Iqtisodda qaror qabul qilishda noaniqlik va tavakkalchilik. Iqtisodda noaniqlik, noaniqlik sharoitida iqtisodchi tanlovi. Tavakkalchilikka bo’lgan munosabat


Tavakkalchilikka bo’lgan munosabat



Yüklə 22,88 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü22,88 Kb.
#143935
1   2   3
Mikro 1

Tavakkalchilikka bo’lgan munosabat.
Tavakkalchilikka munosabat har bir insonda har xil bo’ladi. Hamma ham tavakkal qila olmaydi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo’yicha uch turga bo’linadi: tavakalchilikga borishga moyil insonlar, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya’ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikga qarshi bo’lgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog’liq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko’radi. Agar tavakkalchilikga qarshi insonni iste’molchi deb qarasak va u oladigan daromadiga iste’mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste’mol qilishdan ma’lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz iste’molchining tavakkalchilik bilan bog’liq daromadining naflik darajasi bilan qanday bog’liq ekanligini ko’rishimiz mumkin.
O’zbekistonda tavakkalchilikni kamaytirish chora tadbirlari.
O’zbekistonda tavakkalchilikni kamaytirishga katta ahamiyat beradi. Hozirgi kunda O’zbekistonda sug’urta bozori rivojlangan. Sug‘urta bo‘yicha qonunchilik bazasi O‘zbekistonda sug‘urta faoliyati Fuqarolik kodeksi va 2002.05.04 da qabul qilingan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida tartibga solinadi. Shuningdek sug‘urta faoliyatini tartibga solish uchun qator qoidalar va uslubiy qo‘llanmalar qabul qilingan. «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008.21.05 „Sug‘urta bozorini rag‘batlantirish va yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroriga ko‘ra soliq imtiyozlari qo‘llash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomi. «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Qabul qilingan sana 27.11.2002; Shu tariqa tavakkalchilikni kamaytirishga harakat qilinmoqda.
O’zbekistonda ham iqtisodchilarga yordam berish maqsadida tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida turli ishlarni amalga oshirilmoqda. Iqtisodchilarni toliq axborot bilan taminlash uchun turli ishlarni qilmoqda. Ularga axborotni ko’proq yetishtirib berish uchun turli tashkilotlar ochgan.
Hozirgi vaqtda iste’molchi huquqini himoya qiluvchi qonunlar ishlab chiqilgan. Bu qonunga ko’ra iste’molchi sotib olingan tovardan foydalanishi davomida ko’rgan jismoniy hamda ma’naviy yo’qotishlarini qoplashni sotuvchidan talab qilishga haqi bor. Lekin, iste’molchi huquqini himoya qilishda ob’ektiv chegara bo’lishi lozim. Rivojlangan davlatlarda iste’molchining yo’qotishini qoplash sotib olingan tovar qiymatining uch barobaridan oshmasligi kerak.
Ma’lumki, iste’molchi huquqini himoya qilish sotiladigan tovar va ko’rsatiladigan xizmat to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishni taqozo qiladi. Lekin, bunday axborotni olish mumkinmi, degan savol tug’iladi. Bu erda iste’molchilar jamiyati va ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, televidenie), qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari muhim rol o’ynaydi. Axborot berishda firmalarning o’zi ham katta rol o’ynaydilar. Lekin, axborot uchun haq to’lash kerak. Axborotlarni axborot egalaridan olib axborotga muxtoj bo’lganlarga etkazib berib turish muhum masaladir.
Yüklə 22,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə