Ilk o’spirinlik yoshining psixologik xususiyatlari



Yüklə 46,5 Kb.
tarix05.04.2023
ölçüsü46,5 Kb.
#104365
1363007592 42003


www.arxiv.uz

Reja:




  1. Ilk o`spirinlik yoshda jismoniy taraqqiyot.

  2. O`spirin shaxsining rivojlanish xususiyatlari.

  3. O`spirinning xususiyatlari va kasb tanlashning psixologik xususiyatlari.

  4. O`spirinlarning psixologik munosabatlari.

“Men” – koncepciya – individning o`z shaxsi haqidagi nisbatan turg`un, anglangan, boshqalar bilan munosabatlarni tashkil etishga asos bo`ladigan tasavvurlari. U o`spirinlik davrida turli,rang-barang ko`rinishli va intensiv shakllanish davrini boshdan kechiradi.
Do`stlik – o`spirinlik yoshida intensiv rivojlanuvchi mustahkam, individual tanlov asosidagi shaxslararo munosabatlardir. O`spirinlarda bu hissiyot o`zaro “yozib qo`yilmagan” kodekslarga asoslanadi. Do`stlikning barqarorligi esa qadriyatlar oriyontaciyasining bilimi bilan belgilanadi.
Qiziqishlar xaritasi – E.A.Klimov tomonidan ishni aniqlashga qaratilgan psixologik metodika.
Jismoniy taraqqiyot. Ilk o`spirinlik yoshi davrida 14-15 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan o`quvchilar mansubdir. Ularda bo`yning o`sishi o`smirlik davriga qaraganda sekinlashadi. Qizlarda 16-17 yoshda, o`g`il bolalarda 17-18 yoshda bo`yning o`sishi to`xtaydi. O`spirnilarda muskul kuchining o`sishi katta odamnikiga yaqinlashadi. Sportning ko`pgina turlarida o`spirinik davri yuksak natijalarga erishish davridir.
Ijtimoiy holati. O`spirin 16 yoshda pasport oladi. 18 yoshdan saylash, saylanish, oila qurish huquqiga ega bo`ladi. O`spirinlik davrining yana bir muhim vazifasi – kasb tanlashdir. Bu yoshdagilar maktab o`quvchisi bo`lishdan tashqari kollejda o`qishi, ishlashlari mumkin. Ularning ba`zilari bir vaqtning o`zida ham o`qib, ham ishlaydilar.
P s i x o l o g i k x u s u s u s i ya t l a r
Ilk o`spirnilik eng muhim psixologik xusuisyati – o`z ichki dunyosini kashf etadilar. Ular o`zlarining kuchli va zaif tomonlarini anglaydilar, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini qiyosiy baholay oladilar. Ularning yana bir xususiyati murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch vijdon hissi, o`z qadr-qimmatini sezish kabi xislatlardir. Umuman, o`z-o`zini anglash - quvonchli, hayajonli hodisadir. Ayni vaqtda bu his dramatik xavotirli kechinmalarga ham sabab bo`lishi mumkin. O`spirin kechinmalarida asosiy o`rinni kelajak haqidagi o`ylar egallaydi.
O`spirnilar uchun yana bir muhim kechinma o`zining tashqi ko`rinishi haqidagi o`ylardir. Juda ko`pchilik o`spirinlar o`z tashqi ko`rinishini o`zgartirishni xohlagan bo`ladilar. Tashqi ko`rinishlaridagi ozgina kamchilik ular uchun “fojia” darajasiga ko`tariladi.
Umuman, refleksiyaning o`sishi, o`z “men”iga qiziqishning ortishi barcha o`spirinlarga xos xususiyat. Lekin bu kechinmalar shaxs rivojlanishining qiyinchiliklari bo`lib, o`tkinchi xarakterga ega, umuman olganda o`spirinlik juda baxtli davr sifatida esda qoladi. O`spirinlarda refleksiyaning kechishi ko`pgina ijtimoiy, individual-tipologik,biografik omillarga bog`liqdir.
O`spirinlar aql-idrokining xususiyatlari. Bu yoshda o`quvchilarda bilish jarayonlari kichik yoshdagilar kabi intensiv o`smasa-da, lekin mustahkamlanib, stabillashib boradi. O`spirinlarda barcha faoliyat turlarida mustaqil fikr yurita olmaslik ularning jiddiy kamchiligidir. Fan o`qituvchilari har bir predmetdan o`spirinlarni original fikr yuritishga o`rgatishlari zarur. Tafakkur bilan birga o`quvchining nutq faoliyati ham o`sadi.
O`spirinlik qobiliyati va layoqatlari o`qish faoliyati davomida namoyon bo`la boshlaydi. O`spirinlarda maxsus qobiliyatlar ko`zga tashlanadi.
Kasb tanlash muammosi. Albatta, kasb tanlash muammosi o`spirin hal qilishi kerak bo`lgan eng muhim muammolardan biridir. Maktabni bitirguncha hamma o`quvchilar ham bo`lajak kasbni aniq tanlaydi deb bo`lmaydi. O`spirinlarning ba`zilari kasblari haqida aniq tasavvurga ega bo`ladilar, rejalarini oldindan tuzadilar. Ba`zilari esa kasblarni ota-ona yoki boshqa kattalarning ta`risida tanlaydilar. Ba`zi o`spirinlar esa bo`lajak kasblarini tasodifiy sabablarga ko`ra tanlaydilar. (o`quv yurti uyiga yaqin bo`lgani uchun, o`rtog`i shu o`qishga kirgani uchun va h.k.) Bu esa keyinchalik tanlagan kasbidan ko`ngli sovishi, o`z kasbidan norozi bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin.
O`spirinlarning o`zaro munosabatlari. O`spirinlar do`stlik tuyg`usini insoniy munosabatlarning eng muhimi deb hisoblaydilar. Ular do`stlikka juda katta talablar qo`yadilar. O`spirinlar do`stlikning eng muhim funkciyalaridan biri uning o`ziga xos “psixoteropiya” rolini o`ynashidir. O`spirin o`z “men”ining hurmat qilinishi, qo`llab-quvvatlanishini do`stidan kutadi. O`spirinlar odatda o`z jinsidan, tengdoshlaridan do`st tanlaydi. Qizlarning va yigitlarning do`stligi orasidagi tafovutlar hali to`liq o`rganilmagan. Bu yoshda yigit va qizlar o`rtasida ilk romantik munosabatlar paydo bo`ladi. Shunisi qiziqarliki, bu munosabatlar “epidemiya” xarakteriga ega. Ba`zi guruhlarda hamma shu “kasallik” bilan og`risa, ba`zilarida umuman bunday munosabatlar bo`lmaydi.

ADABIYOTLAR:



  1. Karimov. «O`zbekiston buyuk kelajak sari». Toshkent. «O`zbekiston». 1998.

  2. I.A.Karimov. «Barkamol avlod orzusi». Toshkent. 1999.

  3. E.G`oziev. «Psixologiya». Toshkent. «O`qituvchi». 1994.

  4. E.G`oziev. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent. 1997.

  5. Kon I.S. Psixologiya yunosheskogo vozrasta. M.: 1979

  6. Mudrik A.V. O vospitanii starsheklassnikov. M.: 1981

  7. Klimov E.A. Put` v professiyu. Leningrad: 1980

  8. Zaxarova A.V. Psixologiya obucheniya starsheklassnikov. Riga: 1980

  9. www.ziyonet.uz

Yüklə 46,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə