Ilmiy tadqiqotlarning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga tayyorlash Reja



Yüklə 18,34 Kb.
səhifə1/2
tarix20.10.2023
ölçüsü18,34 Kb.
#129111
  1   2
Ilmiy tadqiqotlarning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himo-hozir.org


Ilmiy tadqiqotlarning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga tayyorlash Reja

Ilmiy tadqiqotlarning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga tayyorlash
Reja:
1. Pedagogika fani rivoji
2. Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlarni olib borish
3. Individ” va “shaxs” tushunchasi
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g'oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta'minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma'naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog'liq. jylazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir. Pedagogik ilmiv-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.

Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomillashtirib borishini ta'minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e'tirof etadi.


Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
  1. muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;


  2. ilmiy farazlarning to‘g'ri shakllantirilganligi;


  3. vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g'ri belgilanganligi;


  4. tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;


  5. tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g'ri hisobga olinganligi;


  6. tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o‘tish;


  7. tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.


Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 1- Pedagogik kuzatish metodi.


Suhbat metodi.
  1. Anketa metodi.


  2. Intervyu metodi.


  3. Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.


  4. Test metodi.


  5. Pedagogik


    Yüklə 18,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə