Insert texnalogiyasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#140546
1   2   3   4   5
Ongning funksiyasi, men obrazi, shaxs haqida tushuncha, motiv tushunchasi

Men obrazi

  • “Men” - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini kanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish extimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko‘pincha konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o‘zidagi o‘sha jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni “yashirishga” harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga sikib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga ko‘ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo‘lmay, u har bir shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Men” - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit, o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, guyoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati - aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya “Men” - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko‘chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o‘z yutuqlaringiz va mashg‘ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo‘lib, uning qaergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. SHu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, hayoli boshqa erda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda “maxmadona, laqmaroq” bo‘lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o‘rtog‘ingiz bilan uchrashganda, oldingi hatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun “O‘rtoq, shoshmayapsanmi?” deb so‘rab ham qo‘yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə