Ilk yetuklik davri psixologiyasi



Yüklə 19,54 Kb.
səhifə3/3
tarix16.05.2023
ölçüsü19,54 Kb.
#110620
1   2   3
Mustaqil ish 3

A.N. Leontevning asarlarida ochib berilgan.
Faoliyatning etakchi turi – ma’lum Yosh davrida bolaning psixikasida, uning psixik jarayonlari va psixik xususiyatlarida muhim o‘zgarishlarni vujudga keltiruvchi faoliyat turidir. Har bir Yosh davrida faoliyatning bir turi uchun ehtiyoj seziladi. Masalan: go‘daklik davridagi etakchi faoliyat turi – bevosita emotsional muloqat bo‘lib, uning asosida orientirovka va sensomotor-manipulyativ harakatlar, ya’ni ko‘rish, eshitish, muskul-harakat sezgilari, idrok bilan boshqariladigan harakatlar shakllanadi.
Bu Yosh davridagi eng muhim yangilik – boshqa kishilar bilan bo‘ladigan muloqotga ehtiyoj va ularga muayyan emotsional munosabatning shakllanishidir.
Ilk bolalik davrida faoliyatning etakchi turi – predmetli harakatlar. U orqali bola kattalar bilan hamkorlikda predmetlar bilan bajariladigan harakatlarni o‘zlashtiradi. Bu davrdagi yangilik – nutqning rivojlanishi va ko‘rgazmali harakatli tafakkurining taraqqiyotidir.
Maktabgacha bo‘lgan Yosh davrida rolli o‘yinlar faoliyatning etakchi turi bo‘lib qoladi.
Kichik maktab Yoshida faoliyatning etakchi turi – o‘qish faoliyati hisoblanadi. O‘qish faoliyatida xotira shakllanadi, predmetlar va tashqi dunyo haqidagi bilimlar o‘zlashtiriladi.
O‘smirlik davrida – muloqot etakchilik vazifasini bajaradi.
Ilk o‘spirinlik davrida etakchi faoliyat turi – o‘quv kasbiy faoliyati bo‘lib, bu faoliyat jarayonida dunyoqarash, kasbiy qiziqishlar, o‘z-o‘zini anglash, orzu va ideallar shakllanadi.
Demak, har bir kishi uchun Yosh xususiyatlari xosdir. Ammo har bir Yosh davrining ichida individual farqlar ham mavjud. Bu farqning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin:

  1. Hayot, faoliyat va tarbiya sharoitlari.

  2. Tabiiy individual farqlar – nerv sistemasining tipologik xususiyatlari.

Ta’lim - tarbiya ishlarida o‘quvchilarning psixologik va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish zarur, ya’ni mazkur Yoshdagi bolalarning talablariga, imkoniyatlari, xususiyatlariga mos keladigan pedagogik ish shakl, metod va vositalarini tanlash va qo‘llash lozim.


Yoshlik davri 23 – 28 yoshlarda bo`lib, bu davrning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iborat.
Psixofizolog P. Lazerovning fikricha eshitish, ko`rish periferik va kinestetik sezgilarning o`zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Fulds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisoblaydilar. B. G. Ananev o`zining ilmiy tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o`zgarishlarni murakab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy sodda jarayonlargacha, hatoo shaxsning xususiyatigacha bo`lgan holatlarni o`z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy ma’lumotlar va ularning chuqur sifati tahlili orqali ko`rsatib o`tadi.
Kishilarda ko`rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o`rgangan I. N. Kuleshova va M. D. Aleksandrova 18 -35 yoshlardagi haydovchilarda uning 3 xil: normadan ortiq 11 foiz, normada 47 foiz, qolganlarida etalon bo`yicha normadan kam bo`lishini ta’kidlaydi.
2. Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari
Bu davrda 28 – 35 yoshdagi erkak va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odam o`zining barcha kuch – quvvati, qobiliyati, aql – zakovati ichki imkoniyatlarining o`z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga jamoa ishlariga to`la safarbar eta oladi.
Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, g`alabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir etadi. Natijada uning takabburlik, mag’rurlik, jahldorlik, asabiylik paydo bo`ladi.
Yoshlik davrida yigit – va qizlarning komolotiga uchta muhim psixologik mexanizm ta’sir ko`rsatadi: 1 - Mehnat jamoasi 2 – Oila mikromuhiti 3 – Norasmiy ulafatlar.
3. Yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari
Yetuklik davri 36 – 55 yoshlardagi erkak va ayollarni o`z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholash o`z ifodasini topuvchi yangi xislat namoyon bo`ladi. Ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bo`lsalar, endi mehnat faoliyatining mahsuli ustidan bosh qotira boshlaydilar.
Yüklə 19,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə