Iptidoiy davr san’ati Reja


Yangi tosh asri (Neolit. Miloddan awalgi 6 - 4 ming yillik)



Yüklə 100,43 Kb.
səhifə3/7
tarix25.09.2023
ölçüsü100,43 Kb.
#123764
1   2   3   4   5   6   7
Iptidoiy davr san\'ati

3. Yangi tosh asri (Neolit. Miloddan awalgi 6 - 4 ming yillik).
Yangi tosh asriga kelib inson tabiat in’om etgan mahsulotlarni iste’mol qilish bilan birga o‘zi ham iste’mol mollarini ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni ko'paytirishga o'ta boshladi. Chorvachilik va dehqonchilik yanada rivojlana boshladi. Davring muhjm yutuqlaridan biri bu oddiy loydan mustahkam sopol buyumlar yasash bo'ldi. Yangi tosh asri — neolit davrini sopol asri deb yuritilishi ham shunda. Dastlabki sopol buyumlar dastgohsiz qo'lda yasalgan, ularning yuzasiga turli chiziqlar bilan bezak berilgan. Toshni kesish, ularga pardoz berish san’ati ham davr kishilarining estetik qarashlarining rivoji edi. Yangi tosh asrining xarakterli tomoni, yangiligi bu mayda haykaltaroshlikni hayotga kirib kelishi bo'ldi. Ular sodda ko'rinishli bo'lishiga qaramay, davr uchun muhimdir. Bu davrda qurilish san’ati — me’morlik paydo bo'la boshladi. Odamlar loydan yer ustida o'zlari uchun uy-joy qurishga kirishdilar. Bu davrda amaliy san’atning yangi turlari paydo bo'ldi. To'qimachilik, terini qayta ishlash sohasida muvafaqqiyatlarga erishila boshlandi. Hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlandi.
Iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi esa insonning aqliy kamoli va ma’naviy rivoji uchun kuchli turtki berdi. Bu davrga kelib suv havzalari bo'ylarida o'z xususiyati jihatidan qishloq jamoalariga o'xshash jamoa manzillari ko'paya bordi. Xorazm va Buxoro havzalarida esa ovchilarning o'ziga xos madaniyati shakllandi. Kaltaminor madaniyati mil. avvalgi 4-3 minginchi yillarga neolitning so'nggi va bronza asriga to'g'ri keladi. Bu madaniyat Jonbosqal’a balandliklari yodgorliklarini o'z ichiga olib katta hududni tashkil qiladi. Bu yerda chayla tipidagi turarjoy topilgan. Bu turarjoyda bir qancha oila guruhi yashagan. Kaltaminor madaniyatida kulolchilik rivojlangan. Ularning shakllari rang-barang. Turli xil sopol idishlar — ko'za, kosa va cho'michga o'xshash idishlarning yuzasiga turlicha yo'nalgan siniq chiziqlar naqsh hosil qilish vositasi sifatida keng ishlatilgan. Bu madaniyatga oid sopol buyumlar yuzasi o'yma va chizma naqshlar bilan bezatilgan. Shu m adaniyatda haykaltaroshlik ham rivojlanganligi topilgan ashyoviy dalillarda ko'rinadi. Albatta bu haykallarning ishlanishi sodda, hatto biroz qo'pol, lekin shu mavzuda haykallarning yaratilishi muhim. Kaltaminor madaniyatida tosh qurollar ham keng uchraydi. Bu davrda naqsh san’ati keng rivoj topdi. Ular ko'proq to'g'ri chiziq, parallel chiziqlardan tashkil topgan.

Yüklə 100,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə