Inflatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari


nfilatsiya davrida pul muomalasini barqarorlashtirish usullari



Yüklə 237,35 Kb.
səhifə4/7
tarix10.06.2023
ölçüsü237,35 Kb.
#116463
1   2   3   4   5   6   7
Inflatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari

3.1nfilatsiya davrida pul muomalasini barqarorlashtirish usullari.
Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohoti va inflyatsiyaga qarshi siyosat xisoblanadi. Pul islohoti deb pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o'zgartirishga aytiladi. Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jaxon urushidan keyin - oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o'tkazildi. Sobiq SSSRda pul islohoti 1922 - 24 yillarda, 1947 yillarda o'tkazildi. O’zbekistonda pul islohoti 1994 yilda o'tkazildi va respublika mustaqil davlat sifatida o'zining milliy pul birligiga ega buldi.
Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o'tkazmasdan ham erishish mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud: revalvatsiya, devalvatsiya, denominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga qarab davlat pul islohotini o'tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya qilishi mumkin.
Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul islohotini o'tkazish yo'li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya'ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o'miga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, Sobiq SSSRda -1922-24 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan. Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka : 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi.
Revalvatsiya - bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, birinchi jahon urushidan keyin 1925-1928 yilllarda o'tkazilgan pul islohoti tufayli funt sterlingning urushgacha bo'lgan oltin qiymati belgilandi. Ikkinchi jaxon urushidan keyin revalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko'tarildi. Germaniya Federativ Respublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda revalvatsiya o'tkazilgan.
Devalvatsiya- bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya pulning oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining oltin miqdori 7,89 % ga , fevral 1973 yilda 10% ga kamaytirilgan3. Suzuvchi valyuta kurslariga o'tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olib boriladi.
Denominatsiya - baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi “O” larni qisqartirishdan, pul birligida ko'rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yidlarda ikki marta denominatsiya o'tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga “1922 yil pul birliklari” chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. Ikkinchi denominatsiyada muomalaga “1923 yil pul birligi” chiqarilgan va 1922 yil pul birligiga” 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya suratlari past bo'lgan sharoitda qulay bo'lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari yuqori bo'Isa, denominatsiya o'tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul isloxotini o'tkazish yo'li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo'ladi.

  1. Pul isloxotini o'tkazish quyidagi yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin.:

  2. Muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo'yicha pullarni yangi pullarga almashtirish:

  3. Aholi va korxonalarning banklardagi jamg'armalarini vaqtincha (to'liq qisman) harakatga ushlab turish qotirib qo'yish);

  4. Ikkala usulni birgalikda qo'llash yo'li orqali pul islohotini o'tkazish.

Bu yil xalqaro amaliyotda “shok yuli” bilan davolash nomi bilan mashxurdir. 1948 yilda G'arbiy Germaniyada xarbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o'tishda qo'llanilgan. “Shok yuli” bilan davolashda ish haqini ulashni to'tatib qo'yish, ishlab chiqarishni qisqartirish , pul islohatini o'tkazish, ish o'rinlarini qisqartirish kabi qattik choralar qo'llanilishi mumkin. Masalan, G'arbiy Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o'tkazilgan pul ’Eslox.atida axolining naqd pullari va jamg'armalari 6,5 yangi nemets markzsiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi. Aholining pul jamg'armalarini to'lash vaqtincha to'xtatilgan, keyinchalik faqat 30 foiz atrofida to'langan va har bir kishiga 60 nemets markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyxe markasidagi qarzi mamlakatda bo'lgan disbalans tugatilgan va shu yil bilan inflyatsiyaning o'sish templari to'xtatilgan.“Shok yuli” bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o'tkazilgan va u “Dodj rejasi” degan nomni olgan. Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattik chora tadbirlar amalga oshirilgan. Erkin bahoga o'tish bilan bir vaqtning o'zida yer islohati o'tkazildi, byudjet kamomadini yuqotish yo'llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, axoli jamg'armalari ishlatilmasdan qotirib quyildi. Iqtisodni “shok yuli” bilan davolash Sharqiy Yevropa mamlakatlari -Yugoslaviya,
Polsha kabi mamlakatlarda xam qo' llanilgan. “Shok yuli” bilan davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada qo'llanilgan bo'lib, ish haqi vaqtinchalik qotirib qo'yilgan xolda , baxolar erkinlashtirilgan. Natijada 1990 yilning boshlariga kelib Polshada tovarlar mul-kulchiligi vujudga kelib boshladi va tovarlar bahosining bir necha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbiming o'tkazilishi aholining yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko'paytirdi. Bizning davlatimizda pul muomalasini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi:

  1. 1 .Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.

  2. 2.Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi.

  3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o’rnatish.

«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to,g,risida»gi qonunga ko'ra
Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy rezerv bo’yicha mablag’lami maxsus schyotda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday rezervlar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab belgilanadi. Bu mexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablagTari hajmini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining kredit berish qobiliyatiga ta’sir etadi. Kredit, maTumki o’z navbatida pul massasining ko’payishiga, baholaming bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasi ma’lum usullar yordamida tartibga solib o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun majburiy norma tez-tez o’zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasini tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Majburiy rezerv ajratmalari foyizlari oldingi yillarda quyidagicha belgilangan5:

02.09.92

dan

-

15%




01.01.93

dan

-

20%




01.05.94

dan

-

30%




01.01.95

dan

-

30%




01.07.96

dan

-

25%


Yüklə 237,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə