Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


Vaksinalar suyuq va quruq holda ishlab chiqariladi. Quritish asosan vaksinalarning liofilizatsiya usuli bilan amalga oshiriladi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə35/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Иммунология

Vaksinalar suyuq va quruq holda ishlab chiqariladi. Quritish asosan vaksinalarning liofilizatsiya usuli bilan amalga oshiriladi.
Barcha vaksina preparatlarining zararsizligi, immunogenligi va sterilligini (o'ldirilgan vaksinalar uchun) aniqlash yuzasidan davlat nazorati o'tkaziladi.
Agar ampulalar singan bo'lsa yoki preparatlarning fizik xususiyati va rangi o'zgargan bo'lsa, unda turli zarracha, cho'kmalar paydo bo'lsa bunday vaksinalar ishlatilmasligi lozim.
Vaksinaprofilaktika qilish usullari. Vaksina preparatlarini qo'llash quyidagi usullarda olib boriladi: per os (ichish) (poliomiyelit), teri ostiga, teri orasiga (AKDS, BSJ), parenteral (qizamiq), internaza! (gripp) va ingalatsion.
Vaksinaprofilaktika davlat tomonidan nazorat qilinadi. O'zbekiston Respublikasida 2003-yi! 1-yanvardan kuchga kirgan "O'zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarning immunoprofilaktikasini tashkil qilish va o'tkazish to'g'risidagi Sanitariya qoida va me'yorlari" ishlab chiqilgan (32-jadvaI).
Yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiya qilish davlatimiz tomonidan olib borilayotgan barkamol avlodni tarbiyalash siyosatining bir ko'rinishidir. Shuning uchun vaksinatsiya qilish har bir oila uchun oson, muammolarsiz va albatta bepul bo'lishi shart.
Chaqaloq tug'ruqxonada tug'ilishi bilan bolaga "Bolalar va o'smirlar shaxsiy daftarchasi" olib boriladi. Bu daftarchada majburiy immunizatsiya qilish vaqtlari ko'rsatiladi. Immunoprofilaktika ikki usulda olib boriladi: majburiy va epidemiologik ko'rsatmaga asosan.
Epidemiologik ko'rsatmaga ko'ra profilaktik kalendar emlashlar asosan bir necha yo'nalishlarda olib boriladi. Masalan, enzootik territoriyalarda (o'lat, tulyarimiya), maxsus laboratoriya xizmatchilariga (o'ta xavfli yuqumli kasalliklar), professional ishchilar va xizmatchilarga (kuydirgi, brutsellyoz), chet elga chiquvchilarga (sariq isitma) va ko'proq yuqumli kasalliklar ro'y berganda (bo'g'ma, qizamiq va bosh.) emlanmagan kontingent odamlarga qilinadi.
32-judval
Profilaktik emlashlar kalendar sxemasi

JVs


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə