Ilk o’rta asrlar o’zbek davlatchiligi. Yer egaligi munosabatlarining shakllanishi



Yüklə 35,11 Kb.
səhifə1/7
tarix03.06.2023
ölçüsü35,11 Kb.
#115339
  1   2   3   4   5   6   7
ILK O\'rta asrlar davlatlari


ILK O’RTA ASRLAR O’ZBEK DAVLATCHILIGI.
Yer egaligi munosabatlarining shakllanishi. Qadimgi Turon diyorida zamonasining buyuk davlatlaridan Qang’ (Kanguy) davlati va Kushon podsholigi ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi. Bu o’zgarishlar albatta mamlakat aholisi ning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim o’zgarishlarga olib keldi. Shaharlarning soni ko’paydi va maydonlari kengaydi, hunarmand chilik, savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylandi. Vohalarda yirik sug’orish tarmoqlari qazilib, sug’orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni, chig’ir va charxpalaklar (charxparraklar) kabi suv inshootlari kashf etildi. Oqar suv sathidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib obod etildi. Ziroatchilikda g’allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog’dorchilik maydonlari kengaydi. Ekin maydonlarini sug’orish va ishlov berishdagi asriy tajribalari tufayli aholi dehqonchilikdan mo’l hosil oladigan bo’ldi.
Shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoj ortib bordi. Natijada mamlakatning iqtisodiy hayotida xomashyo yetkazuvchi qishloqlarning nufuzi ko’tarildi. Bir tomondan yerga, ziroatkor maydonlarga bo’lgan munosabat, ularga egalik qilish shakli asta-sekin o’zgara boshladi. Ikkinchi tomondan esa, o’troq ziroatkor aholi bilan Chorvador qabilalar o’rtasidagi aloqalar rivojlandi. Mamlakatning dasht va tog’ oldi mintaqalarida yashovchi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholining o’troq hayotga o’tishi kuchaydi. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo’lgan muhtojhk tobora oshib bordi. Natijada qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarib katta-katta yer maydonlarini ochish ishlari jadallashdi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda el-yurtning ijtimoiy hayotida kattagina nufuzga ega bo’lgan mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari hamda urug’ va qabila boshliqlari sarkor-ishboshi sifatida faol qatnashadilar. Qo’riqlarda ochilgan yangi yer maydonlarining ma'lum bir ulushi ularning qo’liga o’tadi va vorisiy mulkiga aylanadi. Shu tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi.
Sarkorlar o’zlariga tegishli yer maydonlarini sug’orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa to’g’on boshi atrofidan ajratib oladilar. Bu yo’l bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o’z ta'sirini o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu tariqa ular qishloqlarda o’z ta'sir doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. o’sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do’konu rastalaridan iborat kattagina xo’jalikka ham ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko’shk va istehkomli qo’rg’onlari, objuvozu moyjuvoz va tegirmonlari bo’lardi. Qul, cho’rilardan iborat ko’pdan ko’p. xizmatkorlar dehqonlarning xo’jaligida qishin-yozin mehnat qilganlar. Bulardan tashqari, har bir katta yer egasining 30-40, 50-100 va ba'zan undan ortiq chokarlari bo’lgan. Chokarlar baquvvat va abjir hamda o’z xojasiga sadoqatli o’spirinlardan tanlab olingan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, o’sha davr udumi bo’yicha, xojasi vafot etgan chokarlar hatto u bilan birga tiriklayin ko’mihshi lozim bo’lgan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqonlar yovgarchihk paytlarda dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashardi. Osoyishtalik zamonda esa chokarlarga suyanib, qishloqning ziroatkor ahli ustidan hukmlarini o’tkazardi.
Avvalda o’z qaramog’idagi xizmatkorlari mehnatidan foydalanib kelgan dehqonlar keyinchalik turli yo’llar bilan qishloq jamoalari ustidan hukmronlik qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan bo’ladilar. Shunday qilib, mamlakatda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer egalari bo’lmish dehqonlar bilan bir qatorda kadivarlar tabaqasi ham paydo bo’ladi. Dehqon (qishloq hokimi )-ilk o’rta asrlarda mulkdor tabaqa. Kadivar-qishloqning dehqonlarga qaram bo’lib qolgan ahli. Kashovarz-ziroatchi oddiy qo’shchilar. Chokar - dehqonning hayotini va mol-mulkini qo’riqlovchi, harbiy posbon. Mamlakatda yer-suv mulkchiligining xususiyligi ortib borishi bilan kadivarlarning soni ko’payib, dehqonchilik xo’jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarining biriga aylangan. V asrning o’rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma’lum bir qismi mulkdor dehqonlar qoi ostidagi mulklardan iborat bo’lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jambalarining qaramog’ida edi. Shunday qilib, yer egaligi munosabatlarining tarkib topishi bilan mamlakatning ijtimoiy hayotida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Patrlarxal qishloq jamoalari ijtimoiy jihatdan tabaqalanib, u yerli mulkdor dehqon va unga qaram bo’lgan yersiz va erksiz kadivarlarga ajralib bordi. Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo’lgan erkin ziroatchilar tabaqasi kashovarzlar deb atalardi. Ularning ma’lum bir qismi jamoa yerlaridan mahrum bo’lib, bora-bora kadivarlarga aylanib borganlar. Ayrim dehqonchilik vohalarining katta yerlarga ega bo’lgan dehqonlari o’z viloyatlarida hatto mustaqil hokim bo’lib oladilar.

Yüklə 35,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə