Iqtisodda qaror qabul qilishda noaniqlik va tavakkalchilik. Iqtisodda noaniqlik, noaniqlik sharoitida iqtisodchi tanlovi. Tavakkalchilikka bo’lgan munosabat


Iqtisodda noaniqlik, noaniqlik sharoitida iqtisodchi tanlovi



Yüklə 22,88 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü22,88 Kb.
#143935
1   2   3
Mikro 1

Iqtisodda noaniqlik, noaniqlik sharoitida iqtisodchi tanlovi.
Iqtisodda doim ham ko’rsatkichlar aniq berilavemaydi. Masalan narx, iste’molchi daromadi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar har doim aniq berilgan bo’lmaydi. Shuning uchun iqtisodda noaniqlik tushunchasi paydo bo’ladi. Bunday paytda real hayotda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog’liq. Bu xolat yuzaga kelishiga asosiy sabab axborot bo’ladi. Ma’lumki, to’g’ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Biror ish qilishdan oldin bu ish haqida malumot olish juda zarur. Masalan keajakdagi bo’ladigan iwlar albatta noaniq bo’ladi. Shunday qilib noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to’liq axborot bo’lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum yo’qotishlarga olib keladi. Ushbu yo’qotishlar tavakkalchilikni bildiradi. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko’rishga imkon beradi. Qanchalik tavakklachilik darajasi kamaysa shunchalik tadbirkor ishlari ijobiy bo’lishiga kafolat bo’ladi. Bunday paytda iqtisodchi qo’rquvi ham kamayadi. Noaniqlik iqtisodda juda kata salbiy holatlarni olib kelishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo’qotishga olib keladi. Bilamizki iqtisodning eng kata maqsadi resurslardan samarali foydalanish, ularni isrof bo’lishini oldini olishdan iboratdir. Shu sababli ham iqtisodda qilinyotgan tavakkalchilikni aniqlash va uni o’lchash tushunchasi kerak bo’ladi. Tavakkalchilikni o’lchash juda muhum hisoblanadi. Tavakkalchilikni o’lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog’liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo’ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo’lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 50% ga tengligi yoki o’ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo’lishi mumkin. Bunday holatga qaraganimizda birinchi holatda ehtimollik kamro chunki tanganing 2 ta tamoni bor va tavakkalchilik kamroq. Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yo’li orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida etib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga tajribasiga asoslanadi. Nima uchun deganda, ushbu voqeaning takrorlanishi to’g’risida statistik ma’lumotlar yo’q. Ehtimol sub’ektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.
Bu misollarda voqeaga ta’sir qiluvchi tasodifiy ehtimoli yuqori omillar ko’p va ularni hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bu juda qiyin ishdir. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli al’ternativ variantlarning o’zini yo’qligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi.
Yuqoridagi birinchi turdagi ehtimolni obyektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol subektiv ehtimol bo’lib, biznesga xosdir. Ham obektiv va ham subektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Ob’ektiv ehtimol o’rtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, sub’ektiv ehtimol olinishi mumkin bo’lgan natijalarning o’zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo’lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak bo’ladi.

Yüklə 22,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə