Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya) turlari. Reja


Chastotasi manipulyatsiyalangan signal spektri



Yüklə 14,24 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü14,24 Kb.
#141753
1   2   3   4   5   6
Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya) turlari. Reja-fayllar.org

Chastotasi manipulyatsiyalangan signal spektri xuddi shu usulda aniqlanadi va uning spektri ikki xil qiymatga ega bo‘lgan va chastotalarni davriy signal bilan amplitudasi bo‘yicha manipulyatsiyalash natijasida olingan spektrlar yig‘indisiga teng bo‘ladi (8.4-rasm).
8.4-rasm. ChMn signal spektri

Avval ko‘rib chiqilgan, modulyatsiyalangan signallarni shakllantirishda tashuvchi sifatida yuqori chastotali garmonik signallardan foydalanib, ushbu tashuvchi amplitudasi, fazasi va chastotasini nisbatan past chastotali modulyatsiyalovchi signal bilan modulyatsiyalagan (uzatilayotgan xabar signaliga mos ravishda o‘zgartirgan) edik. Raqamli aloqa tizimlarida (radiotelemetriya, radioboshqaruv va boshqalar) birlamchi axborot tashuvchi sifatida impulslar ketma-ketligidan ham foydalaniladi. Bu impulslar ketma-ketligi quyidagi asosiy parametrlarga ega: impuls amplitudasi, takrorlanish chastotasi, impuls davomiyligi. Ushbu parametrlarning birortasini uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgartirish natijasida impulslarni modulyatsiyalash amalga oshiriladi. Ushbu modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketligi bilan ikkilamchi – asosiy garmonik tebranish signali amplitudasi, chastotasi yoki fazasini modulyatsiyalash natijasida IAM-AM, IAM-ChM, IAM-FM, IChM-AM, IChM-FM, IKM-AM, IKM-ChM va h.k. yuqori chastotali signallar shakllantiriladi va radiokanallar orqali uzatiladi [2].


8.2. Impulsli modulyasiya turlari


Modulyatsiyalanadigan impulslar ketma-ketligi chastotasi V.A. Kotelnikovning uzluksiz signallarni diskretlash haiqdagi teoremasi asosida aniqlanadi, bunda impulslar takrorlanish chastotasi modulyatsiyalovchi analog signal maksimal chastotasi dan kamida ikki barobar katta bo‘lishi shart.
Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketliklari vaqt diagrammalari 7.5-rasmda keltirilgan [1].


  1. Impuls amplitudasi modulyatsiyasi (IAM), bunda impulslar ketma-ketligi amplitudalari uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaradi. Impulslar amplitudasi modulyatsiyalanganda impuls amplitudasi quyidagicha o‘zgaradi:

.
IAM signallar ikki xil bo‘lishi mumkin:


a) birinchi tur IAM-I, bunda impulslar oniy qiymatlari modulyatsiyalovchi xabarga mos ravishda o‘zgaradi;
b) ikkinchi tur IAM-II, bunda impulslar amplitudasi uning davomiyligi da o‘zgarmas bo‘lib, modulyatsiyalovchi signalning takt nuqtasidagi qiymatiga mos keladi (8.5v-rasm).




  1. Yüklə 14,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə