Insert texnalogiyasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#140546
  1   2   3   4   5
Ongning funksiyasi, men obrazi, shaxs haqida tushuncha, motiv tushunchasi


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti
101-MTPP guruh talabasi
Xoldorova Oygul tomonidan
“Ong haqidagi yaxlit tushunchalar”
mavzusidagi taqdimoti
Qabul qildi: Gaynazarova G.A.
Reja:

1.Ongning funksiyasi.

2.Ongning taraqiyoti.

3.Shaxs haqida tushuncha

4.Men obrazi.

5.Motiv tushunchasiga ta’rif.

Ongning funsiyasi

  • Ongning strukturasi va funksiyalari. Ong qanday strukturaga ega? Ong strukturasi ko‘p jihatdan shartlidir. Gap shundaki, ong elementlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Ammo, shunga qaramay, ongda quyidagi elementlarni ajratish mumkin: Ongning birinchi elementi – bilim. Bu ongning bosh tarkibiy elementi, uning o‘zagi, mavjudlik vositasi. Bilim – bu insonning voqyelik haqidagi tushunchasi. Inson ongida bilim anglab yetilgan hissiy va mavxum mantiqiy obrazlar sifatida aks etadi. Bilimlar yordamida inson o‘zini qurshagan dunyoni va bilishning predmetini to‘laligicha qamrab olishi va anglab yetishi mumkin. Bilim ongning moddiy faoliyat vositasida dunyoni izchillik bilan yaratish imkoniyati, voqyealar rivojini nazarda tutish, ijodiy faollik ko‘rsatish kabi xossalarini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, ong – bu bilimlar shaklidagi voqyelikka inson ehtiyojlarini hisobga olgan holda yondashishdir.

Ongning funsiyasi

  • Ong strukturasining elementlari e'tibor va xotira hamdir. E'tibor – bu inson ruhiy faoliyatining muayyan ob'ektlarga qarab mo‘ljal olishda namoyon bo‘luvchi shakli. Xotira – bu individ miyasida uning o‘tmishdagi tajribasini mustahkamlash, saqlash va gavdalantirishdan iborat bo‘lgan ruhiy jarayon. Xotiraning asosiy elementlari eslab qolish, saqlash, gavdalantirish va unutish hisoblanadi. Eslab qolishning fiziologik asosini bosh miya po‘stlog‘ida vaqtinchalik asab tizimi aloqalarining hosil bo‘lishi va qayd etilishi tashkil qiladi. Asab tizimi aloqalarining keyinchalik jonlanishi eslab qolingan materialni gavdalantirish imkoniyatini beradi, bu aloqalarning susayishi esa xotiradagi materialning unutilishiga olib keladi. Insonning sub'ektiv borlig‘ida – o‘zlikni anglash ong strukturasining elementidir. Bu insonning o‘zini shaxs sifatida anglab yetish, o‘zining mustaqil qarorlar qabul qilish va shu asosda odamlar va tabiat bilan ongli munosabatlarga kirishish, qabul qilingan qarorlar va harakatlar uchun javobgar bo‘lish qobiliyatini tushunish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, o‘zlikni anglash – bu o‘z-o‘ziga, o‘zining ma'naviy qiyofasiga, o‘z bilimlari, fikrlari, qiziqishlari, ideallari, xulq-atvor mo‘ljallari, harakatlari va shu kabilarga yaxlit baho berishdir. O‘zlikni anglash yordamida inson o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini ro‘yobga chiqaradi, o‘z-o‘ziga his qilishga qodir bo‘lgan fikrlovchi mavjudot sifatida baho berishni amalga oshiradi. Bu holda sub'ekt o‘z-o‘zini va o‘zining ongini bilish ob'ektiga aylantiradi. Shu tariqa inson o‘z-o‘ziga baho beradigan, shusiz hayotda o‘z o‘rnini belgilash va topishga qodir bo‘lmagan mavjudot sifatida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə