Imlo qoidalari



Yüklə 49 Kb.
səhifə4/4
tarix27.04.2023
ölçüsü49 Kb.
#107169
1   2   3   4
Unli va undosh

Xx harfi xabar, xo`roz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix kabi so`zlarda chuqur til orqa jarangsiz sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
30. Hh harfi hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh kabi so`zlarda jarangsiz sirg`aluvchi bo`g`iz undoshini ifodalash uchun yoziladi.
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1) baland, Samarqand, poyezd; do`st, artist, g`isht kabi so`zlarda d, t tovushi ba`zan aytilmasa ham, yoziladi;
2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o`zlashma so`zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so`zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo`shilsa, so`z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar= metallar, kilogramm+mi=kilogrammi kabi.
32. ` – tutuq belgisi:
1) a`lo, ba`zan, ma`yus, ta`zim; ra`y, ta`b; e`lon, e`tibor, e`tiqod, me`mor, ne`mat, she`r, fe`l; Nu`mon, shu`la kabi o`zlashma so`zlarda unlidan keyin shu unli tovushning cho`ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo`yiladi; mo`jiza, mo`tadil, mo`tabar kabi so`zlarda o` unlisi cho`ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo`yilmaydi;
2) in`om, san`at, qat`iy, mas`ul kabi o`zlashma so`zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo`yiladi.
Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə