Ilk o’rta asrlar o’zbek davlatchiligi. Yer egaligi munosabatlarining shakllanishi


Eftaliylar davlatida ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy hayot



Yüklə 35,11 Kb.
səhifə4/7
tarix03.06.2023
ölçüsü35,11 Kb.
#115339
1   2   3   4   5   6   7
ILK O\'rta asrlar davlatlari

Eftaliylar davlatida ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy hayot. Eftaliylar davrida davlatning boshida podsho turgan. Ammo taxt otadan bolaga meros bo’lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Eftaliylarda aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lgan, ayrim qismigina ko’chmanchilik asosida yashagan, o’tovlarda istiqomat qilishgan. Jamiyatda «sara kishilar» - zodagonlarning mavqei kuchayib borgan va ular ko’proq shaharlarga kelib yashay boshlaganlar. Eftaliylar davrida aholi sonining o’sishi natijasida obikor yerlarga bo’lgan talab ortib bordi. Natijada V-VI asrlarda hozirgi Toshkent va Janubiy Qozog’iston yerlarini sug’orish uchun Bo’zsuv va Zog’ariq kanallari, Samarqand viloyati yerlarini sug’oruvchi Darg’om kanallari qazildi.
Eftaliylar davlatidagi asosiy shaharlar So’g’diyona shaharlaridan iborat bo’lib, ular orasida Kushoniya (Kattaqo’ron yaqinida), Rivdad, Poykend (Poykand), Tallikon, Termiz, Gurgon, Varaxsha kabi shaharlar eftaliylar hukmronligi yillarida alohida ahamiyatga ega bo’lgan shaharlar hisoblangan va iqtisodiy jixatdan ancha taraqqiy etgan. V asrdan boshlab Samarqand ham taraqqiy eta boshladi. Eftaliylar davlatining siyosiy markazi-poytaxti qaerda bo’lganligi to’g’risida qat’iy aniq ma’lumot yo’q. Taxminiy fikrlarga ko’ra bunday markaz Poykand yoki Balx shahri bo’lgan deyiladi.
Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan elchilik, savdo-sotiq munosabatlarini olib borishgan. Bu savdo jarayonida sosoniy tangalar bilan bir qatorda mahalliy tangalar ham qo’llanilgan: buxorxudotlar tangasi, sug’diy tangalar, xorazm tangalari va hokazo.
Tarixiy yozma manbalarda eftaliylarning kundalik turmush va madaniyati haqida deyarli hech qanday ma’lumotlar saqlanmagan. Askarlari qo’lida harbiy qurol-yaroqlardan gurzi, o’q-yoy va asosiysi qilich muhim o’rin tutgan. Xitoy manbalarida ko’rsatilishicha, eftaliylar cho’qmorlar bilan jang qilganlar (forslar kamonlar, arablar nayzalar bilan), ular nihoyatda bahodir, jangovar va mard xalq bo’lishgan. Eftaliylarning tili haqida aniq bir xulosaga ega emasmiz. Eftaliy podsholigida sug’d tilining keng qo’llanilganligi to’g’risida manbalar yetarli darajada ma’lumot beradi. Sug’d yozuvidan tashqari, undan biroz farq qiluvchi buxorocha yozuv, xorazmiy va eftallar yozuvi keng tarqalgan. Eftallar yozuvi o’zining shakli bilan qisman boshqalardan farq qilgan va so’zlar chapdan o’ngga qarab o’qilgan. Alifbosida 25 ta xarf bo’lgan. Bu davr xalq qo’shiqlari va eposlari Firdavsiy «Shohnoma»sida tasvirlangan.
Ushbu davlatda har xil diniy g’oyalarga e’tiqod qilish davom etgan. Aholi zardushtiylik, qadimiy e’tiqodlardan Siyovush, Anahita, Mitra, buddaparastlik (asosan Shimoliy Hindistonda) kabi dinlarga sig’ingan. Shuningdek, moniylik va mazdakiylik ta’limotlari ham mavjud bo’lgan.
Eftaliylarda moddiy-madaniyat taraqqiy etgan. Binokorlik, naqqoshlik, tasviriy san’at rivojlangan. Eftaliylar davri tarixiga oid ba’zi bir moddiy madaniyat yodgorliklari saqlanib qolgan. Bular eftaliy shohlari yozgi qarorgohi-Varaxsha yodgorligi (V asr), Xorazm viloyati hududidagi Firqal’a (Qiyot-Beruniy yaqinida), Buxoro viloyatida Poykend, Termiz yaqinidagi Bolaliktepadan topilgan saroy va boshqalardir.
Shunday qilib, V asr o’rtalarida tashkil topgan eftaliylar davlati VI asrning o’rtalariga kelib, markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va kichik-kichik mayda hukmdorlarning raqobatlari natijasida asta-sekin yemirila boshladi.
Ta’kidlash joizki, milodiy V asr oxiri - VI asr o’rtalarida Eftaliy­lar davlati Hindistonda ham mavjud bo’lgan. Bu davlat eftaliylarning Hindistonga bostirib kirishi natijasida vujudga kelgan. U Shimoliy Hindiston, Pokiston va janubiy-Sharqiy Afg’oniston hududidan iborat bo’lgan. Mazkur davlat To’ramon va uning vorisi Mixirakula davrida kuch-qudratga to’lib, ravnaq topgan. VI asr o’rtalariga kelib tanazzulga yuz tutgan.

Yüklə 35,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə