bolalar sinfda yoki guruhda? Ushbu g‘oyani ishlab chiqsak, biz alohida korreksion
sinflar va maxsus maktablarga ularni yo‘naltiramiz va bolalar asosan maktabdan
keyin o‘yin maydonchasida uchrashadilar. Ammo biz gumanistmiz va biz
bolalarning birgalikda o‘qishini xohlaymiz, shuning uchun biz keyingi variantlarni
ko‘rib chiqamiz
2-tajriba.
3 nafar aqli zaifligi bo‘lgan o‘quvchilarga ham ta’lim
berayotganligingiz uchun hech qanday qo‘shimcha mablag‘
berilmaydi, lekin siz
ma’lum bir pedagogik burchni his qilasiz. 3 nafar aqli zaifligi bo‘lgan o‘quvchilar
sizning darsingizda ishtirok etadilar. Ular dars jarayonida zerikmaslik uchun
qoralamalar chizishadi va darsdan keyin siz ular bilan alohida shug‘ullanasiz. Bir
muncha vaqt o‘tgach, siz asabiylasha boshlaysiz, chunki sizning harakatlaringizga
qaramay ishingiz moliyaviy jihatdan rag‘batlantirilmaydi. Bu hol davom etadi.
Qolgan bolalar 3 nafar aqli zaifligi bo‘lgan o‘quvchilar vazifani bajarishmayabdi,
demak, vazifani bajarmasa ham bo‘ladi degan xulosaga keladilar yoki ularni vazifani
bajara olmaganliklari uchun masxara qilishadi. Siz dars jarayonida noto‘g‘ri metod
tanlaganingizni va ishni noto‘g‘ri tashkil qilganingizni xis qila boshlaysiz.
3-tajriba. Siz hamma darsda band bo‘lishi kerak degan fikrga keldingiz!
G‘ayratlanib, siz ko‘p darajali dasturni tuzdingiz. Endi har bir vazifa uchun engil
variant va o‘ta engil variant mavjud. Masalan, sinfning asosiy qismi bilan me’moriy
elementlarni muhokama qilasiz
va ustunli binoni chizasiz,
3 nafar aqli zaifligi
bo‘lgan o‘quvchilar
uchburchak va kvadratdan yasalgan shartli uyni ehtiyotkorlik
bilan bo‘yashadi. Endi siz har bir sinf uchun ikki barobar ko‘proq tayyorgarlik
ko‘rishingiz kerak, bunga ko‘nikish mumkin. Eng yomoni, sog‘lom bolalar
3 nafar
aqli zaifligi bo‘lgan o‘quvchilarni
masxara qilishni davom etadilar. Aqli zaif bolalar
esa navbatida o‘zlarini ahmoqdek his qilishni davom
etadilar va endi ularning
imkoniyatlari cheklanganligini yaqqol xis qiladilar.
3 nafar aqli zaifligi bo‘lgan
o‘quvchilar
xafa bo‘lib, ularning onalari sizga e’tirozlar bildirish uchun kelishadi.
Ular farzandlarining boshqalardan kam emasligiga ishonishadi, shuning uchun ular
ham hamma kabi vazifalarni teng bajarishlari kerak. Siz yana qayerdadir xatolikka
yo‘l qo‘yganingizni xis qilasiz.
4- tajriba. O‘zbekiston Respublikasin Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-
oktabrdagi 638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid
normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qarorini asos qilish orqali
endilikda yordamchi o‘qituvchilar yordamida
3 nafar aqli zaifligi bo‘lgan
o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonini sifatli qilish mumkin
. Siz 1-variantda
boshlagan
dasturga qaytdingiz, biroq alohida xonada emas birgalikda. Yordamchi
o‘qituvchi, sinxron tarjimonlar kabi, darsdagi barcha tushunchalarni
3
nafar aqli
zaifligi bo‘lgan o‘quvchilarga
quloqlariga pichirlab tushuntirishadi. Bu holat ularga
bu qandaydir tarzda materialni idrok etishni osonlashtiradiganga yordam beradi.
Bolalarning qo‘llarini varaq bo‘ylab boshqarib,
3 nafar aqli zaifligi bo‘lgan
o‘quvchilar
yordamchi o‘qituvchi yordamida namunali chizmalar yaratadilar.
3
nafar aqli zaifligi bo‘lgan o‘quvchilar
ning onalar nihoyat o‘z farzandlariga alohida
yondashuvni topganlaridan xursand bo‘ladilar. Biroq,
3 nafar aqli zaifligi bo‘lgan
o‘quvchilar
rasmlarni xuddiki majburiy tarzda chizganliklari uchun ular rasm
chizishni odamga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘lashni boshlaydilar. So‘ngra siz bu
harakatlar ularga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar etkazishini tushunasiz.
5-tajriba. Bu haqda o‘ylab, insonparvarlik pedagogikasining asosiy dushmani
natijaga yo‘naltirilganlik degan xulosaga kelasiz. Ko‘rinib turibdiki,
agar biz
bolalarda qandaydir ko‘nikmalarni shakllantirmoqchi bo‘lsak, ularga qandaydir
bilimlarni o‘tkazmoqchi bo‘lsak, ularning ba’zilari muqarrar ravishda yaxshiroq,
ba’zilari esa yomonroq o‘rganishadi, chunki bolalar odatda bir-biridan qobiliyatlari,
aql doirasi va mehnatsevarligi bilan farqlanadi. Siz akvarel qog‘ozini to‘playsiz va
Dostları ilə paylaş: