Inflatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari


Infilatsiya haqida nazariy tushuncha



Yüklə 237,35 Kb.
səhifə2/7
tarix10.06.2023
ölçüsü237,35 Kb.
#116463
1   2   3   4   5   6   7
Inflatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari

Infilatsiya haqida nazariy tushuncha

Inflatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari
Inflatsiya so'zi lotincha bo'lib, lug'aviy manosi “bo'rtish”, “ko'pchish”, mantiqan pulning qadirsizlanishi va narx-navoning muntazam ravishda oshib borishi kabi manolarni bildiradi.
Bu so'z XIX asrning urtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha kadar, u tibbiyotda xavfli usma kasalini ifodalashda qo'llanilgan.
Tarix xaqiqatda ham bu so'zning har tomonlama xavfli ekanligini ko'rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o'sishidangina iborat bo'lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so' zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bo' lgan tovarlar va ulaming bahosiga nisbatan ko'p pul chikarish degan ma’noni anglatadi
Inflyatsiya so'zi Pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o'rtasida fuqorlar urushi bulganda muomalaga juda ko'p miqdorda (450 mln. grin bek) qog'oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo'llanila boshlagan. Ulaming sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan. Agar tarixga e’tibor beradigan bo'lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog'liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Fransiyada - firantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o'rtalarida namoyon bo'lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo'lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko'rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo'lmasdan, tarixan mavjud bo'lgan.
Inflatsiya tushunchasi muomalada xaqiqiy pullardan, yani oltin va kumush tangalardan foydalanilgan davrlarda ahamiyat kasb etmagan. Inflatsiya tushunchasi faqat kredit pullarga tegishlidir.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo'lib sifati ham o'zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholaming oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo'lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadigan hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog'ining o'sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalk xujaligining turli sohalari o'rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu awalam bor jamg'arma va iste’mol o'rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari o'rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo'jaliklarning naqd pulga bulgan talabi o'rtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashki sabablarga bo'lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan va xo'jalik faoliyati bilan bog'liq turlariga bo'linadi. Inflyatsiyaning tashq i omillariga jahon iqtisodida bo'lgan krizislar, (xom-ashyo, yoqilg'i, valyuta bo'yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo'ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo'lishi mumkin.
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi:
-tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o' sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
-chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
Inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur’atlarda bo'lmasdan, sakrab turadigan bo'lishi mumkin. Lekin, ba’zi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo'lib turishi XX asming inflyatsiyasi uchun mos deb to'liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba’zida davlat aralashuvi bilan aholi iste’moli uchun zarur bo'lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma’lum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi.
Inflatsiya sharoitida quyidagilar ro'y beradi:
muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo' ladi;
tovarlar bahosi va xizmatlar xaqi to' xtovsiz o' sib boradi; pulning qadr-qiymati va xarid qobilyati pasayib boradi;
Inflatsiyani quyidagi sabablar keltirib chiqaradi:

  1. Davlat o'z xarajatlarini o'z daromadi hisobidan qoplay olmay qolgan holatda, muomalaga qo'shimcha pul chiqarish orqali qoplaydi. Natijada muomalada Tovar va xizmatlar bilan taminlanmagan pul pay do bo'ladi, bu esa o'z navbatida pulning qadirsizlanishiga olib keladi.

  2. Ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish pasayganda muomaladagi pul kamaymaydi, tovarlar miqdori esa kamayadi, ntijada narx oshadi pul qadri pasayadi.

  3. Mamlakatda chetdan keltirilgan {emport} tovarlar narxining ko'tarilishi. Bu o'z navbatida mamlakatdaishlab chiqarilgan o'xshash va o'rinbosar tovarlar narxini oshiradi.

  4. Kreditning haddan tashqari rivojlanib ketishi. Moddiy nematlar yaratish bilan bog'liq bo'lmagan sohalarga berilgan kreditlaming tez suratlar bilan o'sishi muomaladagi pul massasining ko'payishiga olib keladi.

  5. Pulga nisbatan xalq ishonchining yo'qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlaming ko'payib ketishi, mamlakat to'lov balansi va boshqalar.


Yüklə 237,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə