Internet global tarmog‘i Internetning asosiy tushunchalari


Qidiruv tizimlarining xususiyati –axborot va so‘rovlarni nafaqat ingliz tilida ifodalash imkonini beradi, balki rus, ispan, fransuz, nemis va dunyoning boshqa tillarida ifodalash imkonini beradi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150790
1   2   3   4   5   6
Mavzu 11

Qidiruv tizimlarining xususiyati –axborot va so‘rovlarni nafaqat ingliz tilida ifodalash imkonini beradi, balki rus, ispan, fransuz, nemis va dunyoning boshqa tillarida ifodalash imkonini beradi:

Tizimlar bilan axborotni Internet tarmog‘ida qidirish so‘rovlar orqali amalga oshiriladi. Lekin ba’zi bir qidiruv tizimlari oddiy kutubxonalaridagidek qo‘shimcha ravishda axborotni tematik kataloglar bo‘yicha qidirish imkoniyatini beradi. Internetda axborotni qidirish uchun tuziladigan so‘rovlar o‘zbek, rus yoki ingliz tilidagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topishi mumkin. So‘rovlarga misol:

So‘rov: Internet.

So‘rov: informatika darsliklari

So‘rov: computer sciense

So‘rov: uchebnik po informatike

So‘rovlarga javob – ko‘rsatilgan kalit so‘zlarga ega bo‘lgan sayt va gipermatnlarga murojaatlar. Bunday murojaatlarning har biri berilgan kalit so‘ziga ega bo‘lgan gipermatnni ko‘rsatadi.

Qidiruvni samarali amalga oshirish uchun turli tematik lug‘atlarda ma’lumotnomalarda, ensiklopediyalarda, homashyo kataloglarida ko‘rsatilgan, eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlarni ishlatish kerak.


Murakkab so‘rovlar

Qidiruv serverlari xizmatidan qanday foydalaniladi? Buning uchun avvalo qidiruv serveriga qidirilayotgan ma’lumotni mazmunini ochib beruvchi so‘rovni (kalit so‘zlarni) to‘g‘ri va aniq qilib berish kerak. Masalan, biror rus qidiruv serveriga «monitor» so‘rovini beradigan bo‘lsak, qidiruv serveri bizga o‘z doirasidagi ma’lumotlar ichidan «monitor» so‘zi uchraydigan barcha Web-sahifalarni (sahifa manzillarini) topib beradi. Bizga kompyuter monitorlari haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladigan bo‘lsa, so‘rovni «kompyuter monitor» ko‘rinishida berish mumkin. Qidiruv serverlarining ko‘pchiligida ma’lumotlarni qidirishni osonlashtirish maqsadida «Yangiliklar», «O‘yinlar», «Sport», «Kompyuterlar» kabi qismlar tashkil etilgan bo‘lib, foydalanuvchiga aniq ma’lumotni topishga yordam beradi. Yuqorida bergan so‘rovlarimiz «monitor», «kompyuter monitor» tuzilishiga ko‘ra oddiy so‘rovlar hisoblanadi. Ko‘pchilik qidiruv serverlarida maxsus belgi va so‘zlar orqali murakkab ko‘rinishdagi so‘rovlarni tashkil etish imkoniyati mavjud. Murakkab ko‘rinishdagi so‘rovlar ma’lumotlarni tez va aniq topishni ta’minlaydi. Bunday so‘rovlarni tashkil etishda maxsus belgilar va AND (va), OR (yoki), NOT (yo‘q) kabi so‘zlardan foydalaniladi.

1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə