Iqtisodiy bilim asoslari


Narxning mazmuni, ob’ektiv asoslari Narx turlari



Yüklə 14,87 Mb.
səhifə64/254
tarix16.02.2023
ölçüsü14,87 Mb.
#100971
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   254
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi n

3.Narxning mazmuni, ob’ektiv asoslari Narx turlari.


Narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Narxda alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o‘z ifodasini topadi. Тovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi.
Masalan, avtomobil dvigatelida ot kuchining oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va tezligida bo‘lgan o‘zgarishlar uning narxi oshishiga sabab bo‘ladi. Chunki shu o‘zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan xarajatlar ham oshgan bo‘ladi. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida, ularning o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi. Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlar hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi (15-chizma).
Narxning mazmunini to‘laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari:

davlatning iqtisodiy siyosati, soliqlar va h.k. hisoblanadi.


Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  1. Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi - bu muvozanatli narx bo‘lib, u birinchidan, tovarlarni sotilishi ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydi.


  2. Yüklə 14,87 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə