Ilk yetuklik davri psixologiyasi



Yüklə 19,54 Kb.
səhifə1/3
tarix16.05.2023
ölçüsü19,54 Kb.
#110620
  1   2   3
Mustaqil ish 3


Ilk yetuklik davri psixologiyasi
Amerika psixologi E.Erikson inson umrini 8 ta davrga ajratadi va ular o‘ziga xos, betakror xususiyatlarga ega deb hisoblaydi.
1 – davr. Ilk go‘daklik (tug‘ilgandan 1 Yoshgacha). Bu davrda tashqi dunyoga “Ongsiz ishonch” tuyg‘usi vujudga keladi. Buning asosiy sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi va jonkuyarligidir. Agar go‘dakda bu ishonch paydo bo‘lmay qolsa, ona bolaga yomon munosabatda bo‘lsa, voyaga etganda umidsizlik vujudga keladi.
2 – davr. Kechki go‘daklik (1 Yoshdan 3 Yoshgacha). YArim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi shakllanadi. Bu esa o‘z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat yaratib, intizom, ma’suliyat, javobgarlik, hurmat tuyg‘ulari tarkib topishiga zamin hosil qiladi. Anomal rivojlanish: ikkilanish, qobiliyatga shubhalanish, hayotga moslashmaganligini his qilish.
3 – davr. Ilk bolalik (35 Yoshgacha). Anomal rivojlanish: insonlarga befarqlik, tashabbusning sustligi, boshqa bolalarga hasad, beqarorlik. Tashabbus tuyg‘usi, qandaydir ishni bajarish mayli tarkib topadi, guruhiy o‘yinlar, tengqurlari bilan muloqatga kirishish muhim ahamiyatga ega.
4 – davr. (511 Yoshgacha). Bu davr maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan xarakterlanadi. Salbiy tomonlari – ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmaydi, muammolarni hal qilishda aql zakovat darajasining pastligi, bilimlarni o‘zlashtirishdagi qoloqlik. Anomal rivojlanish: shaxsiy kamchiliklarni his qilish, konformlik, passiv mehnat vazifalaridan qochish.
5 – davr. (1120 Yoshgacha). O‘smirlik va o‘spirinlik, hissiy etuklik. Betakror, o‘ziga xos Yosh davri. Salbiy tomoni qat’iyatsizlik.
6 –davr. (2045 Yoshgacha). Ilk (erta) etuklik. Boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va ehtiyoji vujudga keladi. Bundan tashqari yolg‘izlikka moyillik va odamovilik kabi yoqimsiz xususiyatlar bilan farqlanadi.
7 – davr. O‘rta etuklik davri (4060 Yoshgacha). Hayotiy faoliyatning barcha sohalarida (mehnat, ijodiyot, g‘amxo‘rlik, pusht qoldirish, tajriba uzatish) mahsuldorlik tuyg‘usi hamrox bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki bo‘ladi. Anomal rivojlanish: xudbinlik, o‘z-o‘ziga e’tiborini qaratish, ishida besaramjonlik, erta invalidlik, o‘zi haqida qayg‘urishni yo‘qolishi.

Yüklə 19,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə