Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə30/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Tuzish-qurish (konstruksiyalash) – “biror-bir qurilish, inshoot, qurilma qismlarining tarkibi va о‘zaro joylashuvi, shunday tuzilishli qurilish, inshoot, mashinaning о‘zi”

Tuzish-qurishda biror-bir obyektning tarkibi bosh tushuncha bо‘lib, tuzuvchilik faoliyati loyihalash faoliyatidan farqli ravishda, xayoliy va amaliy (buyumli tuzuvchilik) faoliyat bо‘lishi mumkin, xayoliy tuzuvchilik mazmuni bо‘yicha loyihalashga yaqin va uning о‘xshashi sifatida kо‘plab ishlatiladi. Lekin, bizning fikrimizcha, tuzish loyihalashga nisbatan tor ma’nodagi tushuncha, chunki, u yaratilayotgan obyektning sirtqi tomonini akslantiradi, loyihalash esa ichki, о‘zgaruvchan va boshqa tashkil etuvchilarni о‘z ichiga oladi.
Pedagogik qomusiy lug‘atda tuzish-qurish ta’rifi quyidagicha keltirilgan: «Tuzish-qurish (konstruksiyalash) – loyihalar va hisoblashlarni bajarish yо‘li bilan model, mashina, inshoot, texnologiyani yasash jarayonidir». Keltirilgan ta’rifga kо‘ra tuzish-qurish obyektlari sifatida nafaqat qurilishlar, inshootlar, mashinalar, qurilmalar, balki, modellar va texnologiyalar xam namoyon bо‘lishi mumkin. Bunda belgili, ramzli mavhum emas, balki moddiy, narsali modellar kо‘zda tutiladi.
Texnologiyalar haqida esa, «texnologiyalarni loyihalash» sо‘z birikmasi о‘rinliroq, chunki texnologiya jarayon sifatida vaqtinchalik, о‘zgaruvchan tashkil etuvchiga ega, qurilmalar esa tuzish mahsuli tarzida faqat о‘zgarmas tavsifnomaga ega. Bundan tashqari, kо‘rsatilgan ta’rifda tuzish loyihalashni о‘z ichiga oladi..
Ma’nosi bо‘yicha loyihalashga yaqin bо‘lgan modellash, bashorat qilish, rejalash, о‘quv va о‘qitish faoliyatini tuzish tushunchalarining tahlili, ularning umumiyligi va farqini aniqlash ta’lim jarayonini loyihalash ma’nosi haqida bir qator xulosalar chiqarishga imkon beradi.

Pedagogik jarayonni loyihalash – pedagogning tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlarni nazarda tutilgan holda ma’lum bir vaqt birligi ichida talabalarni maqsadga muvofiq holda rivojlantirishning kelajakdagi jarayoni va natijasi о‘rin oladigan kasbiy faoliyatining bir kо‘rinishidir.

Bо‘lajak ta’lim jarayonining loyihasi loyihalashning mahsulidan iborat. Loyihalash modellashdan tuzish maqsadi bо‘yicha farq qiladi. Loyiha loyihalanayotgan obyektni borliqqa mujassamlashtirishdan iborat; model - obyektni tadqiq qilish uchun, dastlab model, sо‘ngra uning asosida loyiha ishlab chiqilsa, modellash loyihalashning tarkibiy qismi bо‘lishi mumkin.
Loyihalash bashorat qilish tushunchasi bilan uzviy bog‘langan. Ularning umumiyligi shundaki, loyiha va bashorat kelajakdagi didaktik hodisalar haqida tushuncha beradi. Lekin, loyihadan farqli ravishda bashoratlar ehtimoliy mazmunga ega va u yoki bu didaktik jarayonning rivojlanish natijalarini oldindan kо‘ra oladi. Loyiha esa bu jarayonlarni qaytadan tuzadi. Loyihalash о‘z tarkibiga bashorat qilish qismini kiritishi mumkin. Agar talabaning о‘quv-bilish faoliyat rejasi haqida gap borsa, va shu jarayon davom ettirilsa, rejalashtirish loyihani amalga oshirishi tarkibiga kiradi.
Tuzish-qurish ham ta’lim jarayonini loyihalash tarkibiga kiradi. Fikrimizcha, u texnologik jarayonni amalga oshirish uchun moddiy vositalarni tuzishdan iborat. Loyihalash u yoki bu darajada kelajakdagi ta’lim jarayonini modellashtirish, bashorat qilish, rejalashtirish, tuzish-qurish qismlarini о‘z ichiga oladi. Ta’lim jarayonini loyihalash – murakkab faoliyat bо‘lib, pedagogdan amaliy, didaktik, uslubiymetodologik, buyumli va boshqa bilimlarning tizimini talab qiladi, chunki, u xayoliy darajada haqiqiy ta’lim jarayonini yoritib beradi.
Ta’lim jarayonlarini loyihalashtirish borasidagi xorij tajribalaridan biri yuzasidan umumiy tasavvur hosil qilish uchun tinglovchilarga Michèle Artiguening «Didaktik injeneriya о‘qitishning asosiy konsepsiyasi sifatida» nomli maqolasi mazmuni bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.
Fransuzlarning matematik didaktikadagi tadqiqotlarida talabalarni matematik tayyorgarligi mustaqil bо‘lim bо‘lib ajralmagan, didaktik transpozitsiya nazariyasi Y. Chevallard 1980 yillar boshidan shug‘ullanib kelgan (Chevallard, 1991, 1992), va didaktik vaziyatlar nazariyasi G.Brusso (1986) tashabbusi bilan 1970 yillar boshida bir qancha tadqiqotchilar tomonidan shug‘ullanib kelingan.
Maqolaning birinchi qismida matematikaning nazariy asoslariga tayangan holda talabalar bilimini egallaganlik darajasini tekshirishni qay tarzda olib borish haqidagi, elementar bilimlarni tekshirishdagi shakllardan farq qiladi. Men didaktik injeneriya tushunchasini misollar asosida nazariy asoslarni qanday qilib о‘quv-metodik jarayonga kiritilganini tushuntirib beraman. Maqola sо‘ngida xali javobsiz qolayotgan kо‘plab umumiy savollarga qaytib ularga javob berishga xarakat qilaman.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə