Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarining dasturiy ta’minoti


O’qituvchining ta’limda boshqarish soxasidagi umumiy bilimlari va ko’nikmalari



Yüklə 48,54 Kb.
səhifə11/12
tarix28.11.2023
ölçüsü48,54 Kb.
#133873
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
informatika metodika mustaqil is

O’qituvchining ta’limda boshqarish soxasidagi umumiy bilimlari va ko’nikmalari.
-shaxsga yunaltirilgan zamonaviy uslublar-xamkorlikda ta’lim olish uslubi,loyixalar uslubi,tadkikot uslublari va boshqa uslublarni bilish;
-qo’llanilayotgan ta’limning kunduzgi shaklini Internet sharoitiga moslashtira olishi;
-ta’limning kunduzgi va sirtli shakllarini birlashtira olishi;
-masofadagi o’quvchilar bilan ishlayotganda, ta’limning yakkama-yakka,guruxiy va frontal shakllarini birlashtira olishi;
-telekommunikatsiya loyixasini tashkil etish va o’tkaza olishi;
-moderator sifatida o’quv-mavzuli teleanjuman tashkil etishi va o’tkaza olishi;
-mavzuga oid chad tashkil etishi;
-o’quvchilar bilimini samarali nazorat qilishi va testlash tizimini tashkil etishi.
Masofali o’qitish orkali o’rta maxsus,kasb-xunar muassalari kadrlarining malakasini oshirish va kayta tayyorlash tizimi kam xarakatli bulim,an’anaviy o’qitish tizimiga karaganda, samarali shakllaridan xisoblanadi.
Xozirgi kunda Amerika Qo’shma Shtatlarida 50% korporatsiyalar MU dan foydalanadilar, 200ta (universitetlarning 60 foizi) ochik universitet, 1000tadan kup kollejlar MU kurslarini takdim etadilar.Unga 4,5-5 mln.Mutaxasis jalb kilingan.
Respublikamizda o’qitishning masofali shaklini rivojlantirish uchun ushbu shaklni yaxshi tassavur kiladigan va tushunadigan o’qituvchi,tyutor,maslaxatchi, boshqaruvchi kabi kadrlarni tayyorlashni boshlash zarur.Pedagog kadrlarni tayyorlaydigan ta’lim muassasalarining o’quv rejalariga masofali o’qitishga doir kurslarni kiritish manna shunday masalalarga mas’ul tashkilotlarning xozirgi kundagi dolzarb vazifalaridan xisoblanadi.


O‘quv kursini yaratishdagi eng ko‘p mehnat talab qiladigan bosqich – dastlabki materiallarni tayyorlash orqada qoldi. Endilikda mavjud materiallar (leksiyalar fayllari, skanlangan fotusuratlar va reproduksiyalar fayllari, raqamlangan ovozli va videofragmentlar fayllari va h.)dan foydalangan holda, yangi texnologiyalar va ijodiyotning bitmas-tuganmas imkoniyatlari dunyosiga sho‘ng‘ish mumkin.
O‘quv kursini yaratishdagi ijodiy g‘oyalar Distance Learning Studio dasturi, boshqa so‘zlar bilan aytganda, multimediali distansion kurslar konstruktori yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Dastur oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kubiklardan kabi, dastlabki materiallardan qiziqarli va maroqli multimediali distansion o‘quv kursini yig‘ishga yordam beradi. Bunda o‘qituvchidan kompyuter bilan inoqlik, dasturchilik mahorati, badiiy qobiliyat talab etilmaydi. Dasturni ishlab chiquvchilar o‘quv kursini yaratish bo‘yicha ishni yetarlicha soddalashtirishga urindilar va hatto bezash shablonlari to‘g‘risida ham tashvish qildilar.
Distance Learning Studio dasturi Web-CD texnologiyasidan foydalanadi. Bu texnologiyaga ko‘ra o‘quv kursining asosiy axborot massivi o‘quvchiga CD-ROM da yetkaziladi, axborotni yangilash, testlash va o‘quvchilar bilan muloqot Internet orqali bajariladi.
Ishlab chiquvchiga o‘quv kurslari tayyor protiplarining ko‘plab variantlari taqdim etiladi, kesishuvchi gipermatnli aloqalar yaratiladi va CD-ROMga yozish uchun o‘quv kursining distributivi generatsiyalanadi.
Distance Learning Studio dasturi quyidagilarni ta’minlaydi:
- grafika, video, tovush, animatsiya elementlariga ega interaktiv sahnalar va tashqi dasturlar hamda obyektlarni ulagan holda multimediali o‘quv kurslarini yaratish;
- interaktiv testlash tizimini shakllantirish, bunda bilimlarni baholash va o‘zlashtirishni baholashni masofadan tekshirish uchun ichiga qurilgan interaktiv testlar bevosita CD-ROMdan ko‘chirilishi hamda O‘quv markazining serveridan Internet tarmog’‘i bo‘yicha yetkazilishi mumkin, testlash natijalari esa, Internet tarmog’‘ining kanallari bo‘yicha bevosita O‘quv markaziga uzatilishi mumkin;
- butun leksiya materiali, shuningdek atamalar lug‘atida qidiruvni ta’minlaydigan ichiga qurilgan qidiruv tizimi;
- O‘quv markazining Web-saytini qo‘llab-quvvatlash.
Distance Learning Studio dasturi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikkita funksiyani bajaradi: o‘quv kurslarini yaratish uchun instrument va yaratilayotgan o‘quv kursini ko‘rib chiqish uchun vosita. Bu xususiyat ishlab chiquvchiga o‘z ijodining natijasini darhol ko‘rish va zarur holda o‘zgartirishlarni bajarish imkonini beradi.



Yüklə 48,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə