Ilk qadam davlat oʻquv dasturi boʻyicha bolalarni maktabga tayyorlash. Reja



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə1/2
tarix20.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#128768
  1   2
Ilk qadam davlat oʻquv dasturi boʻyicha bolalarni maktabga tayyorlash


Ilk qadam davlat oʻquv dasturi boʻyicha bolalarni maktabga tayyorlash.

Reja:

  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati

  2. Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi

  3. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari


Tayanch so’zlar: Maktabgacha talim, konsepsiya, Ilk qadam dasturi, bola, malaka
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
R espublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
umladan,
1. “Ilk qadam”
asturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab
lindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
M arkazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
 davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;  maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;  maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;  maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib, I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1. Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab berilgan.
 bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;  maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
 bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;  bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. II-bob:- MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni: -MTM ta’lim jarayonining maqsadlari -MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari -Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish -Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati -Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillariaks ettirilgan bo‘lib:
-O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:  bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
 ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;  bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;  bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;  o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;  bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;  bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;  MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;  milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
 ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
 ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;  ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;  ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga oladi.
 «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari  «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari  «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari  «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari  «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
VI- O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bunda:- MTMlarda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. V-bob Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari MTM pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to‘ldiriladi2(3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to‘ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
6- Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktabgacha ta’limmuassasasidaquyidagi mazmunda: -ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi, -madaniy-tarixiy qadriyatlar: -milliy va mintaqaviy an’analar; -tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi yoritiladi;
Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta'minlashda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta'lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi.
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi turlariga o‘tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda; ta'limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda.
Maktabgacha ta'limning mazkur Konsepsiyasi uning 2017 yilgacha bo‘lgan vazifalari, strategiyasi, maqsad va tamoyillarini aniqlab beradi.
Konsepsiyaning xuquqiy asosini quyidagi me'yoriy-xuquqiy hujjatlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta'lim sohasidagi boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarini tatbiq etishda jamoat va homiy tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
Maktabgacha ta'lim-bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta'minlovchi, uni uzluksiz ta'limning keyingi bosqichi - maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir.
Maktabgacha ta'lim o‘zining shakl va usullaridan qat'iy nazar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- bolalarning jismoniy va psixik sog‘ligini mustahkamlash;
- bolalarni milliy, umuminsoniy, qadimiy va madaniy qadriyatlarga jalb etish;
- bolaning aqliy, intellektual salohiyatini rivojlantirish;
- milliy an'analar va udumlar asosida yuksak ahloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirish;
- bolalarni tizimli va maqsadli ravishda maktabda ta'lim olishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iqtidorini rivojlantirish.
Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta'lim tizimi bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlantirilishini ta'minlashi lozim.
Maktabgacha yoshning xususiyati shundan iboratki, ushbu davrda aynan umumiy rivojlanish ta'minlanadi, natijada kelajakda har qanday ijtimoiy bilim, malaka, ko‘nikma va faoliyatning turli ko‘rinishlarini egallash uchun poydevor yaratiladi.
Ta'lim jarayoni bola shaxsiga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiyaning usul va uslublari tizimidan tashkil topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib amalga oshirilishi lozim.
Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari-ta'limga tarbiyachi va bolaning o‘zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabat; majburlamasdan o‘qitish; qiyin maqsad g‘oyasi (bolaning oldiga murakkab maqsad qo‘yiladi va uni yengib o‘tishiga ishonch hissi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o‘z-o‘zini tahlil qilish (bolalar faoliyati natijalarini yakka tartibda va jamoa bo‘lib muhokama qilish); erkin tanlov (tarbiyachi tomonidan ixtiyoriy ravishda bolalarning o‘quv dasturini yaxshiroq o‘zlashtirishlarini maqsad sifatida belgilab o‘qitish vaqtini tanlashi); guruhning intellektual foni (o‘qitishning mazkur bosqichida ahamiyatli hayotiy maqsadlarni qo‘yish va tarbiyalanuvchilar tomonidan dasturga nisbatan kengroq bilimlar egallash); shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi.
Ta'limning natijalari bolada hozirjavoblik, mehribonlik, muloqotchanlik, rostgo‘ylik, haqiqatparvarlik, maqsad sari intilish, tashabbuskorlik, dadillik, tashkilotchilik, mehnatsevarlik, javobgarlikni his qilish, ziyraklik, vazminlik, mardlik, mustaqillik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, topqirlik kabi shaxsiy fazilatlarning o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Ta'lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga takomillashuvi hamda har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi) ta'minlanadi; zamonaviy bilimlar darajasiga mos keluvchi dunyo tasviri shakllanadi; dunyo darajasiga mos keluvchi shaxsning milliy va dunyoviy madaniyatga integratsiyasini zamin tayyorlovchi jamiyatning umumiy va professional madaniyati vujudga keladi; jamiyatning milliy kadrlar salohiyati ishlab chiqiladi va rivojlantiriladi.
2 Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim
Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim modeli ustuvor sanaladi. Shaxsga ongli yondashishning maqsadi-shaxsni rivojlantirish, uni berilgan standart va bosim ostida “o‘zgartirish emas”, balki “uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish”dir. Shaxsiy yondashuv ta'lim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy majburiyatlarini rivojlantirish va to‘liq namoyon qilish uchun sharoit yaratishni ko‘zlaydi. Shaxsiy majburiyatlar - bu shaxs tomonidan “shaxs bo‘lish” ijtimoiy buyurtmasini tatbiq etuvchi ma'lum fazilatlarning namoyon etilishidir.
Pedagog tomonidan qadriyatlar orasida yo‘nalishini aniqlash uning kasbiy faoliyatini belgilaydi. Shaxsga yondashuv pedagog va bolaga o‘zini shaxs sifatida his qilishiga, ularning imkoniyatlarini aniqlash va namoyon etishga, o‘zini anglab yetishga, jamiyat tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonish va o‘zini kashf qilish usullariga imkon yaratadi.
Maktabgacha yoshda bola buyumlarning alohida yuzaki xususiyatlarini qabul qilishning yuqori cho‘qqilarini egallaydi, ko‘rgazmali shakldagi amaliy va aqliy vazifalarning yechimini topadi. Lekin bola hali buyumlarning ko‘rinishiga ahamiyatsiz bo‘ladi. Bu tabiiy hol chunki buyumlar uning uchun mavjuddir va ular bolani faqat amaliy va aqliy faoliyat ob'ekti sifatida qiziqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bola buyumlarning mohiyatini emas, balki ularning tashqi ko‘rinishi va ishlatilishiga qarab ish tutadi. Buyumlarning bizlarga qanday ko‘rinishi bilan mohiyati o‘rtasida katta farq bor. Buyumlarning mohiyati yuzaki emas, u shaxsiy tajriba orqasida yuzaga kelmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinmaydi. U ijtimoiy tashkillashtirilgan o‘quv – dunyoni ilmiy anglash orqali kashf etiladi.
Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish – bola va pedagogning hamkorlikdagi tubdan o‘zgartirilgan (ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbiyalashga yo‘naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunni hayotiy bo‘shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo‘lgan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi.
Tubdan o‘qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:
Ijtimoiy pedagogik yondashuv. Uning mazmuni shundan iboratki, bola tomonidan insoniyat tajribasining o‘zlashtirilishini ta'minlovchi rivojlanishni amalga oshirish. Bunday yondashuv ta'lim berish jarayonini yakuniy natijaga-bola shaxsining ijtimoiylashuviga erishishga yo‘naltirilgan. Uning mohiyati bola tomonidan jamiyatning ahloqiy, ma'naviy o‘zgarishlarni tubdan isloh qilishdir. Bunday yondashuvda ta'lim tarbiya beruvchi vazifani bajaradi.
Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o‘qitish jarayoni mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi). O‘qitish insonning individual rivojlanishini tezlashtiradi, qaysiki ijtimoiy qonunchilikka bo‘ysunadi. Shu bilan birga u insonning o‘rnatilgan tartibda individual rivojlanishi bilan birga, inson ongining umumiy tarixiy rivojlanishiga ham bog‘liqdir. O‘qish umumiy va individual anglash shakllarini yaqinlashtiradi, individual faoliyatni umumiy anglash tizimiga yaqinlashtiradi, bolaning shaxsiy tajribalari va o‘qish va o‘qitish davrida yuzaga kelgan tushunchalar orasidagi tafovutlarni chaqiradi.
Gnoseologik o‘qitishning mohiyati ta'lim vazifalarini tabiq etishda o‘qitilayotgan ob'ektning individuallashtirish jarayonini amalga oshirishdan iborat.
Psixologik yondashuv. Bu yondashuv uchun insonning rivojlanishi va bilimlarni o‘zlashtirishini psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib chiqishdan iborat.
Aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasini inobatga olgan holda (P.Ya.Galperin, N.F.Talo‘zin), o‘qitish birinchi materiallashgan bosqichdan ikkinchisi, ya'ni tayanch tashqi nutq faoliyatida saqlangan bosqichga o‘tadi. Undan so‘ng aqliy faoliyat to‘liq ichki faoliyatda amalga oshiriladigan uchinchi, yuqori bosqichga o‘tadi. Bunday yondashuvda o‘qitishning mohiyati aqliy faoliyat shakllanishining bosqichlariga mos ravishda solishtiriladi. Bunday yondashuvda o‘qitish o‘qitiluvchining shaxsiga yo‘naltiriladi va rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi.
A kmeologik (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o‘qish degan ma'noni bildiradi) yondashuv o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning asl mohiyati shundan iboratki, o‘qitish shaxsning hayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud hayoti mazmuniga bir tekisda kirib boradi. O‘qitish nafaqat o‘qitiluvchi va va pedagogning fikr va munosabatlarini uyg‘unlashtirib, mazmun maydonini o‘zgartiradi, balki, o‘zaro munosabatlarning yaxlit sub'ektining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunda o‘qitishning o‘zaro tarbiya, o‘zaro ta'lim, o‘zaro hamkorlik, o‘zaro ijodiylikka aylanishiga omil bo‘ladi.
Ta'lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tadbiq etishda quyidagi ta'lim maqsadlari mavjud: tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy.
Ta'limning tarbiyaviy maqsadi – bola extiyojlarini tarbiyalash, pedagogik nuqtai-nazarni tadbiq etish (kattalar tomonidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatda bola tomonidan o‘zining shaxsiy kechinmalari orqali “ahloqiy bosqichlar”ni bosib o‘tish yo‘li).
Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat shakllanadi.
Ta'limiy maqsad shundan iboratki, bola ta'lim jarayonida o‘zining aqliy ehtiyojlarini qondirib, uni o‘rab turgan haqiqatni anglab boradi.
Ta'limning tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadlari o‘qitishning munosib vosita, usul va uslublarini tanlash sharti bilan tadbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillarni belgilovchi asosiy faktor bo‘lib xizmat qiladi..
3 Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari
Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari quyidagilar:
1.Jismoniy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihati rivojlanishining fiziologik darajasi);
2.Psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining xissiy, mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);
3.Ijtimoiy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jixatdan ijtimoiy rivojlanish darajasi).
Pedagogning maktabgacha ta'limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini belgilashda 3ta sohani inobatga olish lozim: shaxs, faoliyat bo‘yicha va refleksiv.
Shaxs sifatida tayyorgarlik – bu pedagogik tafakkur (gnostik, ya'ni aqliy qobiliyatlar - ilmiy ma'lumotlarni farqlash malakalari, amaliy faoliyatda ilmiy bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash, pedagogik vazifalarni malakali xal etish); pedagogik maqsadni belgilash (tashkilotchilik qobiliyatlari - o‘qitish va takrorlash uchun optimal sharoit yaratish malakalari, mashg‘ulotning kerakli shakllarini tanlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘quv jarayonini kerakli inventar jixozlari bilan ta'minlash; o‘z mehnatini tashkil etish, har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish (ertaliklar, adabiy kechalar va boshqalar); pedagogik yo‘naltirilganlik (kommunikativ qobiliyatlar: ma'lum bir ta'lim olayotganlar kategoriyasi uchun hammabop shaklda ma'lumotni taqdim etish qobiliyati, vaziyatga qarab ma'lumotni berish usul va uslublarini to‘g‘rilash, birovni ishontira olish qobiliyati, “pedagog-pedagog”, “pedagog-ota-ona”, “pedagog-menedjer”, “pedagog-bola” darajalarida kasbiy muloqotni savodli tuzish; bolalar jamoasida ijobiy psixologik mikroklimatni yaratish va boshqalar).
Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellektual mehnat bo‘yicha loyihaviy qobiliyatlar: oddiy standartlar va qaror uslublarini olib tashlab, yangi, ajoyiblarini izlash; ushbu va o‘z o‘zidan ma'lum narsadan yuqorilarini ko‘ra bilish; odatdagi muammolarni asosiy bog‘liqliklarini qamrab olish; qaror qabul qilishning bir nechta turli yo‘llarini aniq ko‘ra bilish va hayolan eng samaraligini tanlash; barcha masalalar xal etilib bo‘lingan joyda muammoni sezish va mavjudligi; g‘oyaviy hosildorlik; bolaning individual rivojlanish o‘quv jarayonini, innovatsion o‘quv rejasini, dasturni, o‘z faoliyatini loyihalashtirish va boshqalar).
Refleksiv tayyorgarlik: pedagogik refleksiya (refleksiv qobiliyatlar sezgirlikning 3 turini o‘z ichiga oladi: ob'ektni his etish: real haqiqat bolalarda qanday aks-sado berayotganiga, bunda qay darajada bolalarning qiziqish va ehtiyojlari namoyon bo‘lishiga, “ularni pedagogik tizimning talablariga mos kelishiga” pedagogning alohida sezgirligi; me'yorni his etish va takt turli pedagogik ta'sir ko‘rsatish vositalari ta'sirida bola shaxsida va faoliyatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘lchoviga alohida sezgirlikda namoyon bo‘ladi, umuman qanday o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, ular ijobiymi yoki salbiymi, qaysi belgilarga ko‘ra ular haqida so‘zlash mumkin; dahldorlik hissi pedagogning shaxsiy faoliyati kamchiliklariga, tanqidiyligi va o‘quv jarayoniga javobgarlik sezgirligi bilan ta'riflanadi).
Yuqoridagilar shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tadbiq etishda bola va pedagog shaxsining alohida rivojlanishi emas, balki ta'lim jarayoni yaxlit sub'ektining rivojlanishi amalga oshirilishi lozimligidan dalolat beradi. Mazmun-ma'nolar tizimi yaxlit sub'ektning rivojlanish ko‘rsatkichlari sifatida namoyon bo‘ladi: bola ongida shaxsiy mazmun-mohiyatlar tizimi, pedagogning shaxsiy, hayotiy mazmun-mohiyati va ma'noviy tarkibi.


Test:
1.”Ilk qadam” davlat o’quv dasturida keltirilgan “Kompetensiya” tushunchasini izohlang.
А.Bolaning bilim, ko’nikma ,malaka va qadriyatlari majmui.
B. Ko‘nikma
C. Malaka
2.Maktabgacha yoshdagi 6-7 yoshli bolaning umumiy kompetensiyalarini sanang.
A. Ijtimoiy; o’yin;
B.kommunikativ;bilish kompetensiyalari
C. A va B


3.Maktabgacha yoshdagi bola kompetensiyalarini asosiy nechta katta guruhga bolib organamiz?
A. Umumiy va rivojlanish sohasi kompetensiyalari
B. Umumiy rivojlanish
C.Jismoniy rivojlanish va soglom turmush tarzining shakllanishi
4.Maktabgacha yoshdagi 6-7 yoshli bolaning rivojlanish sohasi kompetensiylarini sanang.
A. Jismoniy rivojlanish va soglom turmush tarzining shakllanishi;
B. ijtimoiy hissiy rivojlanish; nutq,muloqot,oqish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish kompetensiyalari
C. Hammasi
5.MTT da talim jarayonini tashkil qilish tamoyillari qaysi javobda korsatilgan?
A.Bola huquqlarini,oziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olish; bola salomatligini asrash va mustahkamlash,uning ehtiyojlarini qondirish
6.6-7 yoshli bolaning sanat va madaniyatga qiziqishni namoyon qilish qobiliyati kompetensiyaning qaysi turiga kiritiladi?
A.Ijodiy rivojlanish sohasi
B. Ijtimoiy; o’yin;
C.kommunikativ;bilish kompetensiyalari


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə