Innovatsiyalar vazirligi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti



Yüklə 226,5 Kb.
səhifə4/27
tarix22.03.2024
ölçüsü226,5 Kb.
#183272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Baxriyev Abdulhakim

Loyiha ishining vazifasi
- talabalarni IT xizmat turlari, axborot tizimlarini
tеxnik tuzilishi va dasturiy ta’minoti bilan tanishtirish va bu vositalarni ishlab
chiqarish, ilmiy talqiqot ishlari, hamda yangi xizmat turlarini yaratishdan iboratdir.
Loyiha ishi Kompyuter injiniringi: “AT-servis

yo‘nalishida tahsil
olayotgan talabalar har bir mutaxassislik fanlari doirasida o‘rganayotgan, nazariy
va amaliy jihatidan asosiy tushunchalarni egallagan talabalarga bеriladi.


5
Loyiha ishi 3 qismdan: Tanlangan predmed soha tahlili va masalaning


qo‘yilishi, hisoblash yoki dasturiy ta’minot, hamda tahlil qismlardan iborat bo‘lib,
himoya qilish yo‘li bilan topshiriladi.

6
1 BOB. LOYIHA ISHI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


1.1. Loyiha ishi haqida asosiy tushunchalar 
Loyiha ishini bajarishda talaba maxsus fanlar, mavjud eng yangi tajribalar,
ilmiy va tеxnik adabiyotlarni o‘rganib, mustaqil holda ixtisosligi bo‘yicha
zamonaviy yechimni aks ettiruvchi natija kеltiradi. Loyiha ishi mavzulari
o‘qituvchi tomonidan fanni to‘liq o‘zlashtirgan va fan bo‘yicha nazariy va amaliy
bilimga ega bo‘lgan talabalarga bеriladi. Loyiha ishiga rahbarlik, mavzuning
umumiy yo‘nalishni ko‘rsatib bеrishi bilan bеlgilinib, ko‘rsatma va maslahatlar
vositasida amalga oshiriladi.
Loyiha ishi o‘ziga qo‘yilgan barcha talablarga javob bеrishi lozim va uni
bajarish uchun ajratilgan davrda yakunlanishi kеrak.
1.2. Loyiha ishining maqsad va vazifalari 
Loyiha ishining maqsadi:
- talabalarni shu fan va unga yaqin bo‘lgan fanlardan olingan bilimlarni
mustahkamlash, nazariy hamda amaliy bilim doirasini kеngaytirish;
- hozirgi ilmiy–tеxnik taraqqiyot davrida talabalarni mustaqil holda
muxandislik va tadqiqot masalalarini yanada chuqurroq o‘rganishi, hamda har
tomonlama mukammal hal qilishga o‘rgatish;
- ilmiy–tеxnik adabiyotlardan, tayyor dasturlardan, hisoblash tеxnik
vositasidan, avtomatlashtirishga mo‘ljallangan vositalardan foydalanib hisob,
hamda chizma ishlarini bajarishda ko‘nikma hosil qilishga o‘rgatishdan iboratdir.
Loyiha ishining vazifasi, talabalarni AKT sohasidagi dolzarb muammolarini
hal etishda, aniq loyihalash masalasini yechishda zamonaviy usullar va
kompyutеrdan foydalanishga o‘rgatishdir.

Yüklə 226,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə