II bob. FARG‘ONA VODIYSI FLORASIDAGI QIZIL KITOBGA
KIRITILGAN AYRIM O’SIMLIKLAR RO‘YXATI
2023-2024- yillarda amalga oshirilgan dala tadqiqotlari va tegishli TASH, FRU,
LE, MW va |Xo’jand davlat universiteti gerbariy fondida salanayotgan namunalar
hamda mavjud ilmiy ilmiy manbalarning tanqidiy tahlili natijasida, turlarning
Farg’ona vodiysi bo’ylab 15 turning uchrashi aniqlandi [71; 216–222-б.]. Farg’ona
vodiysi florasida tarqalgan turlarning zamonaviy konspekti tuzildi.Konspekt
formati “O’zbekiston Florasi” loyihasi formatiga mos keladi.[176; 1–201-б.].
Shuningdek, har bir turning o’zbek tilidagi morfologik tavsifi,Farg’ona vodiysini
O’zbekiston hududida tarqalgan turlarning GAT xaritalari va tabiiy illyustratsiyasi
dissertatsiya ilovasida keltirib o’tildi.
Tulipa ferganica Vved
Farg’ona lolasi.(Tulipa ferganica Vved
.)-Loladoshlar –
Lilicae oilasiga mansub o’simlik bo’lib,kamyoblik darajasi-2.Farg’ona vodiysining
kamyob endem o’simligi.
Botanik tavsifi.
Bo’yi 15-40 sm ga yetadigan,ko’p yillik piyozli o’t.Piyozi
tuxumsimon,qobig’i qoramtir-qo’ng’ir,qattiq-charmsimon,ichki tomonining yuqori
qismi va asosi yotiq tukli,barglari tukli,yuqori qismdagilari egri-bugri.Guli
yakka,sariq,tashqi tomoni ko’kimtir- pushti rangli,gul kabi sap-sariq.Changi iplari
qizg’ish –sariq,changdoni qizg’ish rangli.Aprel-may oylarida gullab,iyun-iyulda
mevasi yetiladi.Urug’idan va vegetetiv yo’l bilan ko’payadi.
Tarqalish areali
:Oloy tizmasining pastki qismi(Vodil va Shohimardon qishloqlari
atrofida)tarqalgan.(Farg’ona viloyati).
Muhofaza choralari
.Tabiatda o’sib turgan tuplarini qat’iy nazorat ostiga olish
lozim. Maxsus joylarda tuplarini ekib o’stirish bilan turlar sonini ko’paytirish
zarur.
Manbalar:[
53, 69, 84, 142, 218, 219, 220, 221, 375, 376, 434.
Dostları ilə paylaş: |