Kanjayeva oygul ning umumiy psixologiya ichki regulatsiya fanidan ehtiyojlar klassifikatsiyasi mavzisida



Yüklə 22,85 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü22,85 Kb.
#155784
  1   2
EHTIYOJLAR KLASSIFIKATSIYASI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI AMALIY PSIXOLOGIYA YO’NALISHI 2-KURS KECHKI TA’LIM YO’NALISHI TALABASI

KANJAYEVA OYGUL NING

UMUMIY PSIXOLOGIYA ICHKI REGULATSIYA FANIDAN

EHTIYOJLAR KLASSIFIKATSIYASI MAVZISIDA

BAJARGAN MUSTAQIL ISHI


QABUL QILADI A.RASULOV

Ehtiyoj tushunchasi va uning yuksalishi
Inson boshqa jonzodlardan o`zinpng aql-idroki bnlan ajralib turadi. Inson biologik mavjudot sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o`z kuchini tiklash, o`zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda — kiyim-kechak, oziq-ovqat. turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.
Moddiy ehtiyojni qondirish uchun esa zarur noz-ne`matlarni ishlab chiqarish kerak- Inson borsa-kelmas orolda, afsonalarda aytilganidek, qush borsa qanoti, odam borsa oyog`i kuyadigan joyda, tanholikda yashamaydi. Inson ijtimoiy jonzod. U ma`lum mamlakat fuqarosi, aniq bir hudud (shaxar, qishloq, mahalla, kvartal) da kishilik jamiyatida yashaydi. Uning mehnat orqali qondiriladitan jamiki ehtiyoji moddiy ehtiyojga kiradi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo`lish va sog`lom hayot kechirib, uzoq umr ko`rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo`lmagan har xil xizmatlar ko`rsatish orqali qondiriladi Shifokor, o`qituvchi yoki madaniyat xodimi xalqqa xizmat qilib, uning ehtiyojini qondirishga hissa qo`shadi, ammo ularning mehnati ishchi yoki dehqon mehnati kabi moddiy mahsulotda ifodalanmaydi.
Insonning mehnat qilish ehtiyoji ikki narsadan kelib chiqadi: birinchidan, mehnat moddiy va ma`naviy ehtiyojlarni qondiradi; ikkinchidan, mehnatda inson kamolotga erishadi, qobiliyatini o`stiradi. Hayotda o`z o`rnini topadi, obro`-e`tiborga erishadi. Shu sababli mehnatniig tagi rohat deydilar. Mehnat qilish uchun jihozlangan ish joyi bo`lishi zarur. Ish joyi uchun bino qurish, kerakli uskuna-jihozlar, masalan, stanoklar, kompyutyerlar, o`lchash asboblari, laboratoriya uskunalari o`rnatish kerak. Demak, ularni ham ishlab chiqarish talab qilinadi.
Ehtiyoj qat`iyan tabaqalashgan bo`ladi. Ehtiyoj kishilarning odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog`liq. Maktab o`quvchisi bilan olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xil emas. hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi. Albatta gavdasi yirik kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas. Eng muhimi — xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat talab qilinadi.
Ehtiyojlar to`xtovsiz ravishda mos rivojlanishi ksrak: Aks holda ehtiyojlar qondirilmay qoladi. O`z navbatida ishlab chiqarishning rivojlanishi, ayniqsa texnika taraqqiyoti yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Masalan, tezkor axborotlar olish zarurati EHMlarni yaratdi. Kompyuterlash jarayoni EHMlarni yaratish va qo`llash bilan bog`liq ehtiyojlarni yuzaga chiqardi. Kompyutyerlarning birinchi avlodiga ehtiyoj avval qisqarib, so`ngra yuqoldi. Hozir to`rtinchi avlod mashinalariga — AVM-486 markali EHMga ehtiyoj bor.
Ehtiyojlarning yuksalishi quyidagicha yuz beradi: — kishilarning ehtiyoji miqdoran o`sib boradi. Uning sababi esa aholi sonining ko`payishi, turmushining yuksalishida. Masalan, hozir jon boshiga 60 kilogramm go`sht talab qilinsa, aholi soni 1,5 marta ko`paysa, shunga ko`ra jamiyat miqyosida jami go`shtga bo`lgan ehtiyoj ham 1,5 marta ortadi, albatga; — ayrim ehtiyojlar yo`qolib, o`rniga yangisi keladi, ehtiyojlar doirasi yangilanib, kengayib boradi. Masalan, asrimizning 70-80 yillarida qo`lda ko`tarib yuradigan (Vesna, Veta) magnitafonga ehtiyoj katta bo`lgan. Magnitafoni bor kishi g`ururlanib yurgan. Hozir hech kimga magnitafon kerak emas. Uning o`rniga zamonaviy ixcham magnitofonlarga ehtiyoj paydo bo`ldi. Eski radiotexnika o`rniga videotexnika keldi;
- muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning aniq turlari orasidagi nisbat o`zgardi. Masalan, shahar transportiga ehtiyoj doirasida uning turlari o`rtasidagi nisbatan o`zgaradi. Yo`lovchilar o`z tanloviga binoan tramvay, troleybus, avtobus, taksi yoki metroni afzal ko`rib, unga ehtiyoj bildiradi. Bir tovarga bo`lgan ehtiyojlarni boshqa o`rinbosar tovar qoniqtira oladi. Shirinlikka bo`lgan ehtiyoj umumiy bo`lsada, asal, shakar, qand, konfet biri-birining o`rnini bosa oladi.
O`rinbosar tovarlar doirasida ehtiyoj bir tovardan boshqa nafliroq tovarga ko`chadi.
Хullas ehtiyojlarning miqdoran o`sib, tarkiban yangilanib borishi tabiiy jarayon bo`lib, iqtisodiyotni rivojlantirishiga undaydi, lekin uning o`sib, yangilanib borishi resurslarning kamyobligi muammosiga yo`liqadi.

Yüklə 22,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə