Innovative developments and research in education international scientific-online conference


INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION



Yüklə 447,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix25.09.2023
ölçüsü447,53 Kb.
#123869
1   2   3   4   5
Sanaqulova Parinoz

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
 
International scientific-online conference 
56
PAGE
mumkin. Buni bilish uchun siz albatta sayohat qilishingiz, borib ko‗rishingiz, 
solishtirishingiz kerak.Agar imkoniyatingiz bo‗lmasa, O‗zbekiston bo‗ylab sayohat 
qiling: chekka hudud, qishloq, ovullarda insonlar qanday yashayotganini ko‗ring. Bu 
mulohaza qilishingizga, qandaydir xulosalar chiqarishingizga yordam beradi.Ikkinchi 
navbatda, sayohat insonni ruhlantiradi, yangi qon beradi, atrofga yangicha qaray 
boshlaydi, nimalarnidir o‗zgartirishga harakat qiladi.Hukumat ichki turizmga qay 
darajada e'tibor qaratayotgani masalasiga kelsak. O‗tgan yili Tbilisi – Batumi 
yo‗nalishida poyezdda borishga qaror qildik. Biz 5 kishi edik. Vokzalga borib, chipta 
olish uchun elektron navbat oldim. Navbatim kelgach, 5 kishining pasportini yig‗ib, 
kassaga bordim. Kassir faqat o‗zimning pasportimni so‗radi va darrovgina nomimga 
borish va qaytish uchun 5ta chiptani rasmiylashtirib berdi. Endi o‗ylab ko‗ring: 
sayyohlik mavsumida Afrosiyob poyezdiga Toshkentdan Samarqandga chipta olish 
qanchalik azob ekanini tasavvur qiling. Demak, turizmda transportning o‗rnini 
ko‗tarish uchun hech narsa qilinmayapti, degan xulosadaman.Ikkinchi masala shaxsan 
men uchun og‗riqli holat – dronlarni umuman ishlatish mumkin emasligidir. 
YouTube`ga kirib istalgan 4-5 shahringiz haqida yaxshi kontentni tomosha qilsangiz
birortasi dronlarsiz suratga olinmaydi. Rivojlangan davlatlarda dronlar orqali maxsulot 
yetkazib berish hizmatlarini yo‗lga qo‗yishmoqda. Biz esa Ichan Qal'ani yuqoridan 
suratga olib, YouTube`ga qo‗ya olmaymiz.Turizmni rivojlantirish davlat qo‗mitasi raisi 
Aziz Abduhakimov jurnalist Nikita Makarenkoga bergan intervyusida mamlakatni 
chetda taniqli qilish uchun 10 milliard ajratilishi haqida gapirgan. Savollar tug‗iladi: 
qanday taniqli qilishmoqchi, qanday loyihalarga yo‗naltirishadi? Masalan, shu pulni 
turizm rivojlangan hududlarda infratuzilmani rivojlantirishga yo‗naltirish to‗g‗riroq 
emasmi?Yana bir masala: bizda shaharlarga sayohat qilish targ‗iboti juda sust olib 
boriladi. Biror joy haqida video, maqolani o‗qib o‗sha yerga borish istagi paydo bo‗ldi, 
deb aytolmaysiz.Aziz Abduhakimov: «Nega andijonlik talaba yozda Toshkentga kelib 
ishlashi yoki sayohat qilishi mumkin emas?»«Sayohat qilmasligimiz sababi 
materializmga berilib ketganimizdir»Xorijga sayohatga ketgandan ko‗ra, shu pulga 
avtomobil yoki ozroq pul yig‗ib uy olsam, deymiz.Yaponiya, Germaniya, Janubiy 
Koreya fuqarolarining aksariyati ijarada yashashadi. Uy olishga ularning qurbi yetadi, 
lekin bunday qilmasliklari sababi bor. Ma'lum hududda uyga ega bo‗lish insonni bir 
joyga bog‗lab qo‗yishi, materializmga berilib ketishiga olib keladi, deb hisoblanadi.Biz 
o‗troq xalq bo‗lganimiz uchun ham bir joyda muqim qolishni afzal bilamiz. Sayohatga 
sarf-xarajat sifatida qaraymiz. Sarflangan pul inson kapitali uchun investitsiya bo‗lib 
xizmat qiladi. Sayohat ortidan qancha tajriba, bilim orttiriladi.O‗zbekistonda 8600dan 
ortiq tarixiy obidalar joylashgan hududlar bor. Xiva, Buxoro, Samarqandni ko‗pchilik 
biladi. Tog‗li, cho‗l hududlarda ham ko‗rishga arzigulik joylar borligidan hamma ham 
xabardor emas. Odamlar bilmasligiga ularning o‗zlari ham aybdormas. Bu hududlar 
haqida ma'lumotlar juda kam. Targ‗ibot ishlari juda sust darajada olib 
borilyapti.O‗zbekistonda ichki turizm, yoshlar turizmiga nisbatan ikkinchi darajali 



Yüklə 447,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə