Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix29.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#141748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
647a0360410a6 Razikov.R.S. Erxonboyev.N.A.

ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si 
Yuqorida aytilganidek, Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlarining kо‘p 
qismida zaharli moddalar (KTZM) ishlatiladi, saqlanadi va tashiladi. Shunday 
korxonalarga birorta ta’sir kо‘rsatilsa, masalan, dushman tomonidan bо‘ladigan 
ta’sirlarda, tabiiy ofat oqibatida, ishlab chiqarish tarmoqlarida bо‘ladigan, temir yо‘l 
transportlaridagi avariyalar tufayli KTZM tо‘kilishi yoki tashqariga chiqib ketib, 
atrof-muhitni, havoni zaharlaydi. 
KTZMning qaynash harorati 200C gacha bо‘lsa, u tezda bug‘lanib, zaharlash 
vaqti qisqa, lekin ta’sir darajasi katta bо‘ladi. Agar KTZMning qaynash harorati 
200 C dan yuqori bо‘lsa, bug‘lanish sekinroq ketib, uning zaharlanish vaqti uzoq 
davom etadi, ammo tarqalish hududi kichik bо‘ladi. 
KTZMlar nafas organlari va teri orqali ta’sir etadi. Shu nuqtai nazardan 
KTZMlar umumiy zaharlovchi va holsizlantiruvchi xillarga bо‘linadi. KTZM bilan 
zaharlanganda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kо‘z tinishi, holsizlanish, kо‘ngil 
aynishi, qusish kabi alomatlar kuzatiladi, kuchli zaharlanishda esa о‘lim bilan 
yakunlanadi. Shuning uchun KTZM bilan zaharlangan hududlarda xalqning xatti-
harakatlari xuddi kimyoviy qurollar bilan zaharlangan joylarda kо‘riladigan chora-
tadbirlarni о‘zginasidir, ya’ni himoya inshootlarida saqlanish, shaxsiy himoya 
vositalaridan foydalanish va boshqa omillar qо‘llaniladi.
Lekin bitta asosiy farqi borki, u ham bо‘lsa ba’zi bir KTZMlar (masalan NH3, 
CO)ni yutiluvchanlik xususiyati past bо‘lganligidan, ulardan saqlanishda, maxsus 
sanoat va izolatsiyalovchi gazniqoblardan foydalanish kerak bо‘ladi. Agar avariya 
holatda bir qancha gazlar aralashmasi bо‘lsa, faqat izolatsiyalovchi gazniqoblardan 
foydalanib, avariya joyini tiklash, zararlangan о‘choqdan odamlarni evakuatsiya 
qilish tadbirlari kо‘riladi. KTZM chiqib ketgan joylarda avariyalarni tiklash ancha 
mushkul jarayonlardan hisoblanadi. Bunda asosiy ishlar birlamchi tiklash ishlarini 
tashkil etish hamda KTZM tarqalgan hududni о‘rash (lokalizatsiya) qilish 
hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan ishlaydigan 
sanoat tarmoqlarida nafaqat avariya oqibatidagina fuqarolarga xavf-xatar keltirilishi 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə