasiz?

  4. Bolaning jamiyatga muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvida oila institutining ahamiyatini izohlang.

  5. Ijtimoiylashuv jarayonining sohalari va bosqichlarini aytib bering.

Mustaqil ish mavzulari:

  1. Petrovskiy shaxs xarakteri va tarbiyasini rivojlantirish haqi- dagi konsepsiyasining mohiyati.

  2. Shaxs ijtimoiylashuvida televideniening roli.

  3. Shaxsning ijtimoiylashuvida mahallaning o‘ziga xosligi.

  4. Din — shaxs ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatuvchi omil si- fatida.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə