Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13. 404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/36
tarix10.09.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#121590
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

Rolli o’yinlar- 
 
mavzuga mos vaziyatni sahnalashtirish, rollarga bo’lib ijro 
etish. Ssenariy shunday tuzilishi kerakki, sahnadagi ijrochilarning bilim olishlariga, 
ko’nikmalarini egallashlariga yordam bersin. O’qituvchi qaysi mavzularni 
sahnalashtirish uchun qulayligini har tomonlama o’ylab ko’radi; ular ro’yxatni 
tuzadi va a’lochi o’quvchilar birlashib ssenariy yozadi. 
Matematik diktantlar
– 
o’quvchi bilimining baholashning joriy nazorat 
shakllaridan biri. Bunda soda mashqlar bilan bir qatorda, ma’lum bir mavzular 
majmuasiga oid va tushunchalarni o’quvchining qay darajada o’zlashtirilgani 
aniqlanadi.


Tanlovlar
– 
ma’lum bir mavzular guruhi bo’yicha olingan bilimlarni, 
ko;nikmalarni tekshirish, baholashni maqsad qilib qo’yiladi. Bu tadbir savol-
javoblar musobaqasi, viktorina, matematik devoriy gazetalar(ro’znomalar), mavzu 
bo’yicha yozilgan referatlar tanlovi (konkrusi) ko’rinishida o’tkaziladi. 
Konferensiyalar
– 
har chorakda o’takazilishi mumkun, ularni ham oraliq 
nazoratning bir turi deb qarasa bo’ladi. Bunda, o’quvchilar o’zlari mustaqil yozgan 
ishlarini sinfga ma’ruza shaklida taqdim etadilar. 
Ishlar ma’lum mavzularga bag’ishlangan bo’ladi. Har bir sinfdan bir nechta 
maqbul deb topilgan ishlar bo’yicha o’quvchilarning maktab informatika 
koonferensiyasini o’tkazish ham mumkun. 
 
 
 


31 
3.3. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. O'quvchilarni bilim, ko'nikma va 
malakalarini tekshirish. O'quv materialini takrorash va umumlashtirish. 
Yangi mavzu mazmuni bilan tanishtirish. 
2.Yangi mavzuni mustahkamlash. 
3.O'quvchilaming bilimlarini, ko'nikma va malakalarini tekshirish. 
4.O'quv materiallarini takrorlash va umumlashtirish.
Informatika 
va 
informatikadan 
45-minutlik 
dars 
o'tilgan 
mavzuni 
o'quvchilardan so'rash yangi mavzuni bayon qilish, uni mustahkamlash, 
o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish kabi qismlarga ajratish, 
o'tiladigan har bir darsni didaktik maqsad va mazmunini tushunarli bo'lishini 
ta'minlaydi. 
Maktab informatika va informatika
 
darslarida yangi mavzu mazmunini 
tushuntirish asosan uch xil usulda olib boriladi. Ular ma'ruza, suhbat va mustaqil 
ishdir. 
Hozirgi yangi pedagogik texnologiyani mohiyati ham suhbat metodi orqali 
yangi mavzu mazmuni ochib berishdan iboratdir. Bunda mavzu mazmunini 
o'qituvchining o'zi bayon qiladi, lekin mantiqiy mulohazalar vaqtida va turli 
hisoblashlarni bajarishda o'qituvchi o'quvchilarga mavzu mazmunini ochib 
beruvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollar tizimi orqali murojaat 
qiladi, o'quvchilar ana shu savollarga javob berish orqali mavzu mazmunini 
chuqurroq o'zlashtirib oladilar. 
Sinfda yangi materialni o'rganishda qo'llaniladigan usullardan yana biri bu 
o'quvchilaming mustaqil ishlaridir. O'quvchilaming mustaqil ishlarida misol va 
masalaiar yechishni mashq qilish, teorema isbotlarini turli xil usullarda bajarish 
(agar imkoni bo'lsa), mavzu mazmuniga qarab natijaviy formulalarni chiqarish va 
unga doir misollar yoki masalalami tadbiq kilish kabi o'quv metodik ishlar amalga 
oshiriladi. Masalan, o'qituvchi to'la kvadrat tenglama va uning ildizlarini topish 
mavzusi o'tilgandan keyin, keltirilgan kvadrat tenglama va uning yechimlarini 
topishni mustaqil ish sifatida berishi mumkin, Bunda o'qituvchi o'quvchilarni 


32 
kvadrat tenglama va uning yechimlari mavzusining mazmunini ochib beruvchi 
mantiqiy ketma-ketlikga ega bo'lgan savollar tuzishi bilan o'quvchilami yo'naltirib 
turishi maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi har bir o'quvchini qo'yilgan topshiriq 
mazmunini ochishdagi xato va kamchiliklarini to'g'rilab borishi lozim bo'ladi. 
Shundagina mustaqil ishlash usuli orqali o'quvchilar bilimini chuqurlashtirish 
mumkin bo'ladi. 
Informatika darslarida ma'ruza metodidan ham foydalanib darslar o'tiladi. Bu holda 
o'qituvchi' o'quvchilami mulohazada ishtirok etdirmasdan, mavzu mazmunini yolg'iz 
o'zi bayon etadi. Shu bilan birga bayon etilayotgan mavzu mazmunidah nimani yozib 
olish, qanday chizmani chizib olish, doskadan nimalami ko'chirib yozish kerakligi 
o'quvchilarga aytib beriladi. O'qituvchi nazariy materialnigina emas, balki masalalami 
yechilishini ham o'zi bajarishi, hamda mantiqiy mulohazalarni o'zi aytishi va barcha 
chizmalarhi chizish va yozuvlarni yozishni ham o"zi bajarishi mumkin. Bunda 
o'qituvchining mavzu mazmunini bayon qilish usuli o'quvchilar uchun namuna bo'Iishi, 
o'quvchilar ham o'z fikrlarini o'qituvchilardek bayon etishga intiladigan bo'Iishi kerak.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash talabalarga bilim berish sifatini 
oshirish, uning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar 
darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish 
maqsadida ta’lim- tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy 
etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shu sababli, 
bugungi kunda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan «Informatika» fani 
o‘qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi: 
-
talabalaming mustaqil bilim olish, o‘rganish qobiliyatlarini shakllantirish va 
rivojlantirishda fanning o‘rni va ahamiyatini oshirish; 
-
mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish 
va o‘tkazish; 
-
talabalaming faolligini oshirish, o‘zlashtirish darajalarini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan metod va shakllarni qo‘llash; 
-
ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali 


33 
foydalanish. 
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim muassasalari 
talabalarini mustaqil bilim oUshiga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga 
o‘rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. 0‘quv jarayonida 
kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan 
holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Shunday ekan, «Informatika» fanini o‘qitish samaradorligini oshirish o‘quv 
raashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda pedagogik va axborot 
texnologiyalaridan keng foydalanish, o‘qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini 
ishlab chiqish, ularrn о quv jarayomga jony etish asosiy vazilalardan hisobianadi. 
Ushbu vazifalami dolzarbligini e’tiborga olgan holda «Informatika» fanini o‘qitishda 
o‘yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o‘rganish, tahlil etish, ulardan samarali 
foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalami ishlab chiqish zarur. 
O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va 
jadallashtiravchi faoliyati tashldl etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va 
o‘qish bilan biigalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlaming 
ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini 
namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z 
imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. 
О‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida 
tashkil etiladi. 
O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, 
faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi. O’yinning
 
didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka 
va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, 
mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘yinning 
tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai 
nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, 
kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga 


34 
qaratilgan bo‘ladi O'qituvchilaming nutqi savodli, mulohaza va isbotlari etarli 
darajada asoslangan bo'Iishi hamda nutqi ravon bo'Iishi kerak. Agar darsda 
qo'llanilgan metodlar o'quvchilarda qiziqish tug'dirgan, ular diqqatini jalb qilgan 
bo'lsa, o'quvchilar mavzudagi asosiy mulohazalarni to'g'ri takrorlab bera olgan 
bo’lsalar, demakki, o'qituvchi mavzu mazmunini yoritishda qo'llangan metodidan 
qanoat hosil qilishi mumkin. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə